Iqtisod
Futbol
Multfilm
Zakovat
Geografiya
100

Savol: "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot" asari muallifi, iqtisodiyot fanining otasi va "ko'rinmas qo'l" nazariyasi asoschisi kim?

Adam Smit 

100

Savol: Futbolda "Oltin to'p" (Ballon d'Or) sovrini rekord darajada  kimga topshirilgan?

Lionel Messi.

100

Oʻtgan asrning 90-yillarida asosan hikoyalarda koʻrinish bergan U nemis tilida "qoʻrquv" maʼnosini anglatadi. Qizigʻi 2010-yilda U Gollivud olamida katta yutuqlarni qoʻlga kiritganlarga beriladigan Yulduzga ega boʻlgan. Qaysi personaj 

Shrek

100

Manbalarda Amir Temur bir necha yangi ularni yaratgani aytiladi. Masalan, tuya va jirafalarni. 

Savol: Ularni 2 so’z bilan toping.

Javob: shaxmat figuralari

100

Yer yuzida nechta okean bor ?

Javob: 5 ta. Shimoliy Muz. Tinch. Atlantika. Hind. Janubiy Muz

200

Savol: Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi va ishsizlik darajasi o'rtasidagi teskari bog'liqlikni aks ettiruvchi grafik qanday nomlanadi?

Fillips egri chizigʻi 

200

Savol: Dunyo futboli tarixidagi eng qimmat transfer (o‘yinchi sotib olish) rekordi kimga tegishli va u qaysi klubga necha pulga o‘tgan?

Neymar. U 2017-yilda "Barselona"dan PSJ klubiga 222 million yevro evaziga o‘tgan.

200

Multfilmda U shahzodaga uni qutqargan o‘zi ekanligini aytolmaydi, yani gapira olmaydi. Lekin nega u bu haqda yozib bermasligi kerak? Malika, albatta, savodxon, chunki u jodugar taklif qilgan shartnomani o‘qib, imzolagan. Kim?

Areil. Suv parisi 

200

Shvetsiyalik bu inson 365 ta ixtiro va kashfiyotlar muallifi hisoblangan. Uni ismini abadiylashtirgan xodisani har yili kuzatamiz.

Savol qaysi xodisa

Nobel mukofoti topshirilishi

200

Ekvador chizigʻi qaysi davlatlardan oʻtadi. Kamida 3ta

Javob: Ekvador. Janubiy Sudan. Indoneziya 

300

Savol: Mamlakatda ishsizlik darajasining 1% ga oshishi real Yalpi Ichki Mahsulotning (YIM) taxminan 2-2.5% ga kamayishiga olib kelishini ifodalovchi empirik qonun qaysi?

Ouken qonuni 

300

Savol: Tarixda Jahon chempionligini eng ko'p (5 marta) qo'lga kiritgan milliy terma jamoa qaysi?


Javob: Braziliya.

300

Multfilm g‘oyasi rejissor Endryu Stentonning bolalikdagi xotiralaridan kelib chiqqan: bir marta u akvariumda tropik baliqlarni ko‘rganida, ular bu yerdan o‘z uylariga qochishni xohlashsa kerak, deb o‘ylagan. Qaysi multfilm?

Nemo

300

Hazilga ko‘ra, odamlar bu kasb egalarining ishxonasi shiftiga doim hayron bo‘lib qarar ekan. 

Savol: Gap qaysi kasb egalari haqida ketmoqda?

Javob: Sartaroshlar

300

Dunyoda ikkita davlat ikki qitʼada joylashgan. Ulardan biri Rossiya. Siz ikkinchisi ayting

Javob: Turkiya 

400

Savol: "Kapital" asari muallifi, qo'shimcha qiymat nazariyasini ishlab chiqqan va jamiyatning sinfiy kurash asosida rivojlanishini asoslab bergan hamda kommunizm otasi deb hisoblanadigan iqtisodchi kim?

Karl Marks 

400

Savol: UEFA Chempionlar Ligasi tarixida o'z faoliyati davomida eng ko'p — jami 6 marta chempionlikni (finalda o‘ynagan holda) qo‘lga kiritgan futbolchilar kimlar?


Dani Karvaxal va Luka Modrich

400

Stiving Kingning eslashicha u yoshligidan hayvonlarga mehrli boʻlgan shu sababli 1942-yilgi ushbu multfilmda qahramoning onasi oʻlganini koʻrgach juda yigʻlagan ekan.

Savol: Qaysi multfilm?

Javob: Bembi

400

Mayyaliklar insoniyat tarixida birinchi marotaba aniq nomerlash sistemasini kiritgan. Sanoq – nuqtadan boshlangan. 2 uchun ikkita nuqta, 3 uchun 3 nuqta va hokazo Besh – gorizontal chiziq bilan belgilangan. 6 esa chiziq va ustiga nuqta qo’yish bilan belgilangan. 

Savol: Dengiz chig’anog’i qaysi raqamni bildirgan?

Javob: Nol

400

Amudaryo qaysi daryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi

Javob: Panj va Vaxsh

500

Savol: Soliq stavkalari va davlat byudjetiga tushadigan soliq tushumlari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatuvchi, ma'lum bir nuqtadan so'ng soliq stavkasining oshishi tushumlarning kamayishiga olib kelishini isbotlovchi nazariya qaysi?

Laffer egri chizigʻi 

500

Savol: Futbol tarixida ham o‘yinchi sifatida, ham murabbiy sifatida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan jami 3 kishi bor (Mario Zagallo va Frans Bekkenbauer birinchilari). Bu ro‘yxatni yakunlab beruvchi, hozirda ham faoliyatini davom ettirayotgan uchinchi shaxs kim?


Javob: Didye Desham. (U 1998-yilda futbolchi sifatida, 2018-yilda esa Fransiya terma jamoasi murabbiyi sifatida Jahon chempioni bo‘lgan).

500

2024-yilda chiqqan ushbu multfilm “Dyuna” filmini ortda qoldirib yilning eng kassabop filmiga aylandi. Bu multfilmning ikkinchi qismi bo’lib, unda har bir insonning boshidan o’tadigan o’smirlik davridagi qiyinchiliklarga o’zgacha nigoh bilan yondashilgan. Savol qaysi animatsion film?

Javob: Boshqotirma

500

O’tgan asrning soʼnggi choragida 40 ta buldozer, 90 ta samosval, 65 ta kran, 55 ta ekskavator shiddat bilan u yerda mehnat qilishdi. 

Savol: U yerni birinchi soʻzi poytaxt boʻlgan ikki soʻzda yozib bering ?


Javob: Berlin devori.

500

Dunyoda qaysi davlat eng koʻp chegaradoshlarga ega. 

Javob: Xitoy 


M
e
n
u