To'g'ri to'rtburchakning bo'yi 5 sm, eni 3 sm. Uning yuzini toping.
15
Gapning bosh bo'laklarini ayting
Ega va kesim.
O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining matni muallifi kim?
Abdulla Oripov.
Quyosh tizimidagi eng katta sayyora qaysi?
Yupiter.
Ona yurting -
Oltin beshiging.
Eng kichik besh xonali sonni ayting.
10 000
Chiroyli" so'zining ma'nodoshini (sinonimini) toping.
Go'zal, husnkor, suluv.
Ertaklarning qanday turlari bor?
Hayvonlar haqidagi, sehrli va hayotiy-maishiy ertaklar.
Tirik organizmlarning 4 ta hayotiy ehtiyojini ayting.
Suv, havo, ozuqa, yorug'lik (issiqlik).
Bilagi zo'r birni yiqar,
Bilimi zo'r mingni yiqar.
Amallar tartibini bajaring: 100 - (20 + 30)
100 - 50=50
Faqat jarangli undoshlardan iborat so'zni toping: "Bola", "Daryo", "Piyola".
Daryo (d, r, y - jarangli).
Sariq devni minib" asarining muallifi kim?
Xudoyberdi To'xtaboyev.
Inson tanasining tayanchini nima tashkil qiladi?
Skelet (suyaklar).
Mehnat, mehnatning tagi -
Rohat
Bo'linuvchi 480, bo'luvchi 6. Bo'linmani toping.
80
Yasama so'z deb nimaga aytiladi
Asosga so'z yasovchi qo'shimcha qo'shilishi bilan hosil bo'lgan so'zlarga.
Latifa janrining ustasi bo'lgan xalq qahramoni kim?
Nasriddin Afandi.
Suvning uch xil holatini ayting.
Qattiq (muz), suyuq, gaz (bug').
Odobning boshi -
Til.
Velosipedchi 2 soatda 24 km yo'l yurdi. Uning tezligini toping.
12
Ot turkumidagi so'zlar qaysi so'roqlarga javob bo'ladi?
Kim? Nima? Qayer?
O'zbekiston - Vatanim manim" she'ri muallifi kim?
Abdulla Oripov.
Fotosintez jarayonida o'simliklar havoga nima chiqaradi?
Kislorod.
Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, ..."
Yomon bilan yursang qolarsan uyatga.