Qadimgi shaharlar xarobalarini kimlar o‘rganadi?
Qadimshunoslar, ya’ni arxeologlar o‘rganadi.
Antropologlar nimani o‘rganadilar?
Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari, bosh chanog‘i va tashqi qiyofasini o‘rganadilar.
Etnograflar kimlarni o‘rganadilar?
Qadimgi urf-odatlar, xo‘jalik va madaniy an’analarni saqlab qolgan qabilalar va elatlarni o‘rganadilar.
Moddiy manbalarga nimalar kiradi?
Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar va zeb-ziynat buyumlari kiradi.
O‘rta Osiyo tarixiga oid eng qadimgi yozma manba qaysi?
“Avesto” kitobi.
Behistun qoyasi yozuvlari qayerda joylashgan?
Eronda joylashgan.
Matriarxat nima?
Ayol — ona urug‘ jamoasiga boshchilik qilgan davr
Patriarxat nima?
Urug‘ jamoalariga erkak kishi boshchilik qilgan davr.
Paleolit nima?
Qadimgi tosh davri.
Mezolit nima?
O‘rta tosh davri.
Neolit nima?
Yangi tosh davri.
Eneolit nima?
Mis-tosh davri.
Doro I kim bo‘lgan?
Fors shohi bo‘lgan.
Tarix fanida eng qadimgi odamlar nima deb ataladi?
Ibtidoiy odamlar deb ataladi.
Eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlari qayerdan topilgan?
Sharqiy Afrikadan topilgan.
“Tik yuruvchi odamlar” olovdan qanday foydalanganlar?
Chaqmoq zarbidan yong‘in chiqqan o‘rmondagi tabiiy olovdan foydalanganlar.
O‘rta Osiyoda qadimgi tosh qurollar qaysi joylardan topilgan?
Selungur va Ko‘lbuloq makonlaridan topilgan.
Ko‘lbuloq makoni qayerda joylashgan?
Toshkent viloyatida joylashgan.
O‘zlashtiruvchi xo‘jalik nima?
Tabiatdagi tayyor oziq-ovqatni terish, ovlash va baliq tutish orqali hayot kechirish xo‘jaligi.
Teshiktosh g‘ori qaysi davr yodgorligi hisoblanadi?
O‘rta paleolit davri yodgorligi hisoblanadi.
Totemizm nima?
Odamlar guruhi yoki jamoasining biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonishi.
Animizm nima?
Odamni o‘rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish.
Fetishizm nima?
Ayrim buyumlar omad keltirishi yoki balo-qazoni daf qilishiga ishonish.
O‘rta Osiyodagi mezolit davriga oid manzilgohlar qaysilar?
Obishir, Qo‘shilish va Machay.
Machay makoni qayerda joylashgan?
Surxondaryo viloyatida joylashgan.