Abdulloh ibn Ali ibn Muhammad ibn Yahyoning kuniyasini va nisbasini ayting ?
Kunyasi : Abu Nasr
Nisbasi : at-Tusiy
Abu Nasr Sarroj Bag'dodda kimlardan dars olgan ?
Abu Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad al-Murta'ish va Ja'far Xuldiydan dars olgan.
"Luma" asarini to'liq nomi nima ?
"Kitab al-Luma fit tasavvuf".
Sarroj so'zining ma'nosi nima ?
Nur taratuvchi.
Abdulloh ibn Ali ibn Muhammad ibn Yahyo qaysi laqablar bilan mashhur bo'lgan ?
"Sarroj" va "Tovusul fuqaro" laqablari bilan mashhur bo'lgan.
Kimga "hadis bilimdoni sufiy" degan nom berilgan
Ja'far Xuldiyga.
"Kitab al-Luma fit tasavvuf" asari necha bo'lim va bobdam iborat ?
"Kitab al-Luma fit tasavvuf" asari 13 bo'lim va 155 bobdan iboratdir .
Ilohiy ishq haqida da'vo qilgan kishida bo'lishi kerak bo'lgan hislatlar ?
1. Bolig'lik
2. Oqillik
3. Maqbullik
Abu Nasr Sarroj tasavvufda kimning qarashlarini asos qilib olgan ?
Junayd Bag'dodiyning qarashlarini asos qilib olgan.
Abu Nasr Sarroj ko'plab shaharlarida ilmiy sayohat qilgan bo'lsa-da asosan qaysi shahar so'fiylaridan iqtibos va rivoyatlar keltirgan ?
Bag'dod va Basra shaharlaridagi so'fiylaridan .
"Kitab al-Luma fit tasavvuf" ilk marta kim tomonidan nechanchi yilda qayerda chop etilgan ?
"Kitab al-Luma fit tasavvuf" asari ilk marta Reynold Alleyne Nikolson tomonidan 1914-yilda “The Kitab al-Luma Tasawwuf of Abu Nasr” nomi bilan Londonda chop etilgan.
Hasan al-Basriyning "faqih"ga bergan ta'rifini ayting ?
Faqih, dunyoga qiziqmay oxiratga yo'nalgan va diniy amrlarga nisbatan basiratli shaxsdir.
Abu Nasr Sarroj qaysi shaharlarga ilmiy sayohat qilgan ?
Bag'dod, Basra, Bistom, Shom, Tustar, Antokiya, Ramla, kabi shaharlarga ilmiy sayohat qilgan
"Kitab al-Luma fit tasavvuf" asarini yozilishidan maqsad nima edi ?
1. “Lumaʼ” tasavvufni diniy ilmlardan biri ekanini dalillar asosida koʻrsatib berish maqsadida yozilgan edi.
2. Sarroj tasavvufning mohiyati va insonlarning tasavvuf haqidagi turli qarashlaridan yuzaga kelgan muammolar sababidan bu kitobni yozganini taʼkidlagan.
Sarrojning fikricha, faqih va mutakallimlar kabi zohir va botin ilmi vakillari....
Qurʼon va hadisdan hukm chiqarishda teng huquqlidirlar.
Sufiylarga nisbatan zindiq yoki adashgan degan ayblovlar qoʻyilishiga nimalar sabab bo'ldi ?
Zuhd davridagi kishilarning ilmga befarqligi va faqatgina amal bilan chegaralanishlari bu sohaning tizimsiz va nazariyotsizligi sabab bo'ldi.
Annamari Shimmel Sarrojning tasavvuf va sharʼiy ilmlarni uygʻunlashtirishga qaratilgan yondashuvini qanday taʼriflaydi ?
uning bu asari sunniy ulamolar va sufiylar oʻrtasidagi munosabatni yaxshilashga xizmat qilganini taʼkidlagan.
Abu Nasr Sarroj Bogdod va Basra ulamolari haqida qanday tarif bergan ?
Bog'dod ulamolarida aql va naql, Basra ulamolarida ishq va muhabbat kuchli ekan deb tarif bergan.
Abu Nasr Sarroj Tusiy tasavvufni qanday ta'riflagan ?
Tasavvufni islom axloqi va maʼnaviyati bilan shugʻullanuvchi, boshqa islom ilmlari kabi istinbot usulidan foydalanuvchi, lekin bu usul orqali fiqhning botiniy hukmlari bayon etiladigan mustaqil bir ilm sifatida tasvirlagan.
Faqihlar yoki Mutakallimlar nazdida samo va vajd atamalari nimani anglatadi ?
Sarrojning fikricha sufiylarning shatahat turidagi ifodalari yoki samo va vajd kabi tasavvufning munozarali bahslari faqat sufiylar tomonidan talqin qilinishi kerak.