Ko‘z qanday organ hisoblanadi?
Sezgi organi hisoblanadi.
Ko‘z gavhari qanday o‘zgaradi?
Egikligi (qavariqligi) o‘zgaradi.
Ko‘rish o‘tkirligi nima?
Ikki nuqtani ajrata olish qobiliyati.
Yaqinni ko‘rish nimaga bog‘liq?
Ko‘z kosasining cho‘ziq bo‘lishiga.
Ko‘rish buzilganda nima tavsiya etiladi?
Ko‘zoynak taqish.
Ko‘zning to‘r pardasi qanday vazifani bajaradi?
Yorug‘likni qabul qilib, tasvir hosil qiladi.
Akkomodatsiya nima?
Tasvirni to‘r pardaga fokuslash jarayoni.
Sariq dog‘ nima vazifani bajaradi?
Eng aniq ko‘rish joyi hisoblanadi.
Ko‘zning ikki nuqtani ajrata olish xususiyati nima deyiladi?
Ko‘rish o‘tkirligi.
Ko‘z rangini nima belgilaydi?
Melanin pigmenti
Qaysi qismlar yorug‘likni sindiradi?
Shox parda va ko‘z gavhari.
Akkomodatsiya nima uchun kerak?
Uzoq va yaqin narsalarni aniq ko‘rish uchun.
Nega ikkala ko‘z bilan qaraganda bitta tasvir ko‘rinadi?
Tasvir sariq dog‘ga tushgani uchun.
Ko‘rish buzilishining asosiy turlari qaysilar?
Uzoqni va yaqinni ko‘ra olmaslik.
Uzoqni ko‘rish nimaga bog‘liq?
Ko‘z kosasining qisqa bo‘lishiga.
Kipriksimon muskullar nima vazifa bajaradi?
Ko‘z gavhari qavariqligini o‘zgartiradi.
Nima sababli biz uzoq va yaqin narsalarni aniq ko‘ra olamiz?
Akkomodatsiya tufayli.
Stereoskopik ko‘rish nima?
Ikkala ko‘z bilan qaraganda bitta tasvir ko‘rish.
Uzoqni ko‘ruvchi odam qanday muammoga duch keladi?
Yaqin narsalarni aniq ko‘ra olmaydi.
Albinizm kasalligi nima sababli yuzaga keladi?
Pigment yetishmasligi sababli.
Ko‘rish gigiyenasi uchun qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
Yaxshi yoritishda o‘qish, masofa saqlash, ko‘zni zo‘riqtirmaslik.
Ko‘zga chang yoki xas-cho‘p tushsa nima qilish kerak?
Ko‘zni yuvish va ehtiyotkorlik bilan tozalash.
Konyunktivit qanday paydo bo‘ladi?
Ko‘zga mikroblar tushganda.
Katarakta nima?
Ko‘z gavharining xiralashuvi.
Shabko‘rlikning sabablari nimalar bo‘lishi mumkin?
A vitamini yetishmasligi yoki to‘r pardadagi o‘zgarishlar.