G‘azna ijrosi faoliyati kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi?
Chet elda faoliyat yuritayotgan budjet tashkilotlariga.
+200🥳
.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi qaysi organ tomonidan g'azna ijrosi yo'li bilan amalga oshiriladi?
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
2007-yildagi PQ-594 sonli Qarorning 2005-yildagi hujjatlardan asosiy farqi nimada?
Ushbu qaror g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilab berdi va tizimni yanada takomillashtirdi.
Budjet ijrosini tashkil qilishda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari qayerda ochiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining yagona axborot tizimida.
"Davlat budjeti g‘azna ijrosi" tushunchasining kengaytirilgan mazmuni nima?
Bu — davlat budjeti, maqsadli jamg‘armalar va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larini yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali jamlash, taqsimlash va boshqarishni tashkil etishdir.
Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi?
Hisob palatasi
Budjet tizimi budjetlari g'azna ijrosi ustidan amalga oshiriladigan nazoratlar?
Dastlabki, joriy va yakuniy
Qachondan Moliya vazirligining Yagona g'azna hisobvaragi joriy qilindi?
2012 yilning 1 yanvaridan boshlab
Budjet tizimida g‘aznachilik tizimini joriy etishdan asosiy maqsad nima?
Budjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini, xarajatlarning maqsadli sarflanishini nazorat qilish hamda pul oqimlarini samarali boshqarish.
2002-yilda tasdiqlangan loyihaning asosiy maqsadi nima deb belgilangan?
Davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib budjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash va yangi ijro tizimini yaratish.
Davlat xaridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish qaysi organning asosiy vazifasi
G'aznachilik
Davlat budjetining g‘azna ijrosi dastlab ... tadbiq etildi
Budjet xarajatlari ijrosiga
Siz balsiz qoldingiz🤪
Keyingi navbatingizni kuting🫡
2017-yilda UzASBO tizimining g‘aznachilikka integratsiyasi qanday "byurokratik" to‘siqni bartaraf etdi?
Hujjatlarning qog‘oz ko‘rinishidagi byurokratik tizimidan elektron tizimiga o‘tilishi hisobiga samaradorlik oshdi.
Davlat budjeti g‘azna ijrosiga o‘tishgacha bo‘lgan davrda budjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi bular qaysilar?
-budjet tushumlarini taqsimlash;
-tegishli budjetlarda jamlangan mablag‘larni budjetdan mablag‘ oluvchilarning ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishini va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligini tizimli tahlil qilish qaysi nazorat organi tomonidan amalga oshiriladi?
Hisob palatasi
2004-yil 26-avgustdagi 664-II sonli Qonun qaysi sohalarni huquqiy asos bilan ta’minladi?
Ushbu Qonun davlat budjeti, maqsadli jamg‘armalar va budjetdan tashqari jamg‘armalarning g‘azna ijrosi sohasidagi munosabatlarni tartibga soldi.
2002-yilda ma’qullangan loyiha doirasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi nima edi?
Budjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash va budjet ijrosining yangi tizimini yaratish.
2005-yil 5-maydagi 63-sonli buyruq (Adliya vazirligida 1475-raqam bilan ro‘yxatga olingan) nima haqida edi?
Bu buyruq bilan budjet tashkilotlarining yetkazib beruvchilar bilan tuzadigan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va xarajatlar to‘lovini nazorat qilish tartibi haqidagi "Vaqtinchalik nizom" qabul qilingan.
2023-yil 7-fevraldagi 13-sonli buyruq bilan qanday yangi tuzilma tasdiqlandi?
Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining shtatlar birligi tasdiqlandi.
"ShHR" abbreviaturasi nimani anglatadi va u qanday operatsiyalar uchun xizmat qiladi?
Shaxsiya hisobvaraqlar (ShHR) — unga kirim qilinadigan va ular hisobidan tegishli budjetlarga ajratmalar amalga oshiriladigan hisobvaraqdir.
YAG'H qanday hisobvaraq hisoblanadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag'i
2022-yildagi PF-269 sonli Farmonning ushbu mavzuga qanday aloqasi bor?
Ushbu Farmon "Yangi O‘zbekiston Ma’muriy islohotlarini amalga oshirish" doirasida g‘aznachilik tizimini ham transformatsiya qilishga asos bo‘lgan.
2004-yildagi 664-II sonli Qonun aynan qaysi jamg‘armalarning g‘azna ijrosini huquqiy asosga keltirdi?
Davlat budjeti bilan bir qatorda, davlat maqsadli jamg‘armalarining ham g‘azna ijrosini tartibga soldi.