Tarix
Bu shaxs “Amerika otalari”dan biri. U elektr sohasidagi kashfiyotlari va yashinqaytargichni ixtiro qilishi bilan ham mashhur bo‘lgan. Oddiy varrak yordamida u chaqmoq elektr razryad ekanligini isbotlagan. Bugungi kunda ushbu shaxsni 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan barcha biladi. Uni surati tushirilgan predmet orqali bozorlardagi narxning qiymatini belgilashadi. Ko'p xonadonlarda esa uzoq muddat uyning maxsus qismida avaylashadi. U predmetning xalq orasida "limon" yoki "ko'kat" laqabi ham mavjud. Agar siz anglagan bo'lsangiz bizga predmetni emas o'sha tarixiy shaxsni ayting.
Benjamin Frankling
U firoq bilan ayriliqda har qanday oshiqni ortda qoldiradi. Unda kuchaytiruv, ta'kid bor. Unga ta'rif beray desam "kuchli o'ntalik"ka kirmagan. Sizga uni topishda Tohir-u Zuhrolar, Layli-yu Majnunlar yordam berishi mumkin. U nima?
Chiziqcha(-)
Izoh: Satrdan satrga ko'chirishda chiziqcha so'zni ikkiga bo'lib, ayirib tashlaydi. "Kuchli o'nlik" bu - o'nta tinish belgisi, bilasiz, chiziqcha tinish belgisi hisoblanmaydi. U yuklamalarda ishlatiladi va hakazo. Berilgan misollarda esa chiziqcha ishlatilgan.
Agar siz 2026-yilda futbol bo'yicha o'tkaziladigan Jahon Chempionati qura marosimini ko'rgan bo'lsangiz marhamat qilib mamlaktimizning asosiy raqibi Portugaliya davlatini poytaxtini ayting.
Javob: Lissabon
Velosiped poygasida Rustam 6 daqiqada 1 marotiba aylanadi, Karim esa 4 dagigada aylandi. Qancha vaqtdan keyin Karim, Rustamdan 1 -kurug oldinga o'tadi?
Javob : 12
Huquq
Shvedcha " Allakimningdir vakili" ma'nosini bildiruvchi huquqiy atamani toping.
Ombudsman
Qasr, qasrning ichida o'n ikki asir, ularni qo'riqlaydi uch botir.
Topishmoqning javobi nima?
Soat
Qaysi Janubi-Sharqiy Osiyo davlati o'zining ajoyib plyajlari va Bali va Komodo orollari kabi orollari bilan mashhur?
Javob: Indoneziya
Italiya milliy terma jamoasi a'zosi Janfranko Zola bir safar aytgan edi: "Umid qilamanki chempionatdan keyin vaznim og'irroq bo'ladi".
Diqqat savol: U bu fikri bilan nimani nazarda tutganligini toping?
Oltin medal bilan kubok
Biologiya
Hujayralar katta kichikligiga qarab turli hil og'irlikka ega. Eng kichik og'irlikka ega bolgan hujayra qaysi?
Qizil qon tanachalari yani eritrositlar.
Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta'rif bergan: «Sening na ta'ming, na ranging, na xiding bor, seni ta'riflash mumkin emas, sendan sening nima ekanligingni bilmagan holda lazzatlanishadi. Seni hayot uchun zarur deb bo'lmaydi sen hayotning o'zisan. Sen biz o'z tuyg'ularimiz bilan tushuntirib bo'lmaydigan quvonch bilan bizni to'ldirasan. Sen dunyodagi eng katta boyliksan...».
Javob: Suv
Qaysi Yevropa davlati o‘zining bank sektori bilan mashhur va ko‘plab xalqaro moliya institutlarining bosh qarorgohlari joylashgan?
Javob : Shveytsariya
Qadimgi kòzgular bronzadan yasalgan.Keyinroq kumushdan yasalgan,sòng xozirgi kòrinishga kelgan.Qadimgi dunyo tarixidan bizga malumki eng birinchi kòzgu vazifasini u bajargan.
SAVOL:eng qadimgi kòzgu vazifasini nima bajargan?
Suv
Adabiyot
Qadimgi Yunonistonda Dionis bayramlarida echkilar qurbonlik qilingan yoki echki terisidan kiyim kiygan qo'shiqchilar tomonidan dramatik qo'shiqlar ijro etilgan. Kelib chiqishiga manashu holat asos bo'lgan va lug'aviy ma'nosi "Echki qo'shig'i" degan ma'noni anglatuvchi ushbu tushuncha bugungi kunda qaysi adabiy janr nomini bildiradi.
Javob: Tragediya (yunoncha "tragos"-echki, "ode" - qo'shiq
Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi.
Diqqat savol: Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti?
Javob: GOOGlE
Banan faqat Afrikadan keltiriladi, deb o‘yladingizmi? Afsuski adashtingiz. Ushbu yevropa davlatining Kanar orollari mevalar, xususan banan yetishtiruvchi fermalari bilan anchayin mashhur va bu mamlakat Yevropadagi bananlarning 60 foizini yetishtirishini anglatadi ham.
Ushbu hududda yetishtiriladigan bananlar Afrika bananlariga o‘xshamaydi. Biroz kichikroq, ammo mazasi bo‘yicha beqiyosdir. Savol bu aysi mamlakat?
Javob: Ispaniya
So'nggi kunlarda yurtimizda "u" bilan bog'liq o'limlar soni ortgani kuzatildi. Bu qotilning ilk versiyasi miloddan avvalgi 236-yilda yaratilgan degan tahminlar mavjud. Keyinchalik 6-asrda Misrda, 18-asrda Fransiya va Rossiyada qotilning dastlabki versiyalari paydo bo'ldi. 1857-yilda qotilning ilk havfsiz versiyasidan Nyu-Yorkda qo'llanildi.
Diqqat savol: qotil so'zi o'rnidagi so'zni chapga adashtirmay yozib bering.
Lift
Fizika
Bir xil sharoitda turgan yog'och va temir parchasini ushlagan paytda nima uchun temir sovug'roq tuyuladi?
Solishtirma issiqlik sig'imi kichik bo'lganligi sababli.
Izoh :1. Temir issiqlikni o‘ziga tez oladi (c kichik) Temirning solishtirma issiqlik sig‘imi kichik bo‘lgani uchun qo‘lingizdagi issiqlikni kam energiya bilan ham tez yutadi. Natija: qo‘lingiz tez soviydi → sovuq seziladi. ✔️ 2. Yog‘ochning c katta U qo‘lingizdan chiqqan issiqlikni “yutish” uchun ko‘p energiya talab qiladi → qo‘lingizdan issiqlikni kam oladi → iliq seziladi.
2006-yil Angliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo'lishini hohlaysiz degan savolga eng ko'p javob Manchester Yunayted jamoasi o'yinchisi Ueyn Rooney oladi.
Yordam tariqasida: Ushbu shaxs butun dunyo bolalari qalbidan joy egallagan.
Diqqat savol: Ikkinchi o'rinni egallagan inson real shaxs bo'lmasa u kim?
Javob: Garry Potter
Mazali doner kaboblari Turkiyada paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu davlat fuqarolari sekin pishirilgan go‘shtni shunchalik yaxshi ko‘rishadiki, ularning eng mazalisini Istanbuldan emas, o'sha davlat poytaxti restoranlarda topasiz.
Turkiyaning «kabob qiroli» Mahmud Aygun qariyb 50 yil oldin kabob aravasini olib u yerga ko‘chib kelgan. Bugungi kunda, mamlakatda 4,000 mingdan ziyod kabob do‘konlari mavjud. Marhamat qilib ushbu davlat poytaxtini toping.
Javob: Germaniy poytaxti Berlin
U yaponlarda farovonlik xudosi tomonidan yuborilgan chopar hisoblanadi. Yaponiyaliklarning e'tiqodiga ko'ra, agar U ni yangi yil kuni gurunch unidan pishirilgan bayram pirogi bilan mehmon qilinsa, keyingi yil juda hosildor kelarmish. U ni toping
Kalamush