1-USTUN
2-USTUN
3-USTUN
4-USTUN
5-USTUN
100

AD egri chizig'ining siljishlari nima nimani anglatadi? Misollar bilan tushuntiring.

C + I + G + Xn dagi o'zgarishlarning sodir bo'lishi. 

100

BONUS!
SHART SHUNDAY: Men talabalar bilan bahslashmayman, chunki ...

... ular mening tengimmas, bu men uchun haqorat!


100 ball sizga

100

Yangi standartlarning qabul qilinishi yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish uchun o‘rtacha xarajatlarning 5% ortishiga olib keldi. Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ko‘rilgan bu chora ular­ning qiymatini oshiradi, iste’molchilar uchun ham ishlab chiqaruvchilar uchun ham xarajatlarni ko‘paytiradi. Real yalpi ichki mahsulot kamayadi, yalpi talab egri chizig‘i chapga siljiydi.

T/N?

Noto'g'ri, soliq yalpi taklif omili, shuning uchun yalpi taklif chapga siljiydi.

100

Quydagi hollar uchun YaIM va uning mos tarkibiy qismi qanday o’zgarganini (agar o’zgarsa) aniqlang:

Jonibek tahrirlash biznesida foydalanish uchun kompyuter olishga $1200 sarfladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchi o’tgan yili ishlab chiqarilgan bu kompyuterni aksiya asosida chegirma bilan sotdi.

Joriy YaIM  (Y) va investitsiya (I) o’zgarmadi, chunki kompyuter o’tgan yili ishlab chiqarilgan edi.

100

Davlat ta’lim, sog'liqni saqlash, kam ta’minlangan oilalar uchun uy-joy qurish dasturini qabul qilib, amalga oshirishni boshladi. U yalpi talabning pasayishiga olib keladi.

T/N?

Noto'g'ri

200

Milliy iqtisodiyotda narxlarning o‘sishi (chet ellardagi narxlarga nisbatan) eksportning ko‘payishi va importning qisqarishiga olib keladi. Natijada yalpi talabda eksport hajmi ortadi.

T/N?

Import ortadi

200

AS/AD modeliga ko'ra hukumat milliy mudofaa xarajatlarini oshirsa AS/AD egri chizig'ida qanday o'zgarish bo'ladi?

AD egri chizig'i o'ngga siljiydi

200

- import qilinadigan resurslarning narxi;

- bozordagi hukmronlik darajasi (monopoliyalar mavjudligi yoki yo‘qligi).

Bular AS ta'sir qiladigan omillar bo'lib, ularning o'zgarishi AS egri chizig'ini chapga yo o'ngga parallel ko'chishiga olib keladi.

T/N?

No'to'g'ri

Narx bilan bog'liq bo'lgani uchun AS egri chizig'ini faqat chiziq bo'ylab harakatlantiradi.

200

Mamlakat iqtisodiyoti klassik, tik kesma holatida bo‘lsa, talabning ortishi faqat resurslarning qayta taqsimlanishiga olib keladi, natijada real YalM hajmi oshadi.

T/N?

NOTO'G'RI

Mamlakat iqtisodiyoti klassik, tik kesma holatida bo‘lsa, talabning ortishi faqat resurslarning qayta taqsimlanishiga olib keladi, real YalM hajmi o‘zgarmaydi.

200

BONUS!

Shart shunday: har doim dars tugab, xonadan chiqib ketayotganimda xayrlashuv so'zim qanday bo'ladi?

Baxtli bo'linglar!!!

200 ball sizga

300

Stagflyatsiya nima?

Turg'unlik va inflyatsiyaning bir vaqtda sodir bo'lishi.

300

Xropovik samaraga ish haqining pasaymasligining asoslari qanday tushuntiriladi?

Ish haqi umumiy xarajatlarning asosiy qismini (70-75) tashkil qilib, qandaydir davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. Chunki, shartnoma muddati amal qilgan davrda ish haqini qisqartirish taqiqlanadi. Bundan tashqari ancha past ish haqi mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir qilib, uning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli tadbirkorlar ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasligi mumkin. Boshqa tomon­dan, ishga yollovchilar ishchilarni o‘qitish va malaka ko‘nikmasini hosil qilishga ancha kapital sarflaydi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsa, ishchi kuchidan ajralib qolishi mumkin.

300

AD egri chizig‘i AS egri chizig‘ini oraliq kesmada kesib o'tgandagi holatni tushuntirib bering.

Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi.

300

 Yalpi talab o‘zgarmay qolganda, yalpi taklifning o‘zgarishi iqtisodiyotga qanday ta'sir qiladi?


Ikkita holat ro'y beradi:

- Birinchidan, yalpi taklifning qisqarishi narx darajasining o‘sishini taqozo qilib, inflatsiyaga olib keladi.

- Ikkinchidan, milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi, narx darajasining pasayishiga sabab bo'adi.

300

Quyidagilar T/N?

1. Bir nechta yapon firmalari O‘zbekistonda korxonalar ochishdi. Talab va taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi.

2. Hukumat xarajatlarining o‘sishi yalpi talab AD ni kamayishiga olib keladi.

3. Yalpi talab va taklifga ta’sir qiluvchi, iqtisodiyotning muvozanat holatiga qattiq zarba berib, uni o‘zgartiruvchi yoki izdan chiqaruvchi hodisalar iqtisodiy shoklar deb ataladi.

1. To'g'ri

2. Noto'g'ri

3. To'g'ri

400

Agar iste'molchilar kelajakdagi daromadlari haqida ko'proq optimistik bo'lishsa, qisqa muddatli AS/AD grafigida nima sodir bo'ladi?

AD o'ngga siljiydi

(Iste'molchi ishonadi ertangi kuniga, bugun mazza qilib qoladi)

400

AD egri chizig'i o'ngga siljiganida daromad, ishsizlik darajasi va inflyatsiya darajasida qanday o'zgarish sodir bo'ladi?

Daromad ortadi

Ishsizlik darajasi pasayadi

Inflyatsiya darajasi oshadi

400

Jahon bozorida paxta tolasiga talabning ortishi O‘zbekistondan paxta tolasi eksportini o‘sishiga olib kelishini Respublika iqtisodiyotidagi ijobiy shok sifatida ko‘rish mumkin. Natijada talab egri chizig‘i o‘ngga siljiydi.

T/N?

To'g'ri

400

AD egri chizig‘i AS egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib o‘tishi holatini tushuntiring. Unda narxning muvozanat YaIMni shakllanishidagi ahamiyati qanday bo'ladi?

AD egri chizig‘i AS egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib o‘tganda, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishida hech qanday rol o'ynamaydi.

400

Quyidagi hollar uchun YaIM va uning mos tarkibiy qismi qanday o’zgarganini (agar o’zgarsa) aniqlang:

Anvar o’z nashriyot biznesida foydalanish uchun yangi noutbuk olishga 17 million so'm sarfladi. Noutbuk Xitoyda ishlab chiqarilgan. 

Investitsiya (I) 17 million so'mga oshdi, sof eksport 17 million so'mga kamaydi, YaIM o’zgarmadi.

500

Quyidagi hollar uchun YaIM va uning mos tarkibiy qismi qanday o’zgarganini (agar o’zgarsa) aniqlang:

UzAuto Motors umumiy qiymati $500  million bo’lgan avtomobillar ishlab chiqardi, lekin iste’molchilar faqat $470 millionlik qismini sotib olishdi.

Iste’mol (C) $470 millionga o’sdi,
investitsion tovarlarga bo'lgan talab $30 millionga o’sdi va YaIM $500 millionga o’sdi.

500

Quyidagi hollar uchun YaIM va uning mos tarkibiy qismi qanday o’zgarganini (agar o’zgarsa) aniqlang:

Malika turmush o’rtog’i uchun Toshkentdagi eng yahshi restoranda tushlikka 2 million so'm sarfladi.

Iste’mol (C) va YaIM 2 million so'mga oshdi. 


500

Iqtisodiyotning ta'lim sifati va miqdori yaxshilansa, LRAS (uzoq muddatli davrda yalpi taklif)ga qanday ta'sir qiladi?

LRAS egri chizig'i o'ngga siljiydi

500

Quyidagilar T/N?

1. Agar, iqtisodiyot oraliq kesma holatida bo‘lsa, yalpi talabning ortishi, narxning o‘sishiga hamda ishlab chiqarish hajmining o‘zgarmasligiga olib keladi.

2.  Yalpi talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan siyosat doimo inflyatsiyaga olib keladi.

 1. Noto'g'ri

 2. Noto'g'ri (taklif egri chizig‘ining qaysi bo‘lakda ekanligiga bog‘liq)

500

Xropovik samara nima? Tushuntirib bering.

Oraliq va tik kesmada yalpi talab qisqarganda, narx pasayish tamoyiliga ega boMmasligi mumkin. Iqtisodchilar bunday holatni xrapovik samara deb ataydi (xrapovik g‘ildirakning orqaga emas, faqat oldinga harakat qilishiga yordam beradi). Xrapovik samara shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan o‘sadi, lekin qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talabning o‘sishi narx umumiy darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda qisqa davrda narx pasaymasligi mumkin.

M
e
n
u