Axborot xavfsizligi nima?
Axborot xavfsizligi — ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o‘g‘irlash, o‘zgartirish yoki yo‘qotishdan himoya qilish tizimidir.
Raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligi nima uchun muhim?
Chunki barcha xizmatlar (bank, e-commerce, davlat xizmatlari) internetga bog‘langan.
Kriptografiya nima?
Ma’lumotlarni shifrlash va himoya qilish usullari majmuasi.
Tarmoq xavfsizligi nima?
Internet va lokal tarmoqlardagi ma’lumotlarni himoya qilish tizimi.
Axborot xavfsizligining asosiy tamoyillari qaysilar?
Maxfiylik, yaxlitlik va mavjudlik.
Texnik himoya usullariga nimalar kiradi?
Firewall, antivirus, IDS/IPS, shifrlash.
Simmetrik shifrlash nima?
Bitta kalit bilan shifrlash va ochish usuli.
DDoS hujumi nima?
Tizimni ortiqcha yuklab, ishdan chiqarishga qaratilgan hujum.
Maxfiylik nimani anglatadi?
Ma’lumot faqat ruxsat etilgan shaxslar tomonidan ko‘rilishi.
Autentifikatsiya nima?
Foydalanuvchini tizimga kirishda tekshirish jarayoni.
Assimmetrik shifrlash qanday ishlaydi?
Ochiq va yopiq kalitlar juftligi orqali.
Firewall nima vazifani bajaradi?
Ruxsatsiz kirishlarni bloklaydi.
Yaxlitlik nima?
Ma’lumotlarning buzilmasligi va o‘zgarmasligi.
2FA nima?
Ikki faktorli autentifikatsiya — qo‘shimcha xavfsizlik usuli.
Elektron raqamli imzo nima?
Elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi raqamli imzo.
VPN nima uchun ishlatiladi?
Ma’lumotlarni shifrlangan kanal orqali uzatish uchun.
Axborot xavfsizligi nima uchun zarur?
Chunki raqamli tizimlarda shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlar doimiy xavf ostida bo‘ladi.
Inson omili xavfsizlikka qanday ta’sir qiladi?
Noto‘g‘ri parol ishlatish yoki firibgarlik havolalariga kirish xavf tug‘diradi.
Xesh-funksiyaning vazifasi nima?
Ma’lumotdan yagona kod (xesh) yaratish va o‘zgarmasligini tekshirish.
Fishing hujumi nima?
Foydalanuvchini aldab maxfiy ma’lumotlarni olish usuli.