Tovush nima?
Tovush talaffuz qilinadi va eshitiladi
Kvadratning perimetri 32sm.Uning tomoni nechaga teng?
8 sm
Ertak nima?
Ertak-xalq og'zaki ijodining bir turi bo'lib,unda xayoliy voqealar tasvirlanadi
Vatan nima?
Vatan-inson tug'ilib o'sgan onai yurt
Jonsiz tabiatga nimalar kiradi?
Suv,hovo,tosh,tuproq va quyosh
Zid ma'noli so'lar nima?
Qarama-qarshi ma'noli so'zlar Masalan.baland-past, oq-qora
45+27=?
72
O'zbekiston qanday yurt?
Go'zal,qadimiy va boy tarixga ega yurt
Tabiatni muhofaza qilish uchun nima qilishimiz mumkin?
Daraxt ekish,chiqindi tashlamaslik va suvni tejash
Baliqlar nima bilan nafas oladi?
Jabralari bilan nafas oladi
Matn deb nimaga aytiladi?
Mazmunan o'zaro bog'langan gaplardan tashkil topgan nutq shakliga matn deyiladi
Sonlarni toqqoslashda avval nimaga e'tibor beriladi?
Raqamlar soniga,raqamlari teng bo'lsa,chapdan boshlab taqqoslanadi
Kuzning eng go'zal jihati nimada?
Rang-barang tabiat va mo'l hosilda
Iqlim o'zgarishi nima?
Yer iqlimning uzoq vaqt davomida o'zgarishidir
Nima uchun ayrim hayvonlar muhofazaga muhtoj?
Ularning soni kamayib,yo'qolib ketish xavfi tug'ilishi mumkin
O'zak deb nimaga aytiladi?
So'zning asosiy ma'nosini bildiradigan qismiga o'zak deyiladi
Matematikada qanday sonlardan foydalanamiz?
Natural sonlardan, nol va boshqa sonlardan foydalanamiz
Kuz ostonada iborasi nimani anglatadi?
Kuz fasli yaqinlashganini anglatadi
Biz qayerda yashaymiz?
Yer sayyorasida yashaymiz
Barcha qushlar ucha oladimi? Misollar bilan tushuntiring
Yo'q.Masalan tuyaqush va pingvin ucha olmaydi,ammo ular boshqa xususiyatlari bilan yashash muhitiga moslashgan
So'z yasavchi qo'shimcha qanday vazifa bajaradi?
Yangi ma'noli so'z hosil qiladi Masalan. Ish-ishchi
Ko'paytirish nima?
Bir xil qo'shiluvchilarni qisqa usulda qo'shish amalidir
Bulut nima?
Bulut-atmasferada to'plangan mayda suv tomchilari yoki muz kristallaridan iborat
Hayotni sevish nimani anglatadi?
Hayotni qadrlash, sog'lig'imizni asrash va har bir kundan yaxshi foydalanishni anglatadi
Nima uchun barcha hayvonlar bir xil muhitda yashay olmaydi?
Hayvonlarning tana tuzilishi,oziqlanishi nafas olishi va yashash sharoitiga moslashuvi turlicha