“Nima qilib qoʻyding Sherzod?” hikoyasining muallifi kim?
Erkin Malik
“Oʻgʻri” hikoyasiga qaysi maqol epigraf qilib olingan?
Otning oʻlimi - itning bayrami
"Sariq devni minib asari" muallifi?
Xudoyberdi To‘xtaboyev
“Yaxshilik” hikoyasidagi qahramonlarni sanang
Munavvar kelinoyi hamda Mansurjon
Abdulla Qahhor oʻziga kimni ustoz deb biladi?
A. P. Chexov
“Shum bola” qissasidagi boyning ismi nima?
Sariboy
1926-yil Qozogʻistonda tugʻilgan adib kim?
Odil Yoqubov
“Yaxshilik” hikoyasida qaysi davr voqealari aks ettirilgan?
Ikkinchi jahon urushi voqealari
Otasidan 9 yoshida, onasidan 15 yoshida yetim qolgan ijodkor kim?
Gʻafur Gʻulom
Shum bolaning yolgʻoni qaysi gapdan boshlanadi?
Dandon sopli pichoqning sinishidan
“Oʻgʻri” hikoyasi qanday yakun topadi?
Kuzda ma’lum boladigan kichik shart
“Oʻgʻri” hikoyasida Qobil bobo 3 ta tovuq, 100 ta tuxumni kimga tortiq qiladi?
Tilmochga
“Shum bola” hikoyasidagi Sariboyning kenja oʻgʻlining ismi?
Boʻriboyvachcha
Yoshini katta qilib ko‘rsatib urushga ketgan ijodkor kim?
Odil Yoqubov
Onani oftobga qiyoslagan, ona siymosini ulug‘lab qalamga olingan qissa nomi?
"Dunyoning ishlari"
“Shum bola” filmida Shum bola obrazini kim ijro etgan?
Abdurayim Abduvahhobov
"Quruq qoshiq ogʻiz yirtar" maqoli qaysi hikoyada uchraydi?
"Oʻgʻri" hikoyasida
“Yaxshilik” hikoyasi asosida qaysi film suratga olingan?
"Ilhaq" filmi
"Otamdan qattiq hayiqar edik. Onamni qattiq izzat qilishni onam o‘rgatgan" Ushbu tarjimai hol kimniki?
O‘tkir Hoshimov
“Bemor”, “Anor”, “Tomoshabogʻ” hikoyalari muallifi kim?
Abdulla Qahhor