Pirpira
Ushbu so'z imloviy jihatdan to'g'ri yozilganmi yoki noto'g'rimi? Noto'g'ri bo'lsa xatolik nimada?
To'g'ri yozilgan.
Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo‘shib yoziladi: sharshara, pirpira
Ismi, otasining ismi qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng, nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng hamda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng qaysi tinish belgisi qo‘yilishi kuzatiladi?
Nuqta .
"Shedriy" so'zining asl o'zbekchasi?
Saxiy
"Meshayt qilmoq" so'zining asl o'zbekchasi?
Xalal bermoq
“Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa”, – degan edi Sa’diy Sheroziy.
ushbu gap qanday gap?
Ko'chirma gap
Tilimizda -jon, -xon, -oy, -bek, -toy, -cha, -gina kabi subyektiv munosabatni ifodalovchi qo‘shimchalar bo‘lib, ular nutqimizda birliklarga qanday turli ma’nolarni yuklaydi?
Hurmat, ta’kid, kesatiq
Yozma matn odatda uch qismga ajratiladi.Ular qaysilar?
Kirish, asosiy qism, xulosa.
Matnning muhim qismi-
Xulosa
O'tkir Hoshimovni zavq bilan o'qiysan-da...
Ushbu gapda nima qo'llangan?
Metonimiya.
O'tkir Hoshimov (asarini)ni zavq bilan o'qiysan-da...
Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida qo'llaniladigan tinish belgi bu-
Ikki nuqta - :
Tilda so‘kish, qarg‘ash ma’nolarini ifodalaydigan so‘zlar?
Vulgarizmlar
Biror tilda tarjimasi bo‘la turib, o‘rinsiz ishlatiladigan so‘zlar guruhidir.
Varvarizmlar
“Piknik” nomli badiiy film yoz davomida muntazam namoyish etilishi natijasida “Coca-cola” ichimligi savdosi 17 % ga, “Pop-korn” savdosi esa 50 % ga oshgan.
Buning sababi yashirin reklamada edi. O'sha reklama omma tilida nima deyiladi??
25- kadr
"KFC"ga ishga kirishga harakat qilgan millioner kim?
Jek Ma
"Tobaki" so'zining asl ma'nosi?
Tovada pishirilgan, qovurilgan
Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz , izohtalab bo‘lsa, undan so‘ng nima qo‘yiladi?
Qavs ichida so‘roq (?)
Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin nima qo‘yiladi?
Qavs ichida undov (!)
Birpas so‘zidagi pas qismi tilimiz tarixida qanday ma’noni anglatgan?
“Kechaning sakkizdan biri”
"Adoq" so'zini hozirda qanday ma'no anglatadi?
Oyoq
"Demoq" so'zining etimologiyasi - eski shakli
Ti - demoq
Bunday odam dastur yoki serial qismlarini ketma-ket tomosha qilgan holda hatto tunlarini uyqusiz o'tkazadi. Ya'ni uning ashaddiy giyohvanddan deyarli farqi qolmaydi. Bu inson qanday ataladi?
Binge-racer
Bir odamdan nimanidir iltimos qilganda: “Bu ish siz uchun hech narsa emas”, – degan ma’noda qo‘llanadigan iborani ayting.
KARNAYCHIDAN BIR “PUF!”
Arzimagan narsalarga jahl qilib, yaqinlaringni ranjitma, ko‘nglini qoldirma. Zarar keltiruvchi kichik narsalarni yo‘q qilaman deb, katta, muhim narsalardan ajralib qolma.
Ushbu mma'noda qo'llaniladigan ibora?
BURGAGA ACHCHIQ QILIB, KO‘RPAGA O‘T QO‘YMA
"Ko'n" so'zining hozirgi tilda aytilishi qanday?
Teri
"Optom" so'zining o'zbekchasi?
Ulgurji, ko'tara