A
B
C
D
E
1

Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

Toshbaqalar aylana bo’ylab sudralib yurishibdi.

1

Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas.
Tangalar necha so’mlik?

1 so’m va 2 so’mlik tangalar. Ulardan biri aniq 1 so’mlik emas, lekin ikkinchisi 1 so’mlik

1

Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?

O’ng qo’lning tirsagi.

1

Tuyaqush o’zini qush deb ayta olishi mumkinmi?

Yo’q, tuyaqush gapirishni bilmaydi.

1

3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?

Bitta ham emas. Archa olma meva bermaydi.

2

Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?

U sakrab tushgan samolyot havoga ko’tarilmagan edi.

2

1000 ni oling. Unga 40 ni qo’shing. Natijaga yana mingni qo’shing. So’ng 30 ni qo’shing. Yana mingni qo’shing. Endi natijaga 20 ni qo’shing. Oxirgi marta mingni qo’shing. So’ng 10 ni qo’shing. Javob nechi bo’ldi.

4100

2

Boy va kambag’alning uyi yonma-yon joylashgan. Bir kuni ikkalasi ham alanga olib, yona boshladi. O’z vaqtida yetib kelgan militsiya qay biridagi yong’inni birinchi bo’lib o’chirishga kirishadi?

Hech birini, yong’inni yong’in xavfsizligi xodimlari o’chiradi.

2

Avtobusda 20 ta yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda avtobusdan 2 kishi tushib, 3 kishi chiqdi, keyingisida — 5 kishi tushib, 2 kishi chiqdi, keyingisida 2 kishi tushib, 1 kishi chiqdi, navbatdagi bekatda esa 9 kishi tushib, hech kim chiqmadi, keyingi bekatda yana 2 kishi tushdi. Savol: jami bo’lib nechta bekat sanaldi?

Savolda 5 ta bekat sanaldi.

2

Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

Bolalarning ko’zi ojiz edi.

3

Xomligida iste’mol qilinamaydi, qaynatilgach esa tashlab yuboriladi. U nima?

Lavr yaprog’i (лавровый лист).

3

U odam mutlaq sog’lom, nogiron emas, tirik. Lekin uni shifoxonadan qo’lda ko’tarib olib chiqishmoqda va bu odatiy hol sanaladi. Nima sababdan?

Chunki u yangi tug’ilgan chaqaloq.

3

Itning bo’yniga uzunligi 5 metr bo’lgan arqon bog’langan edi, lekin shunga qaramay to’g’ri bo’ylab 10 metr uzoqlikka keta oldi.
U buni qanday uddaladi?

Itning bo’yniga bog’langan arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi.

3

Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?

Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash.

3

Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»?

Tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi.

4

Uning balandligi ham, bo’yi ham, eni ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?

Harorat, vaqt.

4

Yer yuzidagi barcha aholi bir vaqtning o’zida nima qiladi?

Ulg’ayadi.

4

Hatto eng katta kastryulkaga ham uni solib bo’lmaydi. U nima?

O’sha kastryulkaning qopqog’i.

4

O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?

Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.

4

Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi

M
e
n
u