Kalom ilmi qaysi xalifalik davrida paydo bo'di?
Ummaviylar
Amri ma'ruf va nahyi munkar talimotida ahli sunna va mo'tazila orasidagi farq nimada?
Ahli sunnadan amru maruf qo'l ostidagilar uchun mo'tazilada esa yuqorida turuvchi insonlarga ham
''G'aybat'' atamasining ma'nosi
-shialar so'ngi imomlari Mahdiy Muntazarni g'oyibona olamga ketgan va tirik deb ishonishlari
Shialikning bayramlarini ayting!
- Robbiul avval oyi oxirada ''Mavlud''
-Rajab oyida meroj kechasi
-10-Zulhijja qurbon hayiti
-13-Rajab Ali r.a tavalludi
-3-shabon Imom Husayn tug'ilgan kun
-11- Zul Qa'da Imom Rizo tug'ilgan kun
Qur'onda ismi zikr etilmagan lekin 100 sahifa tushurilgan payg'ambarlar safida mavjud?
Shis alayhissalom
Mo'taziliya yo'nalishini shakllanishiga sabab bo'lgan masala qaysi edi?
gunohi kabira masalasi
Islomdagi qaysi ta'limot insonda iroda erkinligi mavjudligini isbot etgan? Unga ko'ra inson yaxshilik va yomonlikni tanlash ixtiyoriga ega.
Moturidiya
Shialikni vujudga kelishi davrlari qaysilar edi?
-Payg'ambarimiz s.a.v davrlaridayoq
-Usmon r.a vafotidan so'ng
-Ali r.a davrida
-siffiyn voqeasidan so'ng
-tahkim voqeasidan keyin
-Ali r.a o'ldirilganidan so'ng
-Husayn ibn Ali vafotidan keyin
Rofiziylar qaysi xalifalarni rad etadilar?
Abu Bakr va Umar r.alarni
Qur'onda zikr etigan payg'ambarlardan osmonga chiqib ketganlari kimlar?
Idris, Ilyos (osmonda jonlari olingan) va Iso alayhissalom
Mo'taziliylarda hokimlarga qarshi urush olib borish g'oyasini paydo bo'lish sababi nimada?
Amri ma'ruf va nahyi munkar talimotidagi yuqori turuvchilar uchun ham amru maruf shart ekanligi
''Va'd va va'iyd'' talimotida ahli sunna va mo'tazila o'rtasidagi bahs qanday ekanligini izohlang!
Ahli sunna ko'ra Alloh gunohkorni xohlasa azoblaydi, xohlasa mag'firat qiladi. Mo'tazila esa gunohkorni Alloh jazolashi shart, agar jazolamasa Allohning va'idi amalga oshmaydi.
''Mavoliy'' lar kimlar?
-xaj mavsumida turli sabablar bilan Makkaga kelib, Quraysh qabilasining biror urug'i himoyasiga o'tgan aholiga nisbatan qo'llanilgan.
Shialarning oqimlari bo'lmish Saboiylar, Qaysoniylar, Zaydiylar va Ismoiliylarning asoschilari kimlar?
Saboiy - Abdulloh ibn Saba'
Qaysoniy - Muhammad ibn Hanafiyya
Zaydiylar- Zayd ibn Ali
Ismoiliylar - Ismoil ibn Ja'far
Dinimiz tarixidagi eng qisqa va lo'nda maqtov bo'lgan Alloh taoloning Rosululloh sollallohu alayhi vasallam xaqlaridagi qaysi maqtovi edi?
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ
''Va, albatta, siz buyuk xulq uzradirsiz''
Qalam surasi 4-oyat
Mo'tazilaning ''Adl'' talimotida Alloh taolo odildir. Jabr qilmas. Alloh yaxshiliklarni yaratadi, yomonlikni yaratmaydi, unga hukm ham qilmaydi. Agar Alloh yomonlikni yaratib, so'ng uni qilganlarni jazolasa, bu adolatdan bo'lmaydi, degan go'oyani ilgari suradilar. Ulardagi bu bid'atning oqibati nima olib keladi?
taqdirni inkor qilishga
Mo'taziliylarning Allohni tavhid sifatiga futur yetadi deya qilgan davolari qaysi e'tiqodiy qarashlari asosida edi?
Allohni ko'rish mumkin bo'lsa Uning tavhid sifatiga futur yetadi.
Zaydiylarning e'tiqodlari qaysilar?
-gunohkorlarni do'zahda abadiy qolishi
-Muhammad s.a.v dan so'ng insoniyatning eng afzali Ali r.a
-ahli kitoblar so'ygan go'shtni yeyish va ular bilan quda bo'lish harom
-maxsiga mash tortish joiz emas
Imomlarning xususiyatlari nimalardan iborat?
-Fotima onamizdan tug'ilgan zotlar
-imom payg'ambar emas, ammo payg'ambar va oddiy inson orasida turadi
-imom har qanday gunohdan pok
-imom barcha bo'lib o'tgan va bo'lishi kutilgan ishlar haqida ilhom orqali biladi
-Qur'onni tafsir qilish faqat imomlarga xos
Janobi Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: Men Allohning so'ngi elchisiman, mendan keyin to qiyomat bo'gunicha boshqa payg'ambar kelmaydi. Agar kelishi mumkin bo'lganida edi ... payg'ambar bo'lar edi.
savol: Rosululloh kimni nazarda tutdilar?
(Qur'ondagi bir necha oyatlar ushbu insonnning duolari bilan nozil bo'lgan.)
Umar r.a
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌ
Ushbu oyatlar mo'tazilaning qaysi noo'rin aqidaviy qarashlariga qarshi ochiq dalil hisoblanadi va qaysi sura uning nechanchi oyatlari
Allohni dunyoda ham oxiratda ham ko'rish mumkin emas...
Qiyomat surasi 22 va 23 oyatlar
Mo'tazilaning qatl etilgan banda ajalidan oldin o'lgan degan xato qarashlariga Qur'ondan bunga qarshi bo'lgan ochiq dalil kelting!
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ
Oli Imron 185 oyat
Shialikning aqidaviy qarashlarini ayting!
-Sajdada karbolo tuprog'idan qilingan ''muhr''ga peshonani qo'yish
-tijorat daromadining beshdan bir qismini imomga berish
-o'n ikki imomni qabul qilish
-kimlar bilan nikoh shartnomasi tuzish mumkinligi
-hayt kuni hazrat Husaynning qabrlarini ziyorat qilganga o'n haj va o'n umra berilishi
-peshin va asr, shom va hufton namozlarini birlashtirib ''hayya ala hayril-amal''iborasi qo'shilgan
Kaysoniylarning kuchayishiga turtki bo'lgan sabab nima edi?
Imom Husayn ibn Alini qotilini jazolash talabi
Avliyolardan bo'lgan Hotam Asam g'azot oldidan ayoliga dedi:
-Men to'rt oylik safarga ketarman. Mendan kelgunimcha qancha nafaqa istarsan?
Ayoli dedi:
-Men qancha tirik bo'lsam, shuncha nafaqa kerak bo'lar!
Hotam bunga qanday javob qaytaradi?
-Triklik va o'lmoq mening qo'limda emasdur, Alloh qo'lidadir!
Xotini dedi: Unday bo'lsa mening rizqim ham sening qo'ligda emasdur!