Qoraxoniylar davri XI -XII adabiyotiga qaysi ijodkorlarning ijod namunalari kiradi?
Koshg'ariy , Yusuf Xos Hojib , Yugnakiy, Yassiviy.
Fors-tojik adabiyotining oltin davri XI-XIV asrlar qaysi ijodkorlarning ijodi bilan bog'liq?
Firdavsiy , Umar Hayyom , Nizomiy .
VIII asrga oid yapon adabiyotining dastlabki namunalari qaysi?
"Manyosyu"
Xitoy she'riyatining oltin davri qaysi davrga to'g'ri keladi?
VII-X asrlarga
VIII asrga tegishli qadimgi ingliz eposi qaysi?
"Beovulf"
Italiyada uyg'onish davrining boshlanishi qaysi davrga to'g'ri keladi ?
XIV asrga.
Qissasi Rabg'uziy qaysi davrga tegishli ?
XIV asrga
Ispan adabiyotining oltin davri ijodkorlari kimlar?
Servantes va Lope de Vega
Italiyaning uyg'onish davri ijodkorlari kimlar?
Dante, Petrarka , Bokachcho
To'nyuquq bitiktoshi qachon qayerda topilgan ?
XIX asr oxiri Shimoliy Mog'uliston
Turkiy adabiyotning dastlabki namunalari qanday shaklda paydo bo'lgan?
Folklor (Xalq og'zaki ijodi)
Turkiylarning tili, urf-odatlari , madaniyati , tarixi , va islomdan oldingi diniy qarashlarini o'rganish uchun eng muhim manba qaysi ?
O'rxun-Enasoy yodgorliklari
O'rxun -Enasoy yodgorliklari qaysi yozuvda yozilgan ?
Runiy yozuvida.
Temuriylar davri XIV-XV asr o'zbek adabiyoti namoyondalari kimlar?
Xorazmiy, Atoiy, Lutfiy.
Qaysi davrga nisbatan "Islom oltin davri" , " Musulmon renessansi " kabi atamalar ishlatilagan?
Arab xalifaligi davri
Munozara janrining ilk namunalari qaysi asar tarkibida uchraydi?
"Devonu lug'otit turk"
"Devoni hikmat ' asarining muallifi kim?
Ahnad Yassaviy.
"Hibat-ul Haqoyiq " asarining muallifi kim?
Ahmad Yugnakiy.
Mahmud Qoshg'ariyning qomusiy asari qaysi?
"Devonu lug'otit turk ".
Qoraxoniylar davrida dunyoning eng mashhur ilm-fan markazlariga aylangan shaharlar qaysilar?
Buxoro, Samarqand, Shosh, Qashqar.
Qutadg'u biligning bugungi tadbili kim tomonidan yaratilgan ?
Boqijon To'xliyev.
"Masnaviyi ma'naviy" " Fihi mo fihi" asarlarining muallifi kim?
Jaloliddin Rumiy .
Qutadg'u bilig asarida adolat, qanoat, davlat, aql timsollari kimlar?
Adolat-Kuntig'di, davlat-Oyto'ldi ,qanoat-O'zg'urmish, aql-O'gdulmish.
Qutadg'u bilig asari bahor ta'rifida qaysi qush nomlari keltirilgan ?
O'rdak , g'oz, turna, kaklik, bulbul.
Ozi yosh edi-yu, qilig'i ravon
Bilimli , uquvli , og'ir, navqiron .
Ushbu ta'rif kim haqida?
Oyrto'ldi.