Afrika qit'asi odatda qaysi uch mintaqaga bo'lib o'rganiladi?
Shimoliy, Tropik, Janubiy
Shimoliy Afrikada asosan qaysi xalq vakillari istiqomat qiladi?
arablar
Tropik Afrika deganda qaysi geografik obyektdan janubda joylashgan hududlar tushuniladi?
Sahroyi Kabir
Qora tanli xalqlar asosan qaysi mintaqalarda yashaydi?
Tropik va Janubiy Afrikada
Qaysi daryolardan janubda joylashgan hududlar Janubiy Afrika mintaqasi hisoblanadi?
Kunune va Zambezi daryolari
Mamluklar Afrikadagi qaysi davlatda hukmronlik qilgan?
Misr
XVI asrdan Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlari qaysi qaysi imperiya tarkibiga qo'shib olindi?
Usmonli turklar
Ehromlar oldidagi jangda misrliklar kim boshchiligidagi bosqinchilarga qarshi kurashgan?
Napoleon Bonapart
Xayriddin Barbarossa Afrikadagi qaysi davlatning milliy ozodlik kurashiga boshchilik qilgan?
Jazoir
XVI asr boshlarida Jazoirning qirg'oqbo'yi hududlarini qaysi bosqinchilar egalladi?
ispanlar
Xayriddin Barbarossa tomonidan Isoaniyadan Jazoir va Tunisga nima uchun 70 ming andalusiyalik musulmonlar olib kelingan?
chunki ispanlar ularni majburan xristianlik diniga o'tkazgan edi
XVI-XVII asrlarda shimolda turklar, janub va g'arbdan dushman qabilalar va portugallar hujumlarini qaytarib, o'z mustaqilligini saqlab qolgan Afrikadagi yagona davlat qaysi edi?
Efiopiya
XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Afrikadagi qaysi davlat ispanlar va turklarning manfaatlari to'qnashgan hududga aylandi?
Tunis
Misrda turk hukmronligi va mamluklar zulmiga qarshi boshlangan harakatga kimlar boshchilik qilgan?
Qohiradagi Al-Azhar masjidining taniqli shayxlari
1510-yilda Afrikadagi qaysi davlat poytaxti ispanlar tomonidan zabt etilgan?
Liviya poytaxti Tripoli
Sudandagi eng hosildor dehqonchilik viloyatlari qaysi viloyatlar edi?
Fung va Darfur viloyatlari
Usmonli turklar qanday shiorni bahona qilib Liviyani o'z tarkibiga qo'shib olgan?
Musulmonlarni ispanlardan ozod qilish shiori bilan
Efiopiya hukmdorlari qanday nom ilan atalgan?
Negus
Shariflar kimlar va ular Afrikadagi qaysi davlatda o'z hokimiyatini o'rnatgan?
o'zlarini payg'ambar avlodlari deb hisoblovchilar, Marokashda hukmronlik qilgan
Qulo'g'lilar kimlar va ular Afrikadagi qaysi davlatda hukmronlik qilganlar?
otasi turk, onasi arab bo'lgan aholi
Liviyada
Marokashni 55 yil boshqarga Muley Ismoil o'z faoliyatini qanday 2 maqsadga yo'naltirgan?
1.Turklar va ispanlar tahdiddan mustaqillikni saqlash
2.mamlakat iqtisodiy yuksalishini ta'minlash
Husayn ibn Ali qaysi davlatda XVIII asr boshlarida Husayniylar sulolasiga asos soldi va bu sulola qaysi yilgacha hukmronlik qilgan?
Tunisda 1957-yilgacha
Shimoliy Afrika qaysi mintaqalarni boglab turuvchi savdo yo'llari chorrahasida joylashgan?
Janubiy Yevropa, Tropik Afrika va Janubi-g'arbiy Osiyo
XVI asr boshlarida ispanlar tomonidan eganllangan Jazoir aholisi bosqinchilarga qarshi jihod bayrog'ini ko'targan qaysi kuchlarni qo'llab-quvvatladi?
musulmon korsarlar (dengiz qaroqchilari)
Efiopiya bilan urush natijasida Sennar sultonligida inqiroz boshlanib, XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida hokimiyat qaysi sulola qo'liga o'tgan?
Xamaj vazirligi sulolasi