Savatda 4 ta anor, 5 ta nok va 6 ta olma bor.
Savatdan bitta meva tanlashni necha usulda
amalga oshirish mumkin?
15
Tugʻilgan kuningizga taklif etilgan 6 ta
doʻstingizni 6 ta stulga necha xil usulda
oʻtkaza olasiz?
720
Turli raqamli nechta toʻrt xonali son bor?
4536
Barno 6 ta masaladan ixtiyoriy 4 tasini
tanlamoqchi. Surayyo esa 6 ta boshqa
masaladan 2 tasini tanlamoqchi. Barno bu
ishni necha xil usulda bajarishi mumkin?
Surayyochi?
15 va 15
Futbol jamoasidagi 11 kishi orasidan jamoa
sardori va uning yordamchisini necha xil
usulda tanlab olish mumkin?
110
„Rayhon“ kafesining taomnomasida 3 xil
somsa, 4 xil 1-taom, 5 xil 2- taom bor ekan. 3
turdagi taomga buyurtmani nechta usulda
berish mumkin?
60
25975 sonning raqamlari joylarini almashtirib
jami nechta har xil 5 xonali son hosil qilish
mumkin?
60
Nechta uch xonali sonda faqatgina bitta 6
raqami bor?
225
12 nafar oʻrtoq o‟zaro shaxmat turniri
oʻtkazishmoqchi. Bunda har bir bola qolgan
har bir bola bilan bir partiya shaxmat
oʻynaydi. Bu turnirda jami nechta partiya
oʻynaladi?
132
Odatda, uchburchakning uchlari lotin
alifbosining katta harflari bilan belgilanadi.
Lotin alifbosida 26 ta harf bor. Uchburchak?
ning uchlarini necha xil usulda belgilash
mumkin?
15600
“MEGA PLANET ”gipermarketining
„Hammasi uy uchun“ boʻlimida 15 xil piyola,
8 xil vaza, 10 xil choy qoshiq bor. Nazira xola
turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U
buni necha xil usulda amalga oshirishi
mumkin?
350
Alida 3 ta fizika va 2 ta matematika kitoblari
bor. Ali matematika kitoblari yonma-yon
boʻlishi sharti bilan bu 5 kitobni jami necha xil
usulda joylashtirishi mumkin?
48
0 raqamiga ega boʻlmagan toʻrt xonali sonlar
nechta?
6561
Sinfda 20 nafar oʻquvchi bor. Fan
olimpiadasida qatnashish uchun 3 nafar
oʻquvchidan iborat jamoani tanlab olishimiz
kerak. Buni necha usulda amalga oshirish
mumkin?
1140
A={0, 1, 5, 6, 7, 8} toʻplam elementlaridan
foydalanib 200 dan kichik nechta son hosil
qilish mumkin?
72
Bir oʻquvchida qiziqarli matematikaga oid 7 ta
kitob, ikkinchi oʻquvchida esa 9 ta badiiy
kitob bor. Ular necha xil usul bilan birining
bitta kitobini ikkinchisining bitta kitobiga
ayirboshlashi mumkin?
63
1, 2, 3, ..., 9 raqamlaridan ularni takrorlamay
tuzilgan 9 xonali sonlar ichida 2 va 5
raqamlari yonma-yon turadiganlari nechta?
2 ∙ 8!
Yozuvida hech boʻlmaganda bitta juft raqam
qatnashgan 6 xonali sonlar nechta?
884375
Aylanada yotuvchi 20 ta turli nuqta belgilandi.
Uchlari belgilangan nuqtalarda yotuvchi
vatarlar soni nechta?
190
Gul sotuvchida 5 ta qizil va 10 ta oq chinnigul
qolibdi. Aʻzamxon singlisi Mubinabonuga 2 ta
qizil va 3 ta oq chinniguldan iborat guldasta
sovgʻa qilmoqchi. Buni u necha xil usul bilan
amalga oshirishi mumkin?
1200
“Matbuot tarqatuvchi” doʻkonida 7 xil konvert
va 5 xil marka sotilmoqda. Konvert bilan
markani necha usulda sotib olishimiz mumkin?
35
2 raqami ikki marta, 3 raqami uch marta
uchraydigan besh xonali sonlar nechta?
10
5 tа hаr хil dаftаrni uch bоlа oʻrtаsidа nеchа
хil usul bilаn tаqsimlаsh mumkin?
243
7 ta toʻgʻri chiziqlar koʻpi bilan nechta
nuqtada kesishadi?
21
Aylanada yotuvchi 20 ta turli nuqta belgilandi.
Uchlari belgilangan nuqtalarda yotuvchi
uchburchaklar sonini hisoblang.
1140