Mustaqillikdan keyin qaysi soha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi?
Ma’naviyat
(asab buzarlik shart emas juda oson savol)
Mustaqillikdan keyin qayta tiklangan urf-odatlar qanday qadriyatlarga kiradi?
Milliy qadriyatlarga
(asab buzarlik shart emas juda oson savol)
Yoshlarni jismonan chiniqtirishga xizmat qiladigan soha nima?
Sport
(asab buzarlik shart emas juda oson savol)
Tarixiy obidalar va san’at asarlari umumiy holda nima deyiladi?
Madaniy meros
(asab buzarlik shart emas juda oson savol)
Turli millat vakillarining tinch yashashi nima deyiladi?
Millatlararo totuvlik
(asab buzarlik shart emas juda oson savol)
Mustaqillik yillarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vositasi nima bo‘ldi?
Milliy istiqlol g‘oyasi
(Maktabda o'qiganlar bormi axir oramizda)
Sovet davrida cheklangan diniy va milliy an’analar mustaqillikdan keyin qanday jarayonni boshdan kechirdi?
Tiklanish jarayonini
(qancha pul bersam o'zingni tiklab olasan deydiganlar bor ichimizda)
Olimpiada o'yinlarining sport musobaqalaridagi g‘alabalar davlatning qaysi nufuzini oshiradi?
Xalqaro nufuzini
( bu oddiy savol)
Samarqand, Buxoro va Xivaning yubileylarini nishonlash nimaning rivojiga xizmat qildi?
Turizmning
(tan olaylik oramizda bu hududlarda yashaydigan insonlar bor)
Turli din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish qanday tamoyil hisoblanadi?
Diniy bag‘rikenglik tamoyili.
(quchoq olib kutib olish emas, ma'no ularni ham o'z etiqodiga qilishiga sharoit qilib berish) diskleymer:! Yaxudiylardan tashqari bu diniy oqim emas balki irqdir!
Mustaqillik yillarida ma’naviy sohada amalga oshirilgan islohotlarning asosiy maqsadi nima edi?
Barkamol avlodni tarbiyalash.
(kelajak avlodni tarbiyalash ham shu qatori yuqoridagi kitobiyroq variantdir)
Milliy qadriyatlarning tiklanishi xalq ongida nimani mustahkamladi?
Milliy o‘zlikni.
(bu fikrni muhokama qilish mumkin) yakuniy javobni hal qiluvchi shaxs ustoz agar savol mantiqsiz berildi deyilgan taqdirda
Sport infratuzilmasining kengayishi yoshlar orasida qanday muammolarni kamaytirishga xizmat qildi?
Zararli odatlarni.
(shu qatori bularga dangasalik, semizlik, uyquchilik, telefonga bog'lanib qolishni nazarda tutish mumkin) jamoat fikrini xalq qiluvchi ustoz
Tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash orqali davlat nimani saqlab qolishga intildi?
Tarixiy merosni.
( bu javob bo'lmagan taqdirda ) ! jamoat fikridan kelib chiqib ustoz xal qiladi ! diskleymer: savol egasi bilan bahslashmang u ham majburiyati tufayli qildi
Millatlararo totuvlik jamiyatdagi qanday muhim omilni ta’minlaydi?
Barqarorlikni
(stabilikni bu ham shu so'z qatori)
“Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tashkil etilishining asosiy sababi nima edi?
Ma’naviy targ‘ibotni kuchaytirish.
( ya'ni manaviyatga chorlash ham deyish mumkin)
Mustaqillikdan keyin diniy qadriyatlarga erkin munosabat berilishi qanday huquqning namunasidir?
Vijdon erkinligining.
(diniy erkinlikni bag'rikenglini deyish mumkin qachonki ustoz bu javobni ma'qullagan taqdirda ) diskleymer:! savolga egasiga savol qiziqmas! boshini og'ritmang iltimos!
O‘zbekiston sportchilarining xalqaro arenadagi muvaffaqiyatlari yoshlar orasida qanday tushunchani kuchaytirdi?
Vatanparvarlikni.
( savol muhokamaga qo'yilgan taqdirda ustozni fikridan kelib chiqib qaror qilinadi) nima bo'lgan taqdrida ham diskleymer:! savol tuzuvchi aybdor emas aybdor deb hisoblangan taqdirda guruh olgan ballida 450 ball ayrib tashlanadi!
Buyuk ajdodlar yubileylarini xalqaro miqyosda nishonlash nimani dunyoga namoyish etdi?
O‘zbek madaniyatini.
( miliylikni deyish mumkin ustoz ma'qullagan taqdirda)
O‘zbekistonda turli millat vakillarining yashashi davlatning qaysi siyosati samarasi hisoblanadi?
Bag‘rikenglik siyosatining.
(bu ham muhokamma qilinishi mumkin. ustoz ma'qullagan taqdirda) diskleymer :!savol tuzuvchi aybdor emas nima bo'lgan taqdirda ham, iltimos asabiylashmang)
Mustaqillik yillaridagi ma’naviy siyosatning bosh maqsadi sifatida qanday shaxsni tarbiyalash ko‘zda tutilgan edi?
Komil insonni.
(buni hamm muhokama qilish ustoz ma'qullagan taqdirda)
Milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi xalqning qaysi tarixiy hissini uyg‘otdi?
Milliy g‘ururini.
( muhokama qilish ustoz ma'qullagan taqdirda)
Sportni ommalashtirish orqali davlat yoshlarni qanday tahdidlardan himoya qilishni maqsad qilgan edi?
Yot g‘oyalardan.
( muhokama qilish ustoz ma'qullagan taqdirda)
Tarixiy obidalarni qayta ta’mirlash va asrash siyosati davlatning qaysi boyligini saqlashga qaratildi?
Ma’naviy boyligini. ( muhokama qilish ustoz ma'qullagan taqdirda)
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning mustahkamlanishi mamlakatda qaysi muhim holatni saqlashga xizmat qiladi?
Ijtimoiy tinchlikni.
( muhokama qilish ustoz ma'qullagan taqdirda)