Mustaqillikning dastlabki yillarida Ministrlar Soveti o‘rnida qaysi idora tashkil qilingan?
Vazirlar Mahkamasi
Xiva xonligini qaysi sulola vakillari boshqargan?
Shayboniylar, qo'ng'irotlar
O'zbekiston Respublikasi BMTga qachon a'zo bo'ldi?
1992-yil 2-mart
Korrupsiya so'zining lug'aviy ma'nosi?
"aynish", "buzilish", "poraga sotilish"
“Qur’oni Karim” yurtimizda ilk bor kim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan?
Alouddin Mansur
Oliy ta'lim necha bosqichdan iborat?
1.Bakalavriyat
2.Magistratura
Qaysi shaxarda Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi barpo etilgan?
Jizzaxda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
2005-yildan 2 palatadan iborat: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata).
“Uz-DАEWOO avto” zavodi qayerda barpo etildi?
Asaka shahrida
XDPning asosiy vazifasi?
ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan aholi qatlami manfaatlarini himoya qilish
Milliy valyutaning muomalaga kiritilish bosqichlari?
O‘zbekiston 1991-1993 yillarda rubldan foydalangan, 1993-yil 1-noyabrda so‘m-kupon muomilaga kiritilgan, 1994-yil 1-iyuldan so‘m muomilaga kiritilgan.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
2016-yil 14-sentyabr
Uzluksiz ta'lim tizimi
1. Maktabgacha ta’lim; 2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 3. Professional ta’lim; 4. Oliy ta’lim; 5. Oliy ta’limdan keying ta’lim; 6. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 7. Maktabdan tashqari ta’lim
Birinchi prezident Islom Karimov haykali qayerlarda o'rnatilgan?
Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida
Sud hokimiyati va uning turlari
shaxs huquq-erkinliklarini himoya qiladigan mustaqil organ. Bugungi kunda turlari: Oliy sud > Konstitutsiyaviy sud > fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman va shaxar sudlari > tumanlararo, tuman va shaxar iqtisodiy sudlari > jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shaxar sudlari > Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi > viloyat va Toshkent shaxar ma’muriy sudlari > harbiy sudlar
Davlat ramzlarining qabul qilinishi
Oliy kengashning VIII sessiyasida bayroq qabul qilingan. (1991-yil 18-noyabr); Oliy kengashning X sessiyasida gerb qabul qilingan. (1992-yil 2-iyul); Oliy kengashning XI sessiyasida madhiya qabul qilingan. (1992-yil 10-dekabr)
“O‘zbekiston-2030 strategiyasi” va uning ustuvor yo'nalishlari
1. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish; 2. Aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish; 3. Aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; 4. Xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; 5. Mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash
Harakatlar strategiyasi va uning ustuvor yo'nalishlari
5 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat: 1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish; 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish; 3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish; 4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
5 tashabbus qaysi vazifalarni o'z ichiga oladi?
1. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish; 2. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish , ularning sport sohasida qobilyatini rivojlantirish; 3. Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish 4. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish 5. Xotin qizlarni ish bilan ta’minlash
"O'zbek modeli" 5 tamoyili?
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; 2. Davlat bosh islohotchi; 3. Qonun ustuvorligi; 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o‘tish