____ – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Ishchi kuchi
– davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Fiskal (soliq-budjet) siyosati
– bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul bozori
– aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori.
Nominal daromad
– bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi
_____ – bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot bo‘laklarining miqdoran teng kelishi.
Xususiy muvozanat
– davlatning mamlakat ichida qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, turli nobudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlat ichki qarzi
– bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.
Pul taklifi
– aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori.
Real daromad
___ bu alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi.
Xalqaro mehnat taqsimoti
______ – iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari, tomonlari va bo‘limlari o‘rtasidagi miqdor va sifat jihatidan muayyan nisbatlardagi o‘zaro moslik bo‘lib, barqaror ravishda takrorlanib turuvchi doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ifodalovchi umumiqtisodiy kategoriyadir.
Iqtisodiy mutanosiblik
– pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.
Moliya
– bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.
Inflyatsiya
– kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ijtimoiy to‘lovlar
____ bu jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi)
____ bu aholining tabiiy harakati, ya’ni o‘lim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining uzayishi, tug‘ilishning optimal darajaga etishi, jamiyat va alohida oilalar manfaatlari o‘zaro uyg‘unligining ta’minlanishi orqali namoyon bo‘ladi.
Nufus qonuni
– davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlar
– pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit.
Bank krediti
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati NIMA deb yuritiladi?
monetar siyosat
– xalqaro mehnat taqsimoti asosida savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy va boshqa aloqalar orqali o‘zaro manfaatdorlik maqsadida birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi.
Jahon xo‘jaligi
____ – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.
Ishchi kuchi taklifi
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi soliqlar qanday soliqlar deyiladi.
proporsional
– bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. L
Lizing
Davlatning iqtisodiy vazifalaridan asosiy ikki turini ayting!
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) raqobatni himoya qilish.
– kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi.
Kapitalning xalqaro harakati