Zamburug‘larning nechaga yaqin turlari bor?
100 00 ga yaqin turlari mavjud
Mitaxondriya qaysi tildan olingan va manosi nima?
Yunonchadan olingan bo‘lib mitos-ip va xondro-donador degan manoni anglatadi
Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo‘lib nimalardan tashkil topgan?
Aminokislotalardan tashkil topgan
Zamburug‘larning vegetativ tanasi nima deb ataladi va nimalardan tashkil topgan?
Mitseliy deb atalib, gifalar yig‘indisidan tashkil topgan
Mitoxondriyalar qanday shakllarda uchraydi?
Yumaloq, yassi, silindrsimon va ipsimon
Oqsillarning elementar tarkibida uglerod necha % dan iborat?
50-54%dan iborat.
Qo‘ziqorin zamburug‘ining tanasi necha cm?
10-12cm
Ipsimon shakllarning uzunligi necha mkm gacha boradi?
15-20 mkm
Bitta aminokislotaning kattaligi necha nm ga teng?
0,35-0,37 nm ga teng
Mikorizaning tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi va qaysilar?
2 ga bo‘linadi. Tashqi(ektotrof) va ichki (endotrof)
Tashqi membrana silliq, ichkisi esa burmali bo‘lib, ular nima deb ataladi?
Kristalar deb ataladi
Osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsillar nima deyiladi?
Globulinlar deb ataldi.
Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi va qaysilar?
3 turga bo‘linadi
1.Yopishqoq
2.Bargsimon
3.Butasimon
Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi nima?
Energiya hosil qilish, yani ATFni sintezlashdir
Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar nima deb ataladi?
Albuminlar deb ataladi.