Abdulla Avloniy nechanchi yil va qaysi shaharda tug‘ilgan?
1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida
Avloniy 1907-yilda nashr etgan va chor amaldorlari tomonidan tezda yondirib yuborilgan gazetalari qaysilar?
"Shuhrat" va "Osiyo"
Avloniy maktabida bir sinfdagi bolalar soni necha nafardan oshmasligi kerak edi?
30 tadan
Avloniy ushbu asarida ilm-fanni nimaga o‘xshatadi?
Bodomning ichidagi mag‘izga
Avloniyning 1912-yilda nashr etilgan milliy she’rlar to‘plami qanday nomlanadi?
"Adabiyot yoxud milliy she’rlar"
Avloniy 1907-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida qanday muhim ishni amalga oshirdi?
Yangi usuldagi maktab ochdi
Avloniy matbuotning roli haqida gapirib, uni nimalarga o‘xshatgan?
Har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi ko‘zgu, qorong‘i kunlarni yorituvchi nurga
Yangi usul maktabida 7-9 yoshli bolalar uchun dars vaqti necha soatdan oshmasligi belgilangan?
5 soatdan
Asarda "Insonni hayvondan so‘z va aql bilan ayiradigan" narsa nima deb atalgan?
Idrok yoki aql
Avloniy qaysi asarlarini tatar va ozarbayjon tillaridan tarjima qilgan? (Kamida 2 ta)
"Qotili Karima", "Badbaxt kelin", "Jaholat", "O‘liklar"
Avloniy o‘z maktabida dars berish bilan birga, kambag‘al bolalarni kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qanday jamiyat tashkil etdi?
"Jamiyati xayriya"
Avloniy 1914-1915 va 1921-yillarda qaysi nashrlarda muharrirlik qildi?
"Sadoi Turkiston" gazetasi va "Turon" jurnali
Avloniy metodikasiga ko‘ra, imtihonlar necha oyda bir marta o‘tkazilishi lozim edi?
Har 6 oyda
Avloniy "aqlli bog‘bon" hikoyasida qanday insonlarni ulug‘laydi?
Mehnatkash insonlarni
Avloniy pedagogikada qaysi uchta tarbiyani uzviy bog‘liq deb bilgan?
Badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi
1913-yilda o‘zbek xalq teatrini professional darajaga ko‘tarish uchun qaysi truppani tashkil etdi?
"Turon" truppasi
Avloniy Xadrada kitob do‘koni ochgan nashriyot shirkatining nomi nima edi?
"Maktab kutubxonasi"
Avloniy darsda bolalarni nima qilish befoyda va mumkin emas deb hisoblagan?
Bolalarni urish va so‘kishni
Muallif g‘iybatchi va chaqimchi kishilarni nimaga o‘xshatadi?
Daraxt ildizini kemiruvchi buzoqboshiga
Avloniyning "Birinchi muallim" va "Ikkinchi muallim" darsliklari qaysi yillarda yaratilgan?
1912 va 1915-yillarda
Avloniy "Layli va Majnun" spektaklida qaysi rolni ijro etgan?
Qaysning otasi rolini
"Baliqning suvsiz yashamog‘i mumkin bo‘lmagani kabi insonning ham ... yashamog‘i mumkin emas". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
Ilmsiz
Avloniy o‘z maktabida eski usuldan farqli o‘laroq, qaysi fanlardan ma’lumotlar bergan? (Kamida 3 tasini ayting)
Geografiya, tarix, adabiyot, hisob, handasa, hikmat
Avloniyning fikricha, tarbiya masalasi bilan kimlar shug‘ullanishi kerak?
Ota-ona, muallim, hukumat va boshqalar - barcha birdek mas'ul
Avloniy jadidchilik harakatining asoschisi deb kimni e'tirof etgan?
Ismoil G‘aspiralini