So'z yasalishi
Morfemika
Ot
Random
100

So’z yasalishi (derivatsiya) nima?

Mavjud so’z yoki o’zakdan yangi leksik ma’noli so’z hosil qilish. Masalan: ish → ishchi.

100

Morfema nima?

So’zning ma’noli eng kichik, bo’linmas qismi.

100

-chi qo’shimchasining ot yasovchi va yuklama vazifalarini farqlang.

Ot yasovchi -chi kasb va shug’ullanuvchi shaxsni bildiradi (paxtachi, baliqchi). 

Yuklama -chi esa so’z yasamaydi, balki gapga so’roq, taqqoslash yoki ta’kid ma’nosini qo’shadi (Sen-chi?). Ular omonim affikslardir.

100

Qanday uchta raqamni qo’shsangiz ham, ko’paytirsangiz ham bir xil natija chiqadi?  

1, 2 va 3. (1+2+3 = 6 va 1×2×3 = 6.)

200

So’z yasalishining asosiy usullari qaysilar?

Affiksatsiya (qo’shimcha bilan), kompozitsiya (so’z qo’shish)

200

Alomorf nima? Misol keltiring.

Bir morfemaning fonetik variantlari: jo’nalish kelishigi -ga, -ka, -qa (uyga, ukaka, bog’qa emas, to’g’ri: uyga, kitobga, tokka, bosh+qa).

200

-lik qo’shimchasi qanday ma’no turlarini hosil qiladi? Misollar keltiring.

Mavhum ot (do’stlik), joy oti (tuzlik, paxtazorlik) va sifat (kunlik, yozlik).

200

Dunyodagi eng uzun so’zlardan biri “smiles” so’zi hisoblanadi, chunki orasida bir mil bor. Bu qanday til o’yini?

Inglizcha smiles (tabassumlar) so’zida s harfi bilan boshlanib s bilan tugaydi, o’rtasidagi mile esa “mil” (masofa) degani. Ya’ni so’zning “s” va “s” orasidagi masofasi bir mil.

300

Derivatsion qator (zanjir) nima?

Bir o’zakdan bosqichma-bosqich yasalgan so’zlar tizmasi: ish → ishchi → ishchilik.

300

Ishchilarimizga so’zini morfemik tahlil qiling.

ish (o’zak) + -chi (so’z yasovchi) + -lar (ko’plik) + -imiz (egalik) + -ga (kelishik).

300

Fe’ldan ot yasovchi -gich, -(i)sh, -im, -ma, -ov qo’shimchalarini ma’nosiga ko’ra tasniflang

-gich qurol/vosita (o’chirgich), -(i)sh harakat nomi (kelish), -im harakat natijasi (bilim), -ma natija yoki buyum (qovurma), -ov shaxs yoki harakat nomi (o’lchov, o’quv).

300

Ot sifat son fe'l so'zlari yordamida ot so'z turkumlariga oid so'zlar ayting

ajdargul kaltakesak beshbarmoq beshotar

400

Morfologik usul bilan so’z yasash nima? Misol keltiring.

Yasovchi affiks yordamida yangi so’z hosil qilish: gul + zor = gulzor.

400

Soddalashuv (demorfemizatsiya) nima? Misol keltiring.

Tarixan bo’linadigan so’zning hozirgi tilda bo’linmas tub so’zga aylanishi. Masalan: qishloq (qish + -loq)

400

O’qituvchilarimizdagilarga so’zini to’liq morfemik va derivatsion tahlil qiling.

o’qi (o’zak, fe’l) + -t (orttirma nisbat) + -uvchi (sifatdosh, shaxs oti yasaydi) + -lar (ko’plik) + -imiz (egalik) + -da (o’rin kelishigi) + -gi (nisbiy sifat yasovchi) + -lar (ko’plik, substantivatsiya) + -ga (jo’nalish kelishigi). Turkum zanjiri: fe’l → ot → sifat → ot.

400

Nokategorial va kategorial qo'shimchalarga qaysilar kiradi

nokategorial sifat darajalari lugaviy qo'shimchalar

kategorial-zamon shaxs son mayl egalik kelishik

500

Qo’shma so’z bilan so’z birikmasi qanday farqlanadi?

Qo’shma so’z bitta leksik ma’no ifodalaydi, yaxlit (ko’pincha bitta bosh urg’ular) so’z hisoblanadi (qo’lsoat). So’z birikmasi esa ma’noli alohida so’zlardan iborat (qo’l va soat emas, yangi soat).

500

Funksional morfema nima

Lug'aviy va sintaktik qo'shimchalar

sifatdosh ravishdosh harakat nomi

500

Konversiya bilan leksik-semantik usul o’rtasidagi farqni tushuntiring.

Konversiyada so’z shaklini o’zgartirmay boshqa turkumga o’tadi va sintaktik vazifasi o’zgaradi (Yaxshilar keldi, sifat → ot).

 Leksik-semantik usulda esa so’zning ma’nosi ko’chadi yoki ajraladi, natijada yangi ma’noli so’z yoki omonim paydo bo’ladi (qo’l – a’zo, qo’l – kishining imzosi / eshik qo’li kabi ko’chma ma’nolar).

500

Sizga 500ball bonus 

+500 

M
e
n
u