Huquq shakllari(manbalari)
Huquq shakllari(manbalari)
Huquq shakllari(manbalari)
Huquq shakllari(manbalari)
Huquq shakllari(manbalari)
100

Huquqiy pretsedent nima ?

Huquqiy pretsedent (lot. "praecedens" - avvalgisi, oldin- gisi) - sud yoki ma'muriy organning yozma yoki og'zaki qa- rori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlar- ni koʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir.

100

Huquq manbasi huquqiy hodisa sifatida necha xil ma'noda tushuniladi va qaysilar?

3xil. Moddiy ma'noda , mafkuraviy ma'noda, maxsus yuridik ma'noda

100

Huquq manbasi tushunchasi odob-axloqqa oid me'yorlar, siyosiy prinsiplar, huquqiy doktri- nalar, huquqshunos mutaxassislar fikrlarini anglatadi

Yuqoridagi fikr qaysi huquqshunos olimga tegishli?

G. Kelzen

100

Huquqni darstlabki va tarixan manbai qaysi hisoblanadi?

Huquqiy odat

100

Huquqiy pretsedent sud pretsedenti shakli qaysi davlatlarda huquqning asosiy manbasi sifatida ishlatiladi?

AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya

200

Normativ-huquqiy hujjatlar qaysi doiralarda amal qiladi?

Normativ-huquqiy hujjatlar vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan amal qilish doirasiga ega bo‘ladi.

200

Xalqaro shartnoma amal qilish muddati tugamasdan ham bekor qilinishi mumkinmi?

Ha, bazii holatlarda davlatlar o'rtasida tuzilgan shartnomalar amal qilish muddati tugamasdan ham bekor qilinishi mumkin. Xalqaro huquqda buni denonsatsiya qilish deb atashadi.

200

Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subyektlari o'rtasida tuziladigan hamda ularning huquq hamda majburiyatlarini oʻrnatadigan, o'zgartiradigan yoki bekor qiladigan ogʻzaki yoki yozma shaklda ifodalanadigan va tuziladigan bitimlarga nima deyiladi?

Huquq manbasining qaysi biriga tegishli tarif hisoblanadi.

Normativ shartnomalar

200

Huquqning asosiy shakllari qaysilar?

huquqiy odat;

normativ-huquqiy hujjat;

huquqiy pretsedent;

normativ shartnomalar va boshqa shakllar.

200

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qanday turlarga bo'linadi va ularni ratifikatsiya qilish qanday amalga oshiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari uch turga bo‘linadi

1.Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan davlatlararo shartnomalar;

2.Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan tuziladigan hukumatlararo shartnomalar;

3.Davlat organlari nomidan o‘z vakolatlari doirasida tuziladigan idoralararo shartnomalar.

300

Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar boʻyicha amal qilishi kimlarga tatbiq etiladi?

Ular jismoniy va yuridik shaxslarga, ya'ni O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, O'zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan chet el yuridik shaxslariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

300

O'zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻg'risida"gi Qonuni 6-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarni sanab bering?

1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

2. O'zbekiston Respublikasi qonunlari;

3.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari;

4.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;

 6.vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; 

7. mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari.

300

Konstitutsiya boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? Va farqli jihati nechta?

1.u maxsus subyekt tomonidan yoki uning nomidan o'rnatiladi;

2. konstitutsiyaviy qoidalar ta'sis etuvchi, yo'naltiruvchi va birlamchi ahamiyatga ega;

3. u keng doiradagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi;

4. u ustuvorlik, oliy yuridik kuch, maxsus muhofaza shakli hamda alohida qabul qilinish va o'zgartirilish tartibiga ega.

300

Normativ-huquqiy hujjatlarning hudud bo'yicha amal qilishi qanday belgilanadi?

Ularni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi. Odatda normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatning butun hududida amal qiladi, biroq hujjatni qabul qilgan organ uning hududiy amal qilish doirasini cheklashi ham mumkin.

300

Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida xalqaro huquq normalarining o'rni qanday belgilangan?

Rossiya Konstitutsiyasiga koʻra, xalqaro huquq normalari va Rossiyaning xalqaro shartnomalari to'g'ridan-to'g'ri mamlakat ichki qonunlari bilan bir xil kuchga ega. Ya'ni ular alohida qonun qabul qilinmasdan ham milliy huquqning bir qismi sifatida qo'llaniladi.

400

Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qaysi hollarda o‘z amal qilishini tugatadi?

Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi quyidagi hollarda o‘z amal qilishini tugatadi:

1.mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki belgilangan hodisa yuz berganda;

2.qonunda belgilangan tartibda Konstitutsiyaga muvofiq emas yoki haqiqiy emas deb topilganda;

3.o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda;

4.bekor qilinganda

400

Huquqiy odat boshqa ijtimoiy normalardan qanday jihatlari bilan farq qiladi va O'zbekistonda qanday misollar mavjud?

Huquqiy odat boshqa ijtimoiy normalardan davlat tomonidan tasdiqlangani, majburiyligi va majburlov kuchi bilan ta'minlanganligi bilan farq qiladi. O'zbekistonda bunday huquqiy odatga Qurbon va Ramazon hayiti, Navro'z bayramlari misol boʻlib, ular rasmiy bayram sifatida tan olingan va mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida belgilangan.

400

Nima sababdan Angliya sudlari ba’zi hollarda yangi huquqiy normalarni yaratishga majbur bo‘ladi?

Sudlar muayyan nizolar bo‘yicha qonun qabul qilinmagan hollarda ishni hal qilish uchun zarur normani yaratadi, shuning natijasida sud qarorlari huquq manbasiga aylanadi. Bu, odil sudlovni amalga oshirish uchun sud boshqa yo‘l qolmaganligi bilan bog‘liq.

400

Huquqiy pretsedentda Sud qarorlarini rasmiy nashr etish tizimi joriy etilishidan oldin qanday muammolar mavjud edi?

Avval sud qarorlari xususiy tartibda nashr etilar edi. Baʼzi nashrlar ishonchli bo‘lsa, boshqalari aniq maʼlumot bermas edi. Ko‘plab sud qarorlari esa umuman nashr qilinmay qolgan. Shu sababli yagona va ishonchli huquqiy manba mavjud emas edi

400

Ingliz huquqida sud qarorlari pretsedent huquqi sifatida qanday ishlatiladi?

Ingliz huquqida sud qarorlari pretsedent huquqi (case law) sifatida qabul qilinadi. Bu degani, sudning oldingi qarorlari keyingi shunga o‘xshash ishlar uchun majburiy hisoblanadi va sudyalar ularni rad eta olmaydi. Shu bilan, fuqarolik yoki jinoyat ishlarida sud qarorlari huquq manbasi sifatida ishlatiladi.

500

Pretsedent huquqi Buyuk Britaniyada qanday tartibda va qaysi sharoitda amal qiladi?

Pretsedent huquqi vertikal tartib asosida ishlaydi: yuqori turuvchi sudlarning qarorlari quyi sudlar uchun majburiy hisoblanadi, biroq ular o‘zaro bog‘liq emas. Buyuk Britaniyada pretsedent huquqi statut huquqi bilan birga, kasbiy jihatdan tarbiyalangan sudyalar tomonidan amalda qo‘llaniladi, va qonuniy kategoriyalarning mazmuni pretsedent huquqidagi tushunchaga muvofiq qabul qilinadi.

500

Sud pretsedentlarining majburiyligi to'gʻrisidagi ta'limot shakllanishiga qanday omillar ta'sir ko'rsatgan?

Bu ta'limot ikki muhim holat ta'sirida shakllangan

1. 1865-yilda Londonda maxsus kengash va huquqiy jamiyat tashkil etilib, sudlarning yuqori instansiya qarorlarini rasmiy va professional nazorat ostida nashr etish yoʻlga qoʻyilgan.

2. 1873-1875-yillarda sudlar tuzilishi to'g'risidagi qonunlar qabul qilinib, sudlar yagona markazl n tizimga birlashtirilgan

500

Ingliz huquqida sud pretsedentining manbai va XIX asrda uning huquqiy maqomi qanday shakllangan?

Ingliz huquqida sud pretsedenti asosiy huquq manbalaridan biri sifatida tan olinadi. XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar sudlar huquq normalarini o‘z qarorlari bilan yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay, jamiyatning huquqiy ongida odatlar va an’analar asosiy huquq manbasi sifatida e’tirof etilgan, sud pretsedenti esa huquq manbasi sifatiga kiritilmagan. XIX asr ikkinchi yarmida shakllangan umumiy doktrina esa sud qarorlarini majburiy pretsedent huquqi sifatida qabul qilishni ta’minladi va bugungi kunda ingliz huquqida sud pretsedenti rivojlangan huquq manbasi sifatida amal qiladi.

500

Sudya Park Mirehouse v. Rennel (1833) ishida pretsedentlar bilan bog'liq qaysi qoidaga e'tibor qaratilgan?

Sudya ta’kidlashicha, pretsedentlar qanday bo‘lsa, shunday tarzda e’tiborga olinishi lozim, sudyalar esa ularni rad etishlari yoki analogiyadan bosh tortishlari mumkin emas. Ya’ni yuqori sudlar tomonidan belgilangan qarorlar quyi sudlar uchun majburiy hisoblanadi.

500

Implementatsiya nima va u qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

Implementatsiya — bu xalqaro shartnomalarni davlat ichida amaliy joriy etish, xalqaro-huquqiy normalarni milliy qonunlar va qonunosti hujjatlarga aylantirish jarayonidir. Ayrim davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar avtomatik ravishda milliy qonunchilikning bir qismiga aylanadi.

Implementatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1.o‘zgartirib o‘tkazish,

2.ijro etish.

M
e
n
u