A
B
C
D
E
100
  • 1.Qadimgi yunonlar davlat shakllariga qanday tarif bergan ?

Qadimgi yunonlar shakl ahamiyatini bejiz ta’kidlashmagan. Jumladan , Aflotun shaklning hal qiluvchi , faol rolini ta’kidlagan. Shakl atamasining kelib chiqishi ham davlat g’oyasining o’zi { forma, idea ,morfuz } uning shaklidan ajralmas ekanligini ko’rsatib turubdi. Shuni qayd etish joizki Arastuda shakl mazmundan ustun turadi.” Forma dat essse”-“ shakl buyumga hayot bag’ishlaydi “ deydi rimlik yuristlar.

100
  • Davlat shakllari uchta ya’ni boshqaruv shakli , tuzulish shakli va siyosiy tartibod , bulardan qaysilari ichki yoki tashqi shakl ?

Siyosiy tartibod ichki , boshqaruv shakli bilan tuzulish shakli tashqi.

100
  • Aflotun va Arastu davrida davlat boshqaruv shakli tariflashga yondashuvi bilan  XX asrda yondashuv farqi ?

Arastu va Aflotun davrida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur boshqaruvning u yoki bu shaklini belgilab beruvchi sabablarni anoqlashga urinib asosan boshqaruvning xilma-xil shakllarini tasvirlash yo’lidan borgan bo’lsa XX asrda siyosiy huquqiy tafakkur asosan mirkistik boshqaruv shaklini formatsiyadan kelib chiqqan holda davlat turi bilan jamiyatning iqtisodiy ahvoli bilan   bog’lab tushuntirgan.

100
  • Davlat shakli nima ?

Davlat shakli- bu o‘z ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi  siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yig‘indisidir.

100
  • Davlat shaklining tarkibiy elementlarini sanab bering ?

Davlat boshqaruv shakli , tuzulish shakli va siyosiy tartibot rejimi

200
  • Davlat shakllarining rivojlanishi va o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar ?
  • - ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy muhit;
  • - tarixiy, milliy va diniy an’analar, urf-odatlar;- tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar;
  • - siyosiy kuchlarning o‘zaro nisbati;

- jamiyatni g'oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi

200

Davlat boshqaruv shakliga ta’rif bering va turlarini ayting

  • Davlat boshqaruvi-bu davlat hokimiyatining oliy organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning o‘zaro va aholi bilan bo‘lgan munosabatlarini belgilovchi davlat shak- lining tarkibiy qismi. Shuningdek, muayyan mamlakatda davlat boshlig‘i (monarx yoki prezident)ning huquqiy maqomi bilan bog'liq masalalar ham davlat boshqaruv shaklining maz muni tarkibiga kiradi. Davlat boshqaruv shakliga ko‘ra ikkiga bolinadi: monarxiya va respublika.
200
  • Monarxiya tushunchasi va belgilarini sanab bering?
  • : Monarxiya (lotincha monos - yakka, arxe - hokimiyat .ma’nosini anglatadi) - bunda, qoida tariqasida, oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda ' hokimiyat meros orqali o‘tadi. Monarxiyaning belgilari:
  • - monarx hokimiyati muqaddas (teokratik monarxiyalar- da) va daxlsiz deb e’lon qilinadi;
  • - hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud, qoida tariqasida, hokimiyat meros orqali o‘tadi;
  • - o‘z hokimiyatidan umrbod foydalanadigan davlat boshlig‘ining (podsho, qirol, imperator, shoh, xon, knyaz, ger- sog va boshqalar) mavjudligi;

- monarxning o‘z boshqaruv faoliyati natijasi yuzasidan yuridik javobgar emasligi; - ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda bevosita o‘z nomidan ish ko‘rishi va boshqalar

200
  • Monarxiya turlarini sanab ta’riflab bering misollar bilan ?

:  1. Mutlaq monarxiya ( Bahrayn Bruney Qatar )

  •               2. Cheklangan monarxiya  ; 1. Parlamentar monarxiya ( Buyuk britaniya ) 2. Konstitutsiyaviy monarxiya ( Monarxiya turlarini sanab ta’riflab bering misollar bilan ?

Yaponiya Ispaniya)Teokratik monarxiya ( Vatikan Saudiya Arabistoni

             3. Dualistik monarxiya ( Iordaniya Marokash

200

.Boshqaruvning Respublika shakliga ta’rif bering ?

davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda davlat hokimiyati aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qo‘yiladigan organlar va davlat boshlig'i tomonidan amalga oshiradi.

300
  • Davlat bishqaruvining Respublika shakli belgialri va turlarini ayting ?
  • - davlat boshlig‘i va boshqa oliy hokimiyat organlarining muayyan muddatga saylab qo'yilishi;
  • . - davlat boshlig'i va boshqa saylab qo‘yiladigan organlarning saylovchilar oldida mas’ulligi hamda ularning muayyan muddatga saylanishi va tayinlanishi;
  • - davlat boshlig‘ining qonunda belgilab qo'yilgan holatlarda yuridik jihatdan javobgarligi
  • ;- davlat hokimiyatini davlat boshlig‘i nomidan emas, balki xalq nomidan amalga oshirilishi;
  • - fuqarolar huquq va erkinliklarining davlat tomonidan himoya qilinishi, davlat va shaxs o'rtasida o‘zaro mas’ullikning mavjudligi va boshqalar.

Prizidentlik , Parlamentar va Aralash republika turlari  mavjud

300
  • Qadimgi Respublika shakliga ega bo’lgan davlatlar bilan Sotsialistik davlatlarga misollar ayting ?
  • : Afina demokratik respublikasi (er. av. V-IV asrlarda Afina); Rim aristokratik respublikasi (er. av. V-II asrlarda Rim); Spar ta aristokratik respublikasi (er. av.V-IV asrlarda Sparta); o‘rta. asr shahar (feodal) respublikalari (Venetsiya, Novgorod, Pskov, Florensiya, Genuya, Ganza va boshqa erkin shaharlar).

Sotsialistik - Parij kommunasi (1871); Sovetlar respublikasi (1917-1991-yillarda sobiq Sovet Ittifoqi); Xalq demokratik respublikalari (XXR, VSR, Kuba)

300
  • Prizidentlik Respublika turiga ta’rif bering ?

: Bunda prezident, qoida tariqasida, davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisobla nadi. Prezident hukumatni shakllantiradi va hukumat uning oldida javobgar bo‘ladi (AQSH, Rossiya, Braziliya, Argentina, Meksika va boshqalar). Prezident umumxalq saylovlari asosida o’z lavozimiga tayinlanadi.

300
  • Parlamentar Respublika turiga ta’rif bering?

: Hozirgi zamon davlat boshqaruvining bir turi bo'lib, bunday respublikada hukumat parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda ko'pchilik o‘rin olgan par- tiyalarga tegishli deputatlar tomonidan shakllantiriladi (Itali- ya, Isroil, Germaniya va boshqalar). Bundan tashqari, davlat boshlig‘i - prezident odatda parlament a’zolari yoki maxsus kengash tomonidan saylanadi. Hukumat parlament oldida javobgar bo'lib, uning faoliyat muddati parlamentga bo‘lgan saylovlargacha amalda bo’ladi

300
  • Aralash Respublika turiga ta’rif bering ?

Aralash respublika. Bunday boshqaruv shaklida davlat boshlig'i - prezident xalq tomonidan saylanadi. U hukumat boshlig‘ini tayinlashda rasman ishtirok etadi, lekin hukumat boshlig‘i va a’zolari parlamentdagi ko'pchilik tomonidan shakl lantiriladi (Fransiya, Finlyandiya). Boshqaruvning bunday shaklida prezident konstitutsiya asosida ijro hokimiyati va hu kumat o'rtasida hal qilib bolmaydigan ziddiyatlar kelib chiqqan holatda parlamentni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo'ladi

400
  • Davlat tuzulish shakliga ta’rif va turlari haqida ayting ?
  • Davlatning tuzilish shakli - bu davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishi bo'lib, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir. Davlatning tuzilish shakliga ko‘ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko'rinishlari mavjud.
400
  • Tuzulish shaklining unitar turi haqida va belgilarini ayting?
  • : Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo'lib, u tarkibiy qism- lari suverenitet belgilariga ega bo'lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi.
  • :- qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi;
  • - yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizim- larining mavjudligi;
  • - yagona fuqarolikning joriy etilganligi
  • ;- barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomo nidan amalga oshirilishi
400

Federativ davlat bilan konfederativ davlat farqi

  • Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlat - bu mustaqil bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda bir- lashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy, hududiy (AQSH, Meksika, Hindiston) va milliy-hududiy (Rossiya Federatsiyasi) shakllari mavjud.

Konfederatsiya - bu siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil qilina digan davlatlarning muvaqqat ittifoqi

400
  • Siyosiy tartibod tushunchasi va turlari haqida ma’lumot bering?
  • Siyosiy tartibod- bu siyosiy (davlat) hokimi- sotsial-demokratik (tenglik, davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan shaxslarga nisbatan kuchli ijtimoiy siyo yatni amalga oshirishda qo'llaniladigan usul, uslub va vositalar yig'indisidir. Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo'ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o‘z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo‘yicha amalda qanday rol o'ynaydi degan savollarga javob beradi.
400
  • Nodemokratik rejim turlari totalitar fashistik va avtarkiya turlari bor. Avtarikiya turlari va yagona  shaxs avtariyasi turlarini sanab berin?
  • Avtarkiya turlari: jamoa avtarkiyasi va yagona shaxs avtarkiyasi.

Yagona shaxs avtarkiyasiga dispotiya , mustabidlik , va shaxsiy hokimiyat shakllari mavjud

500

Noananaviy monarxiya turiga ta’rif va misol bering

  • Noan’anaviy monarxiya cheklangan monarxiya shakli sifatida ko‘p uchramaydigan davlat shakli bo‘lib, davlat boshqaruvi amaliyotida faol rivojlanmagan. Ushbu boshqaruv shakli monarxiyaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Noan’anaviy monarxiyada ham respublika, ham monarxiya shaklining elementlari uyg‘unligi namoyon bo‘ladi.  Birlashgan arab amirligini – yettita amirlikdan iborat ekanligini keltirish mumkin.
500
  • Jamoaviy avtokratiya, aristokratiya va oligarxiyaga bo‘linadi va ularga tarif bering?
  • Aristokratik rejimda hokimiyat aholining muayyan qismini tashkil etgan zadogonlar qo‘lida to‘planib, xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Aris tokratiyaning eng muhim xususiyati shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning ijtimoiy kelib chiqishi bilan belgilanadi. Oligarxiya rejimida aristokratik rejimdan farqli ravishda hokimiyatga egalik qilish insonlarning mulk senziga qarab belgilanadi, hokimiyat aholining mulkdor tabaqasi tomonidan egallanadi. Bunda ham aristokratik rejimdagi sin gari oddiy xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Oligarxiyaning o‘ziga xos ligi shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning boyligi bilan belgilanadi.

500
  • Tiraniya va dispotiya tushunchalari haqida ma’lumot?
  • Tiraniya rejimi yakka shaxs boshqaruviga asoslangan. Buning despoti yadan farqi shundaki, tiranning hokimiyati, odatda, zo‘ravonlik, bosib olish, ba’zan qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash natijasida qaror topadi. Tiran hokimiyati o‘zboshimchalik, terror va genotsid asosida amalga oshirilib, de mokratik tamoyillar tan olinmaydi, mamlakatda amalda bo‘lgan qonunlarga rioya qilinmay, ularni muntazam ravishda buzish hollari yuz beradi. Tiran ho kimiyati shafqatsiz bo‘ladi hamda qo‘rquvga asoslanadi. Ushbu hokimiyatning yo‘liga g‘ov bo‘lgan guruh yoki jamoa shafqatsiz ravishda bostiriladi. Despotiya (yunoncha «despoteia» – cheklanmagan hokimiyat) rejimi hokimiyatning faqat bir kishi tomonidan boshqariladigan mutlaq monarxiyaga xosligini anglatadi. Despotiyalar qadim zamonlarda paydo bo‘lib, boshqaruvda o‘ta o‘zboshimchalik, raiyatning to‘la huquqsizligi, boshqaruvda huquqiy va axloqiy qadriyatlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Despotiya sharoitida mus taqillik, norozilik mumkin bo‘lmay, bunday hodisalar xuddi tiraniyadagi singari ayovsiz bostiradi.
500

Demokratik siyosiy rejim doirasida liberal yoki liberal-demokratik rejim turlari farqlanadi. Ular farqi nimada

  • : Liberal rejimda davlat hokimiyati saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi, hokimiyatning taqsimlanishi amal qiladi hamda shaxs bilan davlat o‘rtasidagi nisbatda ustuvorlik shaxs tomonida bo‘ladi. Liberal rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, inson o‘z mulki, huquq va erkinliklariga ega bo‘ladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil, siyosiy erkin harakat qiladi hamda so‘z, fikr almashish va mulk shakllari erkinligi e’lon qilinadi.
  •  Liberal-demokratik rejimda barcha odamlarning tengligi va ozodli gi e’tirof etilib, davlatni boshqarishda xalqning keng ishtiroki ta’minlanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining iqtisodiy asoslari kafolatlanadi. Shuning dek, jamiyat ishlarini boshqarish va huquqiy normalarni yaratishda xalq yal pi ravishda ishtirok etadi hamda ijro organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.
500
  • Jamoaviy avtokratiya o‘z navbatida, aristokratiya va oligarxiyaga bo‘linadi. Farqini ayting?
  • Aristokratik rejimda hokimiyat aholining muayyan qismini tashkil et gan zadogonlar qo‘lida to‘planib, xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Aris tokratiyaning eng muhim xususiyati shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning ijtimoiy kelib chiqishi bilan belgilanadi.
  •  Oligarxiya rejimida aristokratik rejimdan farqli ravishda hokimiyatga egalik qilish insonlarning mulk senziga qarab belgilanadi, hokimiyat aholining mulkdor tabaqasi tomonidan egallanadi. Bunda ham aristokratik rejimdagi sin gari oddiy xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Oligarxiyaning o‘ziga xos ligi shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning boyligi bilan belgilanadi.
M
e
n
u