"Otamdan qolgan dalalar" romanining muallifi kim?
Tog'ay Murod.
"Ruhlar isyoni"dostonida qanday rivoyatlar berilgan?
Abadiyat haqida rivoyat,Fidoyilik haqidagi rivoyat,Jaholat to'g'risida rivoyat.
"Jannatga yo`l" dramatik dostonining asasiy g`oyasi nima edi?
Yozuvchi jamiyatdagi yomon illatlarni satirik kulgi ostiga olib diniy motivlar asosida tasvirlaydi.
Usmon Azim qachon tavallud topgan?
1950-yil.
Pirimqul Qodirov romanlarini aytib bering.
"Uch ildiz","Yulduzli tunlar","Avlodlar dovoni","Ona lochin vidosi","Qora koʻzlar".
"Ona tilimga alyor"va"Istiqlol tarixni imtihonidir"she'riy asarlarini kim yozgan?
Oydin Hojiyeva.
"Isyon va itoat" va "Muvozanat" romanlarini muallifi kim?
Ulug'bek Hamdam
"Egasi bor yurt" va "Vatan nadir" asarlari kimga tegishli?
Sirojiddin Said
Istiqlol davri nasrida samarali ijod qilayotgan adiblarni ayting?
Nazar Eshonqul,Ulugʻbek Hamdam,Luqmon Boʻri,Zulfiya Qurolboy qizi.
"Adashgan ruh","Qora devor","Munojot","Sensiz" asarlarining muallifi kim?
Rauf Parfi
Istiqlol davri sheʼriyatida barakali ijod qilgan va qilayotgan shoir va shoiralarni aytib bering?
Zebo Mirzo,Guljahon Asqarova,Fahriyor,Farida Afroʻz,Sirojiddin Said,Shavkat Rahmon,Iqbol Mirzo,Xosiyat Rustamova,Abduvali Qutbiddin.
"Baxshiyona","Navoiy" va "Qush asarlari kimga tegishli?
Usmon Azim
"Oltin boshning kalla boʻlgani shudir",
"Dod demoqqa palla boʻlgani shudir".Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan?
Erkin Vohidov
Urush!noming oʻchsin jahonda
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli koʻp xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.
Savol:kimning qaysi sheʼridan olingan?
Zulfiya Isroilova "Oʻgʻlim sira boʻlmaydi urush".
Shoyim Boʻtayev romanlarini ayting.
"Shox" va "Qoʻrgʼonlangan oy".
Erkin Vohidovning "O'zbegim"qasidasi qanday to'rtlik bilan yakunlanadi?
Bu qasidam senga,xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman,qabul et,
O'zbegim,jon o'zbegim.
"Ilohiy komediya"asarini kim oʻzbek tiliga tarjima qilgan va uning taʼsirida qaysi asar yozilgan?
A.Oripov "Jannatga yoʻl".
"Ertadan kechgacha toatim-ibodatim so'zga,
Itoat ko'ngilga,muhabbatim gulga.
Xayolim farishtaday Kibriyo avjlari sari boshlaydi..."bu kimni asaridan parcha?
A.Qutbiddinning "Izohsiz lug'at" asaridan.
"O`tkan kunlar" romanida Homid Otabekni Toshkanddan ham uylanganini kimdan eshitadi?
Qovoq devonadan
"Kecha va kunduz" romani qanday epigraf bilan boshlanadi?
"Hamal keldi-amal keldi"