1547-yil ilk bor podsholik tojini kiygan hukmdorni ayting?
Ivan IV
AQSH qaysi davlat mustamlakasi bo'lgan
Buyuk Britaniya
Yevropa tarixida nechanchi asr "ma'rifat asri" deb tarixda qolgan.
XVIII
AQSH poytaxtini ayting
Washington
Zemstvo sobori nima edi?
Aholi turli toifalari vakillarining maslaxatlashuv yig'ilishi.
Amerikaning birinchi prezidentini ayting
Jorj Washington
Ortiqchasini toping: SHrl Lui Monteske, Jon Lok, Antuan Vatto, Adam Smit, Volter, Jan Jak Russo
Antuan Vatto
1756-yilda Avstriyaning Zalsburg shaharchasida tug'ilgan musiqa dahosini mavzuga moslab ayting?
Volfgang Amadey Motsart
1613-1917- yillarda Rossiyada qaysi sulola hukmronlik qildi.
Romanovlar
AQSHning Buyuk Britaniyaga qarshi harbiy harakatlarida qaysi davlat ko'mak beradi?
Fransiya
Qaysi ijodkor o'z asari orqali insonni qadrlab uni yovvoyilashib ketishdan ogohlantirib unga achinadi.
Jonatan Svift
1607-yil Buyuk Britaniyaning ... ilk manzilgohi Jeymstaun tashkil qilindi. Nuqtalar o'rnidagi joy nomini ayting.
Virjinya
1700-1721- yillarda bo'lgan "Shimoliy urush" davrida Rossiyada kim hukmdor edi?
Pyotr I
AQSH mustaqillik kuni deb e'lon qilingan kunda qanday voqea yuz bergan
Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan (1776-yil 4-iyul)
Qaysi kompozitor ijod namunalari hayotlik chog'ida qadrlanmay, vafotidan so'ng unga mashhurlik keltiradi?
Iogan Sebastyan Bax
Rus milliy teatri shakllanishida katta rol o'ynagan insonning familiyasini ayting
Volkov
Dimitriy Pojarskiy va Kuzma Minin 1612-yilda mamlakatdan qayerlik bosqinchilarni quvib chiqarishdi.
Polsha
AQSH konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
1787-yil 17-sentabr
"Fantaziya yo'lida sonata" "Qahramonlar" simfoniyasi muallifini ayting
Lyudvig van Betxoven
Qaysi ma'rifatparvar olim vijdon erkinligi, dinni davlatdan davlatni dindan ajratish g'oyasini ilgari surgan?
Volter