Davlat budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalar qanday nomlanadi?
Markazlashgan investitsiyalar.
Investor uchun narxlar barqarorligini va iqtisodiy xavfni belgilovchi asosiy ko'rsatkich nima?
Inflyatsiya darajasi.
"TXI" qisqartmasining to'liq ma'nosi nima?
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar.
Nima uchun faqat nominal YAIM iqtisodiy o‘sishni aniq ko‘rsatib bera olmaydi?
Chunki u narxlar o‘zgarishini (inflyatsiyani) hisobga olmaydi; real YAIM kerak.
Korxonaning o'z foydasi va aholi jamg'armalari qaysi turdagi investitsiya manbalariga kiradi?
Markazlashmagan manbalar.
Soliq yukining kamayishi investitsiya oqimiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Investitsiya oqimini ko'paytiradi (Rag'batlantiradi).
Nima uchun davlat to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ko'proq intiladi?
Chunki ular davlat qarzi hisoblanmaydi va yangi texnologiya olib keladi.
"70 miqdori qoidasi" nima uchun ishlatiladi?
YAIM hajmi necha yilda ikki baravar ko‘payishini aniqlash uchun.
Taqdimotda qayd etilgan, qishloq xo'jaligi yerlarini yaxshilashga xizmat qiladigan maxsus fond nomi nima?
Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi.
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi (hisob stavkasi) oshsa, investitsiya faolligi nima uchun kamayadi?
Chunki kreditlar qimmatlashadi.
Investor o'z tavakkalchiligi ostida, hukumat kafolatisiz kiritgan sarmoyasi qanday ataladi?
To'g'ridan-to'g'ri investitsiya.
Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi grafikda qanday tasvirlanadi?
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ngga (yuqoriga) siljishi bilan.
Hukumat kafolati ostida olingan xorijiy kreditlar markazlashganmi yoki markazlashmagan?
Markazlashgan investitsiya.
Investor kiritgan kapitalidan oladigan daromadlilik darajasi iqtisodiy tilda nima deyiladi?
Foyda normasi.
Xorijiy investorlar uchun yaratilgan alohida imtiyozli hududlar qanday nomlanadi?
Erkin iqtisodiy zonalar.
Iqtisodiy o‘sish sur’atini hisoblash formulasini ayting.
[YaIM(joriy davr) - YaIM(bazis davr)] * 100% / (YaIM(bazis davr))
Investitsiya jarayonida tijorat banklarining roli qanday manba sifatida ko'riladi?
Markazlashmagan moliyaviy manba (Kredit resurslari).
Mamlakatning YaIM (Yalpi Ichki Mahsulot) hajmi bilan investitsiyalar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatuvchi asosiy jarayon nima?
Yalpi kapital jamg'arish.
16-mavzu Taqdimotdagi ma'lumotga ko'ra, xorijiy investitsiyalar tarkibida qaysi biri ko'proq samarador hisoblanadi: Kreditmi yoki To'g'ridan-to'g'ri sarmoya?
To'g'ridan-to'g'ri sarmoya (chunki u texnologiya va boshqaruvni ham olib keladi).
Agar o‘sish sur’ati 8% bo‘lsa, YAIM necha yilda ikki baravar oshadi?
8,8 yilda.