Buxoro xonligi qaysi sulola davrida tashkil topgan?
Shayboniylar sulolasi davrida
Xiva xonligining markazi qayer edi?
Xiva shahri
Qo‘qon xonligi qachon tashkil topgan?
XVIII asrda
Shayboniylar sulolasiga kim asos solgan?
Sulolaga Muhammad Shayboniyxon asos solgan
Ashtarxoniylar sulolasi qayerdan kelib chiqqan?
Ular Astraxan (Hoji Tarxon) hududidan kelib chiqqan.
Buxoro xonligining poytaxti qayer bo‘lgan?
Buxoro shaxri
Xiva xonligida qaysi sulola hukmronlik qilgan?
Qo‘ng‘irotlar sulolasi
Qo‘qon xonligining asoschisi kim?
Shohruhbiy
Shayboniyxon qaysi hududlarni egallagan?
U Movarounnahr, Xorazm va Eronning ayrim hududlarini egallagan
Ashtarxoniylar sulolasiga kim asos solgan?
Sulolaga Boqi Muhammadxon asos solgan
Buxoro xonligida davlat boshqaruvi qanday bo‘lgan?
Markazlashgan monarxiya
Xiva xonligining iqtisodiy asosi nima edi?
Dehqonchilik va savdo
Qo‘qon xonligi qaysi hududda joylashgan edi?
Farg`ona vodiysida
Shayboniylar davrida poytaxt qaysi shahar bo‘lgan?
Asosan Buxoro poytaxt bo‘lgan
Ashtarxoniylar davrida davlat markazi qayerda edi?
Davlat markazi Buxoro bo‘lgan
Buxoro xonligi nima bilan mashhur bo‘lgan?
Ilm-fan, madrasalar va diniy markaz sifatida
Xiva xonligining geografik joylashuvi qanday edi?
Xorazm hududida, Amudaryo yaqinida
Qo‘qon xonligida qaysi sohalar rivojlangan?
Hunarmandchilik va savdo
Shayboniylar davrida ilm-fan va madaniyat qanday rivojlangan?
Madrasalar qurilib, ilm-fan va diniy ta’lim rivojlangan
Ashtarxoniylar davrida siyosiy holat qanday edi?
Markaziy hokimiyat zaiflashib, bekliklar kuchaygan
Buxoro xonligining zaiflashishiga asosiy sabab nima?
Ichki nizolar va tashqi bosim
Xiva xonligida qullik tizimi mavjud bo‘lganmi?
Ha mavjud bo`lgan
Qo‘qon xonligining tugashiga nima sabab bo‘lgan?
Tashqi bosqinlar va ichki nizolar
Shayboniylar sulolasi qachon zaiflashgan?
Ichki nizolar va tashqi bosimlar tufayli XVI asr oxirlarida zaiflashgan
Ashtarxoniylar sulolasi qachon tugagan?
XVIII asr boshlarida sulola tugagan