Bretton-Vuds tizimida 1 troya unsiyasi oltin necha dollarga teng edi?
35 dollar
1960-yilda OPEKni qaysi beshta davlat tuzgan?
Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela.
1982-yil 12-avgustda tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatishini e’lon qilgan davlat qaysi?
Meksika
Nikkei 225 indeksi qaysi sanada cho'qqisiga chiqdi va necha punktga yetdi?
1989-yil 29-dekabr, 38 916 punkt.
Osiyo valyutalari dollarga bog‘langan edi (1 $ = 25 baht). Bu qanday valyuta kursi rejimi?
Qat'iy valyuta kursi
Bretton-Vuds konferensiyasi qaysi yilda bo'lgan va unda nechta davlat vakillari yangi xalqaro valyuta tartibini kelishib olgan?
1944-yil, 44 davlat.
1973–74-yillarda bir barrel neft narxi taxminan qanchadan qanchagacha oshdi?
Taxminan 3 dollardan 12 dollargacha (4 baravar)
«Volker shoki» nima edi va Fed stavkasi eng yuqori nuqtada qancha atrofiga yetdi?
Fed raisi Pol Volker 1979-yil oktabrda inflyatsiyani to'xtatish uchun pul massasini qattiq cheklab, stavkani 20 foiz atrofigacha ko'tardi.
Yaponiyaning 1990–2001-yillardagi sust o‘sish davri qanday nom bilan ataladi?
«Yo‘qotilgan o‘n yillik»
1997-yil 2-iyulda batni erkin suzishga qo‘ygan, inqirozni boshlab bergan davlat qaysi?
Tailand
1971-yil 15-avgustda xorijiy davlatlar uchun dollarni oltinga almashtirishni to‘xtatishini e’lon qilgan AQSh prezidenti kim?
Richard Nikson
O‘sishning sustligi, yuqori inflyatsiya va ishsizlik bir vaqtda yuz berishi qanday ataladi?
Stagflyatsiya
1975–1983-yillarda Lotin Amerikasining tashqi qarzi 75mlrd dollardandan qanchagacha o'sdi?
315 mlrd dollar ortiqqa (to'rt baravardan ko'p).
«Zombi banklar» nima?
yomon kreditlarni hisobdan chiqarmay, nochor firmalarga yangi kredit berishda davom etgan banklar. Zararni tan olsa kapitali yetmay qolardi
1998-yil sentabrida kapital nazoratini joriy etib, XVF yordamidan voz kechgan davlat qaysi?
Malayziya
Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) qanday vazifalar uchun tashkil etilgan?
Valyuta kurslari tizimini nazorat qilish, pul-kredit hamkorligini rivojlantirish va to'lov balansi muammosi bor davlatlarga moliyaviy yordam berish.
1986-yildagi «teskari shok» nima edi va kimlar zarar ko'rdi?
neft narxi 10 dollar atrofigacha tushdi Meksika, Venesuela va SSSR kabi eksportchilar hamda AQShdagi kichik neft kompaniyalari zarar ko'rdi.
Giperinflyatsiya cho'qqisi (≈11 750%) qaysi mamlakatda va qachon qayd etilgan?
Boliviya, 1985 yil
1992-yil 16-sentabrdagi «Qora chorshanba»da qaysi valyuta nima bo'ldi?
Buyuk Britaniya stavkani bir kunda 10 dan 12 foizga ko'tardi, ammo funt Yevropa valyuta kurslari mexanizmidan (ERM) chiqdi
XVF Osiyo inqirozi paytida rekord yordamni (taxminan 58 mlrd $) qaysi davlatga ajratdi?
Janubiy Koreya
1971-yil dekabrida dollar qiymati qayta belgilanib, kurs chegaralari kengaytirilgan kelishuv qanday nomlanadi?
Smithsonian kelishuvi
OPEK neft daromadlari → G‘arb banklaridagi depozitlar → ? → 1980-yillardagi qarz inqirozi. Yetishmayotgan bo‘g‘inni toping.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga suzuvchi stavkali kreditlar
Beyker rejasi (1985) bilan Brejdi rejasi (1989) asosiy farqi nimada?
Beyker rejasi qarzni yangi kreditlar bilan to'lashga urindi, Brejdi rejasi esa qarzning bir qismini kechib, uni obligatsiyalarga almashtirdi va qarz miqdorini haqiqatan kamaytirdi.
Iqtisodchi Richard Ku kiritgan «balans retsessiyasi» nimani anglatadi?
pufak yorilgach, firmalar va uy xo'jaliklari foiz stavkasi past bo'lsa ham kredit olmay, qarzni uzishga e'tibor qaratadi, shuning uchun investitsiya va iste'mol qisqaradi.
1998-yilda Indoneziyaning real YaIM o‘sishi necha foizga o‘zgardi (1997-yilda +4,7% edi)?
−13,1%