35 yoshli erkak M, tog‘li hududda yashaydi. Bo‘ynida palpatsiyada qalqonsimon bez aniqlanadi, boshqa shikoyat yo‘q.
AQB 120/80, puls 72. Bez kattalashgan.
Laborator tekshiruvda: TTG norma, T4 norma
Savol: Tashxis?
Qalqonsimon bez funksiyasi boʻyicha qanday holat?
1)Endemik buqoq kasalligi
2)eutireoz holati
Qalqonsimon bez diffuz kattalashgan, TSH ↓, T4 ↑, ekzoftalm (+).
Qaysi tashxis ENG to‘g‘ri?
A) Endemik buqoq
B) Subakut tireoidit
C) Diffuz toksik buqoq (Graves kasalligi)
D) Birlamchi gipotireoz
C) Diffuz toksik buqoq (Graves kasalligi)
GREFE SIMPTOMI?
Yuqori qovoqning nigoh pastga qaatilganda qorachiqdan orqada qolishi
MODY diabeti ?
MODY (Maturity Onset Diabetes of the Young) — bu monogen diabet turi bo‘lib, odatda yosh yoshda boshlanadi va β-hujayra funksiyasining genetik buzilishi bilan bog‘liq,ya'ni yosh bolalarda 1-tip qandli diabetning kattalardagi 2-tipga oʻxshash rivojlanishi.
42 yoshli ayol R: semirib ketishiga, sovuqqa chidamsizlik va ich qotishiga shikoyat qiladi.
AQB 140/90, puls 58/min. Teri quruq, yuz shishgan.
Lab: TTG ↑↑, T4 ↓
Savol: Tashxis?
Nima sababdan bemorda bradikardiya kuzatilmoqda?
Tashxis: Birlamchi gipotireoz
Sabab: T3 ↓ → yurak β1-retseptor stimulyatsiyasi ↓ → bradikardiya
Quyidagilardan qaysilari tireotoksikoz uchun xos? (2 ta tanlang)
A) Bradikardiya
B) Vazn yo‘qotish
C) Issiqni yomon ko‘rish
D) Sovuqqa sezuvchanlik
E) Teri quruqligi
✅ Javob:
B) Vazn yo‘qotish
C) Issiqni yomon ko‘rish
Autoimmun tireoidit (Hashimoto)
➡️ Antitanachalar ta’sirida qalqonsimon bez destruksiyasi va gipotireozga olib keladigan kasallik.
Tug‘ruqdan keyin bemor ayol ko‘p qon yo‘qotgan va laktatsiya yo‘q, aminoreya kuzatilmoqda, holsizlik,
Laborator natijalarda: TTG va AKTG pasaygan.
Sizning taxminiy tashxisingiz?
Shixan sindromi
55 yoshli ayol endokrinologga quyidagi shikoyatlar bilan keldi: ozib ketish, yurak tez urishi, asabiylik.
Ko‘rikda: AQB 100/60, puls 126/min (aritmiya), teri issiq,qalqonsimon bez diffuz kattalashgan.
Laborator tekshiruvda: TTG ↓↓↓, T4 ↑↑
Diagnoz?
Davo taktikasi?
1. Diagnoz:
Diffuz toksik buqoq
2. Davo taktikasi
β-bloker (propranolol)
Antitireoid dori (metimazol yoki propiltiourasil)
Quyidagilardan qaysilari tireotoksikozda yurak tizimiga ta’siri? (3 ta tanlang)
A) Taxikardiya
B) Atrial fibrillyatsiya
C) Yurak chiqish hajmi ↑
D) Bradikardiya
E) AV blok
✅ Javob:
A) Taxikardiya
B) Atrial fibrillyatsiya
C) Yurak chiqish hajmi ↑
Giperprolaktinemik gipoganadizm sindromi
gipotiroksinemiyada TRG oshishi----> TTG ---->prolaktin ishlab chiqarilishi oshadi va giperprolaktinemiya lyuliberin ajralishi siklining buzilishiga olib keladi.
60 yoshli bemor ushbu simptomlar bilan shoshilinch tez tibbiy yordamga olib kelindi: poliuriya, polidipsiya, kuchli suvsizlanish. Hushi chalkash.
Laborator tekshiruvda: glyukoza 32 mmol/L, ketonlar yo‘q, osmolyarlik yuqori.
Bemorda qaysi holat?
Giperglikemik giperosmolyar koma