Qaysi Qo'qon xoni kumush tanga zarb ettiradi va o'zini xon deb e'lon qiladi?
Olimxon
Qasyi Xiva xoni tirikligi chog'ida tayyorlab qo'yilgan "Pahlavon Mahmud" maqbarasiga dafn etiladi.
Olloqulixon
Temuriylar davrida harbiy yurishlarda oldingi razvedka qismlari qanday atalgan?
Qorovul
Qachon Lenin maydoniga "Mustaqillik maydoni"nomi berildi?(yil va sana)
1991-yil 5-sentabr
1991-yilda tashkil etilgan yengil sanoat uyushmasi nomi?
“O‘zbekyengilsanoat”
Kim kelib chiqishi ota tomonidan Muhammad payg'ambar avlodlariva ona tomondan esa chingizxon va Jo'jixonga bog'lar edi?
Muhammad Islom
Tariximizda mahalliy hokimlarning o'z boshimchaligiga chek qo'yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so'ngi ashtarxoniy hukmdor kim edi?
Ubaydullaxon
Amir Temur qo‘shinidagi tuman boshi qanday vazifani bajargan?
O'n ming kishilik qo'shin qomondoni edi
"O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi"to'g'risida qonun qachon qabul qilingan?
1991-yil 18-noyabr
“O‘zbek modeli”ning qaysi tamoyili iqtisodiyotni mafkuraviy tazyiqlardan xoli bo‘lishini anglatadi?
Iqtisodiyot siyosatdan ustunligi tamoyili
Subxonqulixon Mahbudbiy otaliqqa Xiva xonligiga qarshi kurashda bergan yordami evaziga qaysi hududni hokimligini beradi?
Balx
Qo'qon xonligida tinchlik paytida askarlarning necha qismiga oila a'zolarini ko'rib kelishga ruhsat berilgan?
1/10 qismiga
Temur To‘xtamish ustiga yurish qilganida asosiy maqsadi nima edi?
Oltin O‘rda xavfini yo‘qotish.
O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov 2000-yil prezidentlik saylovida nomzod sifatida qaysi partiyadan qatnashadi?
Fidokorlar
1997-yildan boshlab kam ta’minlangan oilalarni aniqlash vazifasi kimlarga yuklatildi?
Mahallalarga
Qaysi xiva xoni hukmronligi davrida rossiya chegarasini qo'riqlab turgan ataman Nechay va ataman Shamaylar birin-ketin Urganchga hujum qilishadi?
Arab Muhammad
Buxoro xonligida katta va kichik g'ullar maxsus qism bo'lib, ular qanday vazifani bajarishgan?
Xon va sharkardalarni himoya qilishgan
Temur qo‘shinida “hirovul” deb atalgan qism qanday vazifani bajargan?
Qo‘shinning old qismida yurib birinchi hujumni boshlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ning ikki palatali parlament tizimi qachondan faoliyatini boshlagan?
2005-yil
1998-yilda e’lon qilingan va xususiy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan Prezident farmoni nomi?
“Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Arab Muhammadga qarshi chiqib uni jangda asir olgan noqobil farzandlar kimligini bilamiz, siz otasi tomonida turib jang qilgan ikkita farzand kimligini ayting.
Asfandiyor va Abulg'oziy sultonlar
Xudoyorxon Musulmonqulning qiziga uylanganda necha yoshda edi va qaysi hududning hukmdori edi? Bittasini aytsa bal ayrilmaydi ham qo'shilmaydi ham
13 yoshda Namangan hokimi edi
Temuriylar davrida Samarqandning “Yer yuzining sayqali” deb atalishiga eng katta sabab nima edi?
Shaharning ilm-fan, me’morchilik va savdo markaziga aylanishi
Samarqandda "Sharq taronalari"xalqaro musiqa festivali qachondan o'tkazila boshlandi?
1997-yildan
Qachondan boshlab 31-avgust "Qatag'on qurbonlarni yod etish kuni"deb e'lon qilindi?
2001-yil