G‘ozi al-G‘osaybiy qachon va qayerda tug‘ilgan?
U 1940-yil 3-martda Saudiya Arabistonining Hofuf shahrida tug‘ilgan.
Savol: Abdo Xal asarlarida qanday mavzularni ko‘tarib chiqadi?
U asosan arab dunyosidagi boy qatlamning korrupsiyasini hamda jamiyatdagi "uchta tabu" – jinsiylik, siyosat va din masalalarini ochiq tahlil qiladi.
Abdulloh al-G‘odhamiyning ilm-fandagi asosiy hissasi nimadan iborat?
U arab dunyosida "madaniy tanqid" (النقد الثقافي) yo‘nalishini rivojlantirgan eng muhim olimlardan biridir. U adabiyotni nafaqat go‘zallik, balki jamiyat, siyosat va madaniyat prizmasidan tahlil qilishni taklif etadi.
U qanday davlat lavozimlarida faoliyat yuritgan?
Al-G‘osaybiy sanoat va elektr energiyasi vaziri (1975–1983), sog‘liqni saqlash vaziri (1983–1984), suv va elektr energiyasi vaziri (2002–2004), shuningdek, Bahrayn hamda Buyuk Britaniyada elchi bo‘lib ishlagan.
Savol: Yusuf al-Muhaymidning yozuvchi bo‘lib shakllanishiga nima ta’sir qilgan?
.Uning bolaligi kasallik bilan o‘tganligi va ko‘p vaqtini kitob o‘qish bilan o‘tkazganligi uning yozuvchi bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
Abdulloh al-G‘odhamiy qaysi kitobi Saudiya modernizmi haqida hikoya qiladi?
Uning "Saudiya Arabistonida modernizm hikoyasi" nomli kitobi mamlakatdagi zamonaviy madaniyat tarixini yoritgan eng muhim asarlardan biri sanaladi.
Nima sababdan u 1984-yilda sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan bo‘shatilgan?
U korrupsiyani tanqid qilib "Sotib olingan va sotilgan qalam" nomli she’r yozgani va bu she’r gazetalarda chop etilib, hukmron elitalarni ayblagani uchun Qirol Fahd tomonidan ishdan olingan.
Al-Muhaymidning xalqaro miqyosda tanilgan asarlari qaysilar?
"Rohat tuzoqlari", "Bureydada kabutarlar uchmaydi" va "Shisha idish" kabi asarlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Abdulloh al-G‘odhamiy 2022-yilda qaysi nufuzli mukofot bilan taqdirlangan?
U 2022-yilda Shayx Zayed kitob mukofoti (yil shaxsi sifatida) bilan taqdirlangan.
Al-G‘osaybiyning eng mashhur adabiy asarlari qaysilar?
Uning "Erkinlik kvartirasi" (1994), "Yetti" (2003), "Sevgi hikoyasi" (2002) romanlari va "Ha, (Saudiya) vaziri!" avtobiografiyasi mashhur.
Yusuf al-Muhaymidning birinchi ijodiy tajribasi nima bilan bog‘liq bo‘lgan?
Bolaligida uning "Sayf ibn Zi Yazan dostoni" kitobida oxirgi sahifalar bo‘lmagani sababli, u asarning oxirini o‘zi to‘qib tugatgan.
Rajaa Alsanea yozuvchilikdan tashqari yana qanday yutuqlari bilan e’tirof etilgan?
U Dublin xalqaro adabiyot mukofotiga nomzod bo‘lgan va 2017-yilda Forbes talqini bo‘yicha “40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar eng muvaffaqiyatli arab” ro‘yxatiga kiritilgan.
Abdo Xal qaysi asari bilan xalqaro e’tirofga erishgan?
U 2010-yilda "Spewing Sparks as Big as Castles" (U uchqunlar sochadi) romani uchun "Arab badiiy adabiyoti uchun xalqaro mukofot"ni qo‘lga kiritgan.
"Riyod qizlari" romanining o‘ziga xosligi nimada?
Roman to‘rtta yosh ayolning hayotini elektron xatlar shaklida bayon qiladi, bu esa asarga zamonaviy uslub beradi. Unda Saudiya jamiyatidagi ayollarning sevgisi, erkinligi va ijtimoiy muammolari yoritilgan.
Rajaa Alsaneaning asosiy kasbi nima va u qaysi romani bilan mashhur?
U kasbi bo‘yicha stomatolog (endodontist) bo‘lib, 2005-yilda yozilgan "Riyod qizlari" romani bilan butun dunyoga tanilgan.