Silvinit nima?
Silvinit — kaliy xlorid va natriy xloridning tabiiy aralashmasi
Flotatsiya nima?
Flotatsiya — foydali minerallarni aralashmalardan ajratish uchun ularning sirt faolligiga asoslangan boyitish usuli.
Analitik kimyoda nechta asosiy tahlil turi bor?
Ikkita: sifat tahlili va miqdoriy tahlil.
Aralashma va birikma o‘rtasidagi farq nima?
Aralashma — ikki yoki undan ortiq moddaning fizik aralashmasi, birikma — kimyoviy yo‘l bilan bog‘langan modda.
Qaysi narsani sindirib ham foydalaniladi?
Tuxumni!
Silvinitdan kaliy xloridini olishda qanday usullar qo‘llaniladi
Mexanik ajratish va kimyoviy ajratish usullari qo‘llaniladi
Flotatsion boyitishning ekologik jihatdan xavfsiz usuli qanday ta’minlanadi?
Atrof-muhitga zarar bermaydigan reagentlar ishlatish va chiqindi suvlarni tozalash orqali
Gravimetrik usul nimani anglatadi?
Moddaning massasini o‘lchash orqali miqdorini aniqlash usuli.
Proton, neytron va elektronlarning atom massasiga ta’siri qanday farqlanadi?
Proton va neytron atom massasiga katta ta’sir qiladi, chunki ularning massasi taxminan 1 a.m.b.ga teng. Elektronning massasi juda kichik bo‘lib, umumiy massaga deyarli ta’sir qilmaydi.
Odam uxlamasdan 10 kun yashay oladimi?
Albatta, chunki u kechasi uxlaydi!
Silvinitni qayta ishlashda qanday ekologik xavflar mavjud?
Suv va yerning ifloslanishi mumkin.
Ammiakli selitra qanday moddalardan olinadi?
Ammiak (NH₃) va azot kislotasi (HNO₃) reaksiyasi orqali
Titrimetrik tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlashda qanday aniqlik xatoliklar bo‘lishi mumkin?
Indikator tanlovining noto‘g‘riligidan, titrantning kontsentratsiyasi noto‘g‘ri tayyorlanganidan yoki o‘qishdagi insoniy xatolikdan.
Nima uchun kovalent bog‘li moddalar elektr tokini o‘tkazmaydi?
Chunki kovalent bog‘li moddalar ionlarga parchalanmaydi, ionlar bo‘lmaganligi uchun erigan yoki suyuq holatda ham elektr tokini o‘tkazmaydi.
Ko‘rishni xohlaydigan, lekin hech qachon o‘zi ko‘rmagan narsa nima?
Kelajak
Necha bosqichli ajratish jarayoni kaliy xloridning tozaligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Bosqichlar soni oshgan sayin mahsulot tozaligi yuqorilaydi, chunki har bir bosqichda aralashmalar kamayadi.
Ammiakli selitra ishlab chiqarish jarayonida haroratni boshqarish nima uchun muhim?
Yuqori haroratda selitra parchalanib, portlash xavfi tug‘iladi.
Oksidlanish-qaytarilish titrlashlarida redoks juftlar qanday tanlanadi?
Standart elektrod potensiallari farqi etarlicha katta bo‘lishi kerak, aks holda reaksiya sekin boradi yoki ekvivalent nuqta aniqlanmaydi.
Kation va anion o‘lchami bir xil element uchun qanday farqlanadi va nima sababli?
Kation hosil bo‘lganda atom o‘lchami kichrayadi (elektron yo‘qotiladi, yadroning tortish kuchi ortadi).Anion hosil bo‘lganda atom o‘lchami kattalashadi (elektron ortadi, yadroning bir elektronni tortish kuchi kamayadi
Ko‘pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo‘lishga imkoniyat bermas emish diqqat savol: Ko‘plab Amerikalik ayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi
Prezident yoshi 35 dan yuqori bo‘lishi kerak. Ayollar o‘zlarini 35 yoshdan katta deb tan ololmas ekan
Silvinitdan kaliy xlorid olishda chiqindilarni kamaytirish uchun qanday ekologik choralar mavjud?
Qayta ishlovchi yopiq suv tizimlari, chiqindi gazlarni tozalash va qattiq qoldiqlarni utilizatsiya qilish.
Ammiakli selitra ishlab chiqarishda qanday qurilmalar ishlatiladi?
Neytrallash reaktori, bug‘latgich, sovutkich, granulatsiya barabani.
Kolorimetrik usul qanday fizikaviy prinsipga asoslangan?
Eritmadagi modda yorug‘likning muayyan to‘lqin uzunlikdagi qismini yutadi, bu yutilish modda kontsentratsiyasiga bog‘liq (Bouguer-Lambert-Beer qonuni).
Nima uchun suv molekulasi qutbli, ammo CO₂ molekulasi qutbsiz?
Suv (H₂O) molekulasi burchakli shaklda va dipol momentlar yo‘qolmaydi, natijada qutbli bo‘ladi.CO₂ esa to‘g‘ri chiziqli shaklda va dipol momentlar bir-birini kompensatsiya qiladi, shuning uchun qutbsiz.
Bu sintetik tolani Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Frantsiyada tergal deb nomlashadi
Diqqat savol: U bizda qanday nomlanadi?
Lavsan