"Xristian" so‘zining ma'nosi nima?
yunoncha christos – "muqaddas yogʻ surtilgan", "xaloskor"
Iso Masih odamlarni da'vat qila boshlaganda Rimda kim prokurator edi?
Pontiy Pilat
Papa boshchiligidagi xristian yo‘nalishi
Katolik cherkovi
Xristianlikda Xudo yagona, ammo uch shaxs — Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhdan iborat degan asosiy aqida
Muqaddas uchlik (Trinity)
Xristianlikka kirish marosimi, suv bilan amalga oshiriladi
Cho‘qintirish (baptizm)
Iso so‘zining ma'nosi nima?
yahudiy tilida Eshu'a, ya'ni “Tangri najot berdi"
Masihiylik qachon rasman din deb tan olinadi?
311 yilda imperator Konstantin xristianlikni din sifatida rasmiy ravishda tan oladi
Reformatsiya natijasida yuzaga kelgan yo‘nalishlar umumiy nomi
Protestantizm
Inson gunohdan o‘z amallari bilan emas, balki Xudoning inoyati va Iso Masihga bo‘lgan ishonch orqali qutuladi degan ta’limot
Inoyat orqali najot
Non va sharob orqali Iso bilan ruhiy birlikni ifodalovchi marosim
Evxaristiya
Cherkov boshlig‘i sifatida Rim episkopi maqomi nima deyiladi?
Papa
XVI asrda cherkov islohoti harakatini boshlagan shaxs
Martin Lyuter
Protestant yo‘nalishlarida Bibliya qaysi tilda o‘qiladi
E'tiqodchi o‘zi tushunadigan tilda o‘qishi kerak
Oxirat, tirilish va so‘nggi hukm haqidagi ta’limot
Esxatalogiya
Gunohlarni tan olish va kechirilish marosimi
Tavba-tazarru qilish
Iso Masihning tan va qonini ramziy yoki haqiqiy qabul qilish marosimi?
Evxaristiya
Aqidaviy tortishuvlar qachon va qayerda boshlandi?
Bu tortishuvlar davom etib xristianlik rasman katolik va provaslav cherkovlariga qaysi yilda bo‘linib ketdi?
(2 ta savolga to‘liq javob bering!)
589 yili Toledo shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon soborida.
1054 yil.
Selebat (ruxoniylarning uylanmasligi) qaysi yo‘nalishlarda mavjud
Katolik va provaslaviya (protestantlar buni inkor etadi)
Iso Masihning insoniyat gunohlari uchun qurbon bo‘lishi g‘oyasi
Kafforat (Atonement)
Xristian sakramental tizimida ruhoniylikka tayinlash orqali shaxsga cherkovda muqaddas xizmat vakolati beriladigan, apostolik vorislik g‘oyasiga asoslangan marosim
Ruhoniylik (Ordinatsiya)
Avtokefal so‘zining ma'nosi
Mustaqil (barcha masalalarni o‘zi hal qiladi va hech kimga boysunmaydigan cherkov turi)
325-yilda chaqirilgan va Iso Masihning ilohiy tabiati masalasida bahslarni hal qilishga qaratilgan, shuningdek, Nikeya e’tiqod bayonoti qabul qilingan birinchi umumjahon cherkov yig‘ini
Nikeya sobori
451-yildagi Xalkidon sobori qaroriga ko‘ra Iso Masihda “aralashmasdan, o‘zgarmasdan, bo‘linmasdan va ajralmasdan” ikki tabiat mavjudligi tasdiqlangan, biroq bu qarorga qarshi chiqib, Masihda faqat bitta (ilohiy) tabiat mavjudligini ta’kidlagan xristologik oqim
Xalkidoniy ta’limotga qarshi monofizitlik
V asrda Nestori nomi bilan bog‘liq bo‘lgan, Iso Masihda ilohiy va insoniy tabiatlar deyarli ajratilgan holda talqin qilinib, Maryamni “Xudo onasi” (Theotokos) emas, balki “Masih onasi” (Christotokos) deb atashni ilgari surgan ta’limot?
Bu qiziq! Payg‘ambar alayhissalom amakilari bilan Shom safariga borayotkanlarida boshlari tepasida bulut soya qilib kelayotkanini ko‘rib, keyin ularni Shomga kirmay qaytib ketishga ko‘ndirgan rohib shu yo‘nalish vakili bolgan
Nestoriyanlik
Yetti sirli marosimda ruhoniyning asosiy vazifasi nimadan iborat
Xudo bilan inson o‘rtasida vositachi