I. Turkum: Imom Zaylaiyning hayoti va ilmiy darajasi
II. Turkum: «Nasbu-r-roya» asarining tavsifi va tuzilishi
III. Turkum: Metodologiya va ilmiy ahamiyati
100

Imom Zaylaiyning to'liq ismi va u qaysi davrda, qayerda yashagan?

To'liq ismi Hofiz Jamoliddin Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf ibn Muhammad Zaylaiy Hanafi Misriy bo'lib , u taxminan 720/1320-yilda tavallud topgan va Misrda hadis ilmi oltin davriga ko'tarilgan yillarda yashagan.

100

Nasbu-r-roya» asarining nomi qanday ma'noni anglatadi va u qaysi kitobning hadislariga bag'ishlangan?

Asar nomi «al-Hidoya hadislari uchun bayroq o'rnatish» degan ma'noni anglatadi. U Burhoniddin Marg'inoniyning «al-Hidoya» asari hadislarining mukammal taxriji (manbalarini aniqlash) hisoblanadi

100

Zaylaiyning «Ahodisu-l-husum» (Muxoliflarning hadislari) uslubining o'ziga xosligi nimada?

Zaylaiy xolislik bilan boshqa mazhablar (shofeiy, molikiy, hanbaliy) dalillarini ham keltirgan va ularni 500 dan ortiq o'rinda taxrij qilgan.


200

Zaylaiy hadis ilmida qaysi yuksak darajaga ko'tarilgan va uning vafot sanasi qachon?

U hadis ilmida eng yuksak – «hofiz» darajasiga ko'tarilgan. Alloma 762-yilning muharram oyida (milodiy 1360-yil noyabr) vafot etgan.


200

Asar tarkibiy jihatdan necha bo'lim va boblardan iborat?

Asar «al-Hidoya» tartibi asosida 52 ta mustaqil bo'lim (kitob), 85 ta bob va 23 ta fasldan iborat.


200

Asarni yozishda foydalanilgan manbalarning necha foizi hanafiy bo'lmagan olimlarga tegishli?

Asarni yozishda 240 dan ortiq manbalardan foydalanilgan bo'lib, ularning 90 foizi hanafiy bo'lmagan ulamolarning asarlaridir.




300

Imom Zaylaiyning o'z davrining yetuk olimlari bo'lgan qaysi mashhur muhaddis ustozlari bor edi?

Uning ustozlari orasida Faxruddin Zaylaiy, Alouddin ibn Turkmoniy, Abu Hajjoj Mizziy va Shamsuddin Zahabiylar bor.


300

«Nasbu-r-roya» asarida jami necha rivoyat jamlangan va u qanday shakllangan?

Asarda «al-Hidoya»dagi 1080 ta hadis manbasi aniqlangan hamda ularni quvvatlash uchun qo'shimcha 7055 ta hadis va osor keltirilgan; natijada jami 8135 ta rivoyatni jamlagan ensiklopediyaga aylangan

300

Buyuk muhaddis Ibn Hajar Asqaloniy ushbu asar haqida qanday fikr bildirgan va unga bag'ishlab nima yozgan?

Ibn Hajar ushbu asardan hayratga tushgan va unga «ad-Diroya» nomli muxtasar (qisqartma) yozgan hamda o'zining «at-Talxisu-l-xabir» asarida Zaylaiyning metodlariga tayangan.

400

Zaylaiyning «Nasbu-r-roya»dan tashqari yana qanday ilmiy asarlari mavjud?

Uning «al-Is’of bi taxriji ahodisi-l-Kashshof» (Zamaxshariy tafsiri uchun) va «Muxtasaru ma’oni-l-osor li-t-Tahoviy» kabi asarlari bor

400

Asarning eng qadimgi qo'lyozma nusxasi qayerda saqlanadi va u qachon ko'chirilgan?

Eng qadimgi nusxa Turkiya milliy kutubxonasidagi «Fayzulloh Afandi» to'plamida saqlanadi. U muallif vafotidan 46 yil o'tib, 808/1405-yilda Hammod ibn Abdurahmon tomonidan ko'chirilgan.


400

«Nasbu-r-roya» asarining hanafiy mazhabini himoya qilishdagi bugungi kunda ahamiyati qanday?

Bu asar hanafiy mazhabini «hadisni kam bilish» yoki «faqat qiyosga tayanadi» degan asossiz ayblovlardan himoya qilgan buyuk ilmiy qal'adir.

M
e
n
u