“Jenni” mexanik to‘quv dastgohini kim yaratgan?
J. Hargrivs
Adam Smit qaysi yillarda yashagan?
1723–1790
Adam Smit boylikni oshiruvchi asosiy omillardan biri sifatida nimani ko‘rsatgan?
Mehnat taqsimotini
David Rikardo qaysi yillarda yashagan?
1772–1823
Parovozni kim yaratgan?
J. Stefenson
Bug‘ mashinasini 1782-yilda kim yaratgan?
J. Uatt
“Ahloqiy hissiyot nazariyasi” asari qachon yozilgan?
1759-yilda
“Ko‘rinmas qo‘l” nazariyasi kimga tegishli?
Adam Smitga
Rikardoning mashhur nazariyalaridan birini ayting.
Renta nazariyasi / qiymat nazariyasi / qiyosiy ustunlik
“Ko‘rinmas qo‘l” g‘oyasi nimani anglatadi?
Bozorning o‘zini o‘zi boshqarishini
Manchester–Liverpul temir yo‘li qachon qurilgan?
1830-yilda
“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot” asari qachon chop etilgan?
1776-yilda
Smit fikricha iqtisodiyotga davlat qanday aralashishi kerak?
Kam aralashishi kerak
Xalqaro savdo bilan bog‘liq Rikardo nazariyasi qanday ataladi?
Qiyosiy ustunlik nazariyasi
Renta nazariyasini rivojlantirgan iqtisodchi kim?
David Rikardo
“Myul-mashina”ni kim yaratgan?
S. Krompton
Adam Smitning eng mashhur iqtisodiy asari nomini ayting.
Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot
Smit iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur deb hisoblagan uch omildan bittasini ayting.
Tinchlik / yengil soliqlar / davlatning kam aralashuvi
Rikardo asosan qaysi davrning nazariyotchisi hisoblanadi?
Sanoat to‘ntarishi davrining
Adam Smit fikricha boylikning asosiy manbai nima bilan bog‘liq?
Mehnat va mehnat taqsimoti bilan
Sanoat inqilobi dastlab qaysi sohada kuchli rivojlandi?
To‘qimachilik sohasida
Adam Smit qaysi iqtisodiy maktabning asosiy vakillaridan biri hisoblanadi?
Klassik iqtisodiy maktab
Adam Smit merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga qanday munosabat bildirgan?
Ularni tanqidiy tahlil qilgan
Rikardo nazariyasiga ko‘ra davlatlar nima sababli savdo qilishi foydali?
Qiyosiy ustunlik mavjudligi sababli
Klassik iqtisodiy maktab rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan ikki iqtisodchini ayting.
Adam Smit va David Rikardo