Korupsiya nima?
Mansab yoki vakolatdan shaxsiy manfaat uchun noqonuniy foydalanish.
Korupsiya iqtisodiyotga qanday zarar yetkazadi?
Davlat mablag‘lari talon-toroj bo‘ladi.
Korupsiyaga qarshi kurashning asosiy yo‘li nima?
Qonunlarga qat’iy rioya qilish.
Korupsiya uchun qanday javobgarlik mavjud?
Ma’muriy va jinoiy javobgarlik.
Korupsiyaning inglizcha nomi nima?
Corruption.
“Pora” soʻzining ma’nosi nima?
Biror ishni noqonuniy hal qilish uchun beriladigan pul yoki manfaat.
Korupsiya sababli jamiyatda nima kamayadi?
Odamlarning davlatga ishonchi.
Shaffoflik nima uchun muhim?
Noqonuniy ishlarning oldini oladi.
Pora olgan shaxsga qanday jazo beriladi?
Jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish.
Korupsiyaning aksi bo‘lgan tushuncha nima
Halollik
Korupsiyaning eng ko‘p uchraydigan shakli qaysi?
Pora olish va pora berish.
Korupsiya yoshlar tarbiyasiga qanday ta’sir qiladi?
Halollik qadriyatlarini susaytiradi
OAV korupsiyaga qarshi kurashda qanday rol o‘ynaydi?
Muammolarni ochiqlaydi va jamoatchilikni xabardor qiladi.
Korupsiyaga qarshi qonunlarning maqsadi nima?
Jamiyatda adolat va halollikni ta’minlash.
“Pora beruvchi ham javobgar” — bu to‘g‘rimi?
Albatta
Korupsiya qaysi sohalarda ko‘proq uchraydi?
Ta’lim, tibbiyot, sud va davlat boshqaruvida.
Korupsiya rivojlanishga qanday ta’sir qiladi?
Taraqqiyotni sekinlashtiradi.
Fuqarolar korupsiyani kamaytirish uchun nima qilishi kerak?
Pora bermasligi va noqonuniy holatlar haqida xabar berishi kerak.
Kimlar korupsiyaga qarshi kurashishi kerak?
Davlat organlari va barcha fuqarolar.
Korupsiya ko‘paygan jamiyatda adolat bo‘ladimi?
Yo‘q.
Korupsiya jamiyatga qanday ta’sir qiladi?
Adolatsizlik va ishonchsizlikni kuchaytiradi.
Korupsiya tufayli qonun ustuvorligiga nima bo‘ladi?
Qonun buzilishi ko‘payadi.
Elektron xizmatlarning foydasi nima?
Inson omilini kamaytirib, shaffoflikni oshiradi.
Halollik nima uchun muhim fazilat?
Adolatli jamiyat qurishga yordam beradi.
Korupsiyaga qarshi kurashning shiori qanday bo‘lishi mumkin?
“Halollik — taraqqiyot garovi!”