Tyutor atamasiga ta'rif bering?
ustoz, murabbiy, instruktor — yoʻl koʻrsatuvchi
Didaktika nimani o'rganadi?
Didaktika ta’lim nazariyasini o‘rganadi
present simple da gaplar qaysi formula asosida tuziladi
S+V1
Tarixiy manbalar qanday turlarga bo‘linadi?
Tarixiy manbalar yozma, moddiy, og‘zaki, etnografik, lingvistik va tasviriy manbalarga bo‘linadi
Badiiy obraz nima?
Badiiy obraz – yozuvchi yoki shoir tomonidan hayotiy voqelikni ijodiy qayta ishlash asosida yaratilgan, inson, tabiat yoki jamiyat hodisalarining badiiy ifodasidir.
Mamlakatimizda tyutorlik faoliyati qachondan buyon yo'lga qo'yildi
2021-yil 1-sentyabr
Muammoli ta’limning an’anaviy ta’limdan farqli jihatlarini tushuntiring
An’anaviy ta’limda bilim ko‘pincha tayyor shaklda taqdim etiladi. Muammoli ta’limda esa talaba muammoli vaziyatga duch keladi, savollar qo‘yadi, taxminlar ishlab chiqadi va mustaqil izlanish orqali bilimni egallaydi.
English Language Skills qanday asosiy turlarga bo‘linadi?
Listening – tinglab tushunish.
Speaking – gapirish.
Reading – o‘qish.
Writing – yozish.
Qadimgi sivilizatsiyalar dastlab qaysi hududlarda shakllangan?
Mesopotamiya, Qadimgi Misr, Hindiston va Xitoy hududlarida dastlabki yirik sivilizatsiyalar shakllangan.
She’riyat va nasr o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
She’riyat ritm, vazn, qofiya va obrazli ifodaga asoslanadi. Nasr esa odatda erkin jumla va paragraflar orqali voqea-hodisalarni bayon qiladi.
ICAP nazariyasi tarkibiy qismlarini sanang.
Interaktiv – Konstruktiv – Aktiv – Passiv
Kompetensiyaviy yondashuv ta’lim natijalariga qanday o‘zgarish olib keladi?
Kompetensiyaviy yondashuv bilimni faqat o‘zlashtirish bilan cheklanmaydi. Talaba egallagan bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llash, muammolarni hal qilish, muloqot qilish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
If you had a million dollars, what would you do?
...
Feodalizm tushunchasini izohlang.
Feodalizm – yer egaligi, tabaqaviy munosabatlar va vassallik tizimiga asoslangan o‘rta asrlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumidir.
Metafora, o‘xshatish va jonlantirish badiiy tasvir vositalari sifatida qanday farqlanadi?
Metafora – bir predmet yoki hodisaning xususiyatini boshqasiga ko‘chirish.
O‘xshatish – bir narsani boshqa narsaga o‘xshatib tasvirlash.
Jonlantirish – jonsiz predmet yoki tabiat hodisalariga insoniy xususiyat berish.
Intellektual tyutorlik tizimlarining rivojlanish bosqichlarini sanab bering
kompyuter yordamida o'qitish, intellektual tyutorlik tizimlari, katta til modellari va generativ sun'iy intellektga asoslangan zamonaviy tizimlar
Formativ va summativ baholashning farqi nimada?
Formativ baholash o‘quv jarayonida talabaning rivojlanishini kuzatish va unga muntazam qayta aloqa berish uchun qo‘llaniladi. Summativ baholash esa muayyan mavzu, modul yoki kurs yakunida erishilgan natijalarni aniqlaydi.
Active - Passive
A: Lola cleans the room
P:
The room is cleaned by Lola
Amir Temur qachon va qayerda markazlashgan davlatga asos solgan?
Amir Temur 1370-yilda Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga olib, markazlashgan davlatga asos solgan. Uning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan.
Roman va qissa janrlarining farqi nimada?
Roman keng qamrovli syujet, ko‘plab qahramonlar va murakkab hayotiy voqealarni aks ettiradi. Qissa esa roman bilan hikoya oralig‘idagi janr bo‘lib, voqealar va qahramonlar doirasi nisbatan cheklangan bo‘ladi.
Tyutor innovatsion faoliyatining asosiy tarkibiy yo'nalishlari qaysilar?
diagnostik faoliyat, loyihalash faoliyati, tashkiliy faoliyat, texnologik faoliyat, monitoring va refleksiv faoliyat
Pedagogik texnologiyani oddiy o‘qitish metodidan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar nimalar?
Pedagogik texnologiya aniq maqsad, oldindan loyihalashtirilgan jarayon, o‘zaro bog‘liq metod va vositalar, kutilayotgan natijalar hamda natijalarni baholash tizimini qamrab oladi. Metod esa ta’lim jarayonidagi alohida faoliyat usulidir.
O'tgan zamonda boshlangan va ayni paytda tugallangan ish harakatlar uchun qaysi zamon ishlatiladi?
present perfect tense
Sovuq urush tushunchasi nimani anglatadi va qaysi davlatlar o‘rtasida kechgan?
Sovuq urush – Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH va SSSR boshchiligidagi siyosiy, harbiy, iqtisodiy va mafkuraviy qarama-qarshilikdir. U taxminan 1947–1991-yillar oralig‘ida davom etgan.
Intertekstualizm tushunchasi nimani anglatadi?
Intertekstualizm – bir badiiy matnning boshqa matnlar bilan mazmuniy, obrazli yoki shakliy aloqada bo‘lishidir. Bunda iqtibos, ishora, parodiya, qayta talqin va adabiy an’analardan foydalanish kabi usullar qo‘llaniladi.