Nima sababdan boshqaruvda ichki motivatsiya tashqi motivatsiyaga qaraganda samaraliroq hisoblanadi?
Javob: Chunki xodim faoliyatni o‘z xohishi bilan bajaradi, maqsadga ongli ravishda intiladi va ishga mas’uliyat bilan yondashadi.
Motivatsiya va motiv tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Javob: Motiv — insonni ma’lum faoliyatga undovchi sabab, motivatsiya esa bir nechta motivlar, ehtiyojlar va qiziqishlarning murakkab tizimidir.
Faoliyatning psixologik mexanizmi nimaga asoslanadi?
Javob: Ehtiyoj, motiv, maqsad va harakatlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi.
Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ayting.
Hamidaxon, to'g'ri javob berdimi talaba?
Uning kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi brendi nomi yaponlar tomonidan o‘z madaniyatlariga hurmatsizlik sifatida qabul qilingan va hattoki instagramda norozilik fleshmobi ham o‘tkazilgan. Tarqatma materialda fleshmob heshtegidagi 3 ta harfni berkitib qo‘ydik.
Savol: U KIM?
Javob:Kim Kardashyan
Izoh: Dastlab Kim Kardashyanning kiyim-kechak brendi Kimono Solutionwear[kimono solyushnvea] deb nomlangan edi. Noroziliklar ortidan brend nomi Skims Solutionwearga o‘zgartirildi.
Zachot: Kimberli Noel Kardashyan (Tug‘ilgandagi ism-sharifi)
“Maqsad–motiv–harakat” tizimida motivning vazifasi nima?
Javob: Motiv insonni faoliyatga undaydi va harakatga mazmun beradi.
Nima uchun bir lavozimda uzoq vaqt ishlash motivatsiyaning pasayishiga olib keladi?
Javob: Chunki ish bir xil tus olib, qiziqish va rivojlanish ehtiyoji kamayadi.
Rahbar motivatsiyasining susayishiga olib keluvchi omillardan ikkitasini ayting.
Javob: Oila muammolari va jamoaning rahbarga qarshi turishi.
Tashkilot miqyosidagi ta'lim uslublarini sanang.
Xudayshukurovaaa, sizning javobingiz qanday? Javoblaringiz o'zaro uyg'unmi?
Chloe [Kloe] moda uyi 2026-yil bahor/yoz mavsumi uchun anchagina kalta liboslarni taqdim etdi. The Blueprint moda jurnalining ushbu katalog haqidagi maqolasi “U” deb nomlangan. Yozuvchi “U”ni ilk marotaba 1889-yil akasi Aleksandrga yozgan maktubida ishlatgan.
Savol: U deganda qaysi uch so‘zli iqtibos nazarda tutilmoqda?
Javob:Qisqalik – talantning singlisi.
Izoh: Moda uyining kalta liboslar kolleksiyasiga nashr tomonidan Anton Chexovning mashhur so‘zlari nom qilib berilgan. Chexov ushbu so‘zlarni ilk bor akasiga yozgan maktubida ishlatgan.
Zachot: Qisqalik – talantning opasi, Краткость – сестра таланта
Xercberg nazariyasiga ko‘ra motivatsion omillar va gigiyenik omillar o‘rtasidagi farq nima?
Javob: Gigiyenik omillar qoniqmaslikning oldini oladi, motivatsion omillar esa ishga qiziqish va faollikni oshiradi.
Maslou nazariyasida eng yuqori pog‘onadagi ehtiyoj qaysi?
Javob: O‘z-o‘zini takomillashtirish ehtiyoji.
Mak-Klelland nazariyasiga ko‘ra rahbar faoliyatiga ta’sir qiluvchi uch asosiy ehtiyoj qaysilar?
Javob: Muvaffaqiyatga erishish, hissiy bog‘liqlik va hokimlik ehtiyoji.
Emotsiyalar nechi xil ifodalanadi?
Sevaraxon?
Dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan harf qaysi?
Javob: “E” harfi.
Mak-Gregorning Y nazariyasida xodim qanday tasvirlanadi?
Javob: Mas’uliyatli, mehnatsevar va o‘z maqsadiga mustaqil intiluvchi inson sifatida.
Nima uchun maosh har doim ham motivatsiyani uzoq muddat saqlab turolmaydi?
Javob: Chunki vaqt o‘tishi bilan xodim yangi maoshga moslashadi va motivatsiya yana pasaya boshlaydi.
“Mehnatni boyitish” uslubi nimani anglatadi?
Javob: Xodimga murakkabroq, qiziqarliroq va ahamiyatliroq vazifalarni topshirishni.
"So'nish sindromi" kim tomonidan kiritilgan?
Farangiz, siz bu fikrga qo'shilasizmi?
Qaysi hayvonning yuragi boshida joylashgan?
Javob: Krevetka (shrimp).
Tashkilot va xodim manfaatlari mos kelmasa qanday oqibat yuzaga kelishi mumkin?
Javob: Mehnat motivatsiyasi pasayadi va ish samaradorligi kamayadi.
“Erkin ish rejasi” uslubining tashkilot uchun asosiy foydasi nima?
Javob: Ish unumdorligi oshadi, ishdan bo‘shash kamayadi va psixologik muhit yaxshilanadi.
Demotivatsiyaning tashkilot faoliyatiga salbiy ta’siri nimada ko‘rinadi?
Javob: Xodimning ishga qiziqishi susayadi, unumdorlik kamayadi va tashkilot maqsadlariga erishish qiyinlashadi.
Korporativ madaniyatni shakllantirishning nechta tamoyili bor va ularni sanang.
Dildoraxon, talabaning bergan javobi bilan sizniki o'zaro mosmi?
Inson tanasidagi eng kuchli mushak qaysi?
Javob: Jag‘ mushagi.