Fransuz xayoliy sotsializmining mashhur namoyandasi kim edi?
Anri Klod de Rebrua Sen-Simon
K. Marks qaysi davlatda tug‘ilgan?
Germaniya
“Kommunistik partiya manifesti” kim tomonidan yozilgan?
Karl Marks va Fridrix Engels
Tovar qiymati nima bilan o‘lchanadi?
Ijtimoiy zarur mehnat bilan.
Robert Ouen qaysi yo‘nalish vakili edi?
Angliya xayoliy sotsializmi vakili.
Sharl Furening mashhur asarlaridan birini ayting.
Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo
K. Marks “Kapital” asarida nimani ochib berishni maqsad qilgan?
Kapitalistik jamiyatning iqtisodiy qonunlarini.
Robert Ouen nechta asosiy illatni yangi jamiyatga to‘sqinlik qiladi deb hisoblagan?
Uchta illatni.
T-P-T formulasining ma’nosi nima?
Boshqa tovar sotib olish uchun tovar sotish.
K. Marks qaysi shaharda uzoq yillar davomida yashagan?
Londonda
Robert Ouen fikricha, yangi jamiyat qurilishiga xalaqit qiluvchi uch illatdan bittasini ayting.
Xususiy mulk / din / burjuacha nikoh.
K. Marks 1849-yilda qaysi asarini gazetada chop ettirdi?
Yollanma mehnat va kapital
P-T-P formulasida asosiy maqsad nima?
Foyda olish.
Differensial renta nimadan hosil bo‘ladi?
Yer hosildorligi va ishlab chiqarish xarajatlari farqidan.
Sen-Simon jamiyat taraqqiyotida “oltin asr” tushunchasini ilgari surganmi?
Ha.
K. Marks universitetda qaysi fanlarni chuqur o‘rgangan?
Yuridik fanlar, tarix va falsafa.
Marksning ijtimoiy mahsulot sxemasida “m” nimani bildiradi?
Qo‘shimcha qiymatni.
K. Marks qaysi gazetaga bosh muharrir bo‘lgan?
Reyn gazetasi
Marks nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiy inqirozlarning asosiy sababi nima?
Ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi nomutanosiblik.
Ijtimoiy zarur ish vaqti deganda nima tushuniladi?
Normal sharoitda tovar ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan o‘rtacha vaqt.
K. Marks qaysi qadimgi faylasuf falsafasi haqida dissertatsiya himoya qilgan?
Epikur
Marksning takror ishlab chiqarish sxemasidagi “s”, “v”, “m” qismlarini to‘liq ayting.
Marks nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiy siklning yuksalish bosqichida nima sababli foyda kamayadi?
Ish haqi oshib ketgani sababli.
Sen-Simon jamiyat taraqqiyotini nechta bosqichga ajratgan?
Beshta bosqichga.
K. Marksning qiymat nazariyasiga ko‘ra, bir xil tovarlarning individual qiymati nima sababli farq qiladi?
Ularni ishlab chiqarishga turli miqdorda mehnat sarflanishi sababli.