Amir Temur davlatida davlatning umumiy boshqaruvi, soliq yig‘ilishi va tartib-intizom ustidan oliy nazoratni olib boruvchi mansabdor shaxs kim bo‘lgan?
Devoni buzurg (bosh vazir)
Sayyid va xo‘jalarga mansub bo‘lib, hosilning o‘ndan biri davlatga topshiriladigan yerlar qanday atalgan?
Ushr yerlar
“Ichkari” va “tashqari” ma’nolarini bildiradigan so‘z qaysi?
Qarshi
Amir Temur qachon tugʻilgan? (aniq sanasi)
1336-yil 9-aprel
Ikki otdan to‘rt otgacha maosh oladigan shaxslar kimlar edi?
Bahodirlar
Sipohlar kimlar bo‘lgan?
Harbiy kuch, ya’ni askarlar
Xiroj nima uchun qo‘llanilgan va uni boshqa qanday nom bilan atashgan?
Yer solig‘i, mol.
Amir Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi fikrlari qaysi asarda to‘liq bayon etilgan?
Temur tuzuklari
Sohibqiron Qarshi atrofini devor bilan o‘ragan qish yil qaysi yilda bo‘lgan?
1365–1366
Sohibqiron vasiyatiga ko‘ra o‘n ikki ming otliq askarga ulufa olib, bir viloyatga hukmronlik qilgan shaxs kim edi?
Muhammad Jahongir Mirzo (to‘ng‘ich o‘g‘li)
Sohibqiron davlatida davlat ishlarini boshqaruvchi bosh vazirdan tashqari viloyatlarda boshqarma qanday nomlangan?
Devon
Biron xizmat evaziga berilgan xususiy yerlar qanday atalgan?
Tarxon yerlar
Amir Temur tiyul berilgan viloyatni (ya'ni amirni) necha yilga tekshirmaslikni buyurgan?
Uch yil
Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy qurilishini boshlab, shaharni devor bilan o‘ragan yil qaysi?
1380
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to‘plangan mol-dunyoni va boj soliqlarini kimlarga taqsimlab bergan?
Sipohlarga
Amir Temur sadrlar sadri vazifasini nima uchun belgilagan?
nazorat
Hech bir shahar va qishloqda qaysi soliqlar olinmagan?
Sari shumor va xonashumor
Sohibqiron nomidan aytilgan oziga xos vasiyat, pand-nasihat va h.k Temur tuzuklarining qaysi qismida keltirilgan?
ikkinchi qismida
Samarqandni devor bilan o‘rab, qo‘rg‘on bunyod etilgan yil qaysi?
1370
Gadoychilikni tark qilmaganlar nima qilingan?
Qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan
Yo‘l ustida odamning mol-mulki yo‘qolsa yoki u bilan baxtsizlik yuz bersa, javobgarlik kimlar zimmasida bo‘lgan?
Qutvol va zobit
Amir va mingboshilar raiyatdan ortiq soliqni yig‘ganda qaysi soliqlar talab qilinmagan? (3tasidan 2tasini topsangiz hisobga olinadi)
Sovariy, qo‘nalg‘a, shilon.
Oziq-ovqat, maosh, soliq turlarining umumiy atamasi nima?
Ulufa
“Temur tuzuklari” Amir Temurning qaysi yillardagi faoliyatini aks ettiradi?
1342–1405
Amir Shamsiddin Kulol Sohibqironga nimani maslahat bergan?
Xorazmga borishni