Futbol nima?
Futbol — bu jamoaviy sport o‘yini bo‘lib, unda 2 ta jamoa to‘pni asosan oyoq bilan boshqarib, raqib darvozasiga gol urishga harakat qiladi.
O‘yin nima?
O‘yin — bu vaqtni maroqli o‘tkazish va dam olish uchun qilinadigan faoliyat.
Kompaniya nima?
Kompaniya — bu mahsulot ishlab chiqaradigan yoki xizmat ko‘rsatadigan tashkilot.
O‘zbekiston qaysi qit’ada joylashgan?
O‘zbekiston Osiyo qit’asida joylashgan
Multfilm nima?
Multfilm — bu harakatlanuvchi rasmlar orqali yaratilgan film turi.
Futbol oʻyini nechta oʻyinchidan iborat boʻladi?
11ta
Qaysi o‘yinlar jamoa bo‘lib o‘ynaladi?
Futbol, voleybol, basketbol kabi o‘yinlar jamoa bo‘lib o‘ynaladi.
Kompaniyalar nima ish qiladi?
Ular mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki turli xizmatlar ko‘rsatadi
O‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar?
Poytaxti — Toshkent
Multfilmlar kimlar uchun yaratiladi?
Asosan bolalar uchun, lekin kattalar uchun ham bo‘ladi.
Futbolda gol qachon hisoblanadi?
Darvozaga koptok kirganda.
Nega o‘yinlar bolalar uchun foydali?
O‘yinlar bolalarni chiniqtiradi, fikrlashini rivojlantiradi va kayfiyatini ko‘taradi.
Oʻzbekistondagi eng mashhur kompaniya?
UzAvto Motors
O‘zbekistonda nechta viloyat bor?
O‘zbekistonda 12 ta viloyat bor.
Multfilmlarda asosiy qahramonlar kim bo‘lishi mumkin?
Multfilmlarda odamlar, hayvonlar yoki fantastik (xayoliy) qahramonlar bo‘lishi mumkin.
Futbolda sariq va qizil kartochka nimani anglatadi?
Sariq Sariq kartochka : ogohlantirish. O‘yinchi qoidani buzsa, lekin jiddiy bo‘lmasa beriladi.
Qizil kartochka : o‘yindan chetlatish. O‘yinchi juda jiddiy qoida buzsa yoki 2 ta sariq olsa, maydonni tark etadi.
Sport o‘yinlari bilan kompyuter o‘yinlari o‘rtasidagi farq nima?
Sport o‘yinlari harakat bilan o‘ynaladi, kompyuter o‘yinlari esa qurilma orqali o‘ynaladi.
Kompaniyalar iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
Ular ish o‘rinlari yaratadi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradi.
O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Turkmaniston bilan chegaradosh.
Multfilmlar qanday yaratiladi?
Rasmlar yoki kompyuter dasturlari orqali harakat berib yaratiladi.
Zamonaviy futbol qoidalarini birinchi bo‘lib qaysi tashkilot rasmiylashtirgan?
Zamonaviy futbol qoidalarini birinchi bo‘lib The Football Association (Angliya futbol assotsiatsiyasi) rasmiylashtirgan.
O‘yinlar insonning fikrlashi va rivojlanishiga qanday ta’sir qiladi?
O‘yinlar diqqatni oshiradi, tez fikrlashni o‘rgatadi va jamoada ishlashni rivojlantiradi.
Kompaniya va firma o‘rtasida farq bormi?
Katta farq yo‘q, lekin “firma” ko‘proq kichik yoki o‘rta biznes uchun ishlatiladi.
O‘zbekiston nimasi bilan mashhur?
O‘zbekiston tarixiy shaharlar, mevalar, paxta va mehmondo‘st xalq bilan mashhur.
Multfilmlar nima uchun foydali?
Ular bolalarni o‘rgatadi, kuldiradi va tasavvurini rivojlantiradi.