Salafiylik
Atamalar
Hizbut-tahrir al-islomiyya
Ishid
Mujtahidlar darajalari
100

"Salaf" so'zining ma'nosi?

"avval yashab o'tganlar", "ajdodlar"

100

"Jihod" so'zining lug'aviy manosi?

G'ayrat qilish, kuchni ishga solish

100

Bu ekstremistik tashkilotning asoschisi kim?

Taqiyuddin Nabahoniy

100

Guruhning tashkil topishida qaysi tashkilot muhim o'rin tutgan?

al - Qoida

100

Dastlab fatvo berish maqomida KIM turgan?

Rosululloh s.a.v

200

Soxta salafiylarni nimani rad etishlari ko'plab yurtlarda parokandalikka sabab bo'lmoqda?

Mzhablarni rad etishlari.

200

Diniy ekstremizm?

Jamiyat uchun an'anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo'lgan g'oyalarni aldov va zo'rlik bilan targ'ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot.

200

Tashkilotning bosh maqsadi nima?

"xalifalik" davlatini qurish

200

ISHID xristianlarga qanday soliq joriy qilgan?

Jizya

200

Hanafiy mazhabi manbalariga ko'ra mujtahidlik darajalari nechta?

6 ta

300

Soxta salafiylar o'z g'oyalarini yoyishda qanday tizim faoliyatini kuchaytirishga etibor qaratadilar?

Yashirin "hujralar"

300

"Takfir" so'zining lug'aviy ma'nosi?

Kufrda ayblash, inkor qilish, osiy bo'lish, tan olmaslik.

300

Bu oqimning asosiy mavzusi qanday masala hisoblanadi?

"Xilofat" (xalifa saylash)

300

Tashkilotning g'oyasiga ko'ra qanday musulmonni o'ldirish mumkin deb hisoblaydilar?

Tashkilotga qarshi chiqqan musulmonni

300

Mujtahid fi-sh-shari'a yoki mutlaq mujtahid toifasiga kimlar kiradi?

To'rt mazhab asoschilari

400

Soxta salafiylarning fikricha, hukumatga xizmat qilayotgan davlat idoralari xodimlari va harbiylar qanday toifa deb atashadi?

"Dinsizlar" toifasi

400

"Terror" so'zining iste'lohiy ma'nosi?

O'z fikrini zo'ravonlik yo'li bilan boshqalarga o'tkazish. Bu yo'lda suiqasd, qo'porovchilik kabi usullardan foydalaniladi.

400

Tashkilotning hozirgi kundagi "xalifalik" davosining asossiz ekaniga dalil qilib Payg'ambarimizning qaysi hadislarini keltirishimiz mumkin.

"Mendan keyin xalifalik 30 yil bo'ladi, undan keyin tishlab tortilgan amirlik va podshohliklarga aylanadi."

400

Tashkilotning g'oyasiga ko'ra faqatgina nima orqali kofirlaar ustidan g'alaba qozonish mumkin?

Jihod orqali

400

Muxarrijlar kimlar?

o'zlari mustaqil ravishda ijtihod qila olmaydigan, lekin mujtahidlar tomonidan bildirilgan, ko'rinishidan ikki xil tushunilishi mumkin bo'lgan ijtihodga aniqlik kiritadiganlar

500

Soxta salafiylar ilgari suradigan g'oyalarni kamida 3 tasini sanab bering. 

1. Qur'on va sunnada yozilgan qoidalarni so'zma so'z tushunib, ko'r ko'rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar.

2. "Jihodni" islomni 6 arkoni hisoblaydilar.

3. "Takfir" va "Hijrat" masalasini ilgari suradilar.

4. Fiqhiy mazhablarni inkor qiladilar

500

Mujtahid so'zining lug'aviy ma'nosi?

Intiluvchi, g'ayrat qiluvchi

500

Tashkilot o'z a'zolariga qabr azobi va Masih Dajjolning chiqishiga e'tiqod qilishni harom qilgan. Bu e'tiqod xato ekanligiga dalil qilib Qur'onda qabr azobi yoki rohat haqida kelgan qaysi suralarni keltirishimiz mumkin?

G'ofir (46), Toho (124), Tur (45), Nuh (25), Tavba (101).

500

ISHID tomonidan 2013-2014 yillar davomida qancha terrorchilik harakati sodir etilgan?

10 mingdan ziyod.

500

O'z mazhablari ichidagi masalalarni yaxshi biladigan hamda o'z faoliyati davomida ulardan keng foydalanadigan ulamolar Mujtahidning qaysi darajasiga mansub ulamolar hisoblanishadi?

Muqallid

M
e
n
u