tarixi
Dunyoning eng qadimiy yozuv tizimlari qaysilar?
Mixxat va ierogliflar
Hind-yevropa tillari oilasiga qaysi tillar kiradi?
Ingliz, nemis, fransuz, rus va boshqalar
Morfologik tasnifga koʻra tillar qaysi turlarga boʻlinadi?
Amorf, agglyutinativ, flektiv va polisintetik tillar
Neologizmlar qanday paydo bo‘ladi?
Yangi texnologiyalar, madaniy o‘zgarishlar yoki xorijiy tillardan o‘zlashish natijasida.
Geneologik tasnif nima?
Tillarning qaysi umumiy ajdoddan kelib chiqqanini aniqlash va tasniflash usuli.
Tilshunoslik tarixini o'rganishda eng muhim manbalar qaysilar?
Qadimgi yozma yodgorliklar
Hind-yevropa tillari qaysi asosiy guruhlarga bo‘linadi?
German, Roman, Slavyan, Boltiq, Eron, Hind tillari guruhi
Agglyutinativ tillar atamasiga ta'rif bering.
Agglyutinatsiya (yopishtirish) - so'zning o'zak-negiziga affikslarni muayyan ketma-ketlikda (asosdan keyin) qo'shib borilishi va bunda har bir affiksning alohida grammatik ma'noni ifodalashidir.
Fonetik o‘zgarishlar qanday sodir bo‘ladi? Misol keltiring (roman-german tillari misolida).
Tovushlarning o‘zgarishi yoki tushib qolishi orqali (masalan, eski ingliz tilidagi "knight" so‘zidagi "k" ovozsiz qoldi).
Turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillarni nomlang.
O‘zbek, turk, qozoq, turkman, qirg‘iz, tatar, boshqird.
Tilning asosiy vazifasi nima?
Muloqot va axborot almashish
Boltiq guruhiga kiruvchi bir tilni ayting.
Litva, latish va latgal tillari
Nima uchun hind-yevropa tillari oilasini flektiv tillarga kiritamiz?
Ular asosda o'zgarishlar yuz berishi bilan xarakterlanadi.
Til qanday asosiy sabablarga ko‘ra o‘zgaradi?
Ijtimoiy, madaniy va tarixiy omillar.
Qaysi til guruhiga nemis va ingliz tillari kiradi?
German til guruhiga
Til qanday asosiy bo‘limlarga bo‘linadi?
Fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis
Fransuz tili hind-yevropa tillari oilasining qaysi guruhiga kiradi?
Roman guruhi
Amorf tillar qaysi jihati bilan xarakterlanadi?
So'z o'zgarish tizimining mavjud emasligi bilan
Leksik o‘zgarishlar deganda nimani tushunasiz?
Yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi yoki eskirgan so‘zlarning yo‘qolishi.
Til oilasi nima?
Bir-biriga yaqin bo‘lgan tillarning umumiy ajdodi bo‘lgan guruh.
Tilning tarixiy rivojlanishini genetik tasnif asosida o'rgangan olim — ...
Avgust Shleyxer
Hind-yevropa til oilasiga mansub bo‘lmagan tillarga misol ayting.
Oʻzbek, fin, xitoy, vyetnam va boshqa tillar
Gap tarkibida so'zlarning birikib, xuddi qo'shma so'zlar singari birgalikda yozilish xususiyati morfologik tasnifga koʻra qaysi tillar turiga xos?
Polisintetik tillarga
Grammatik o‘zgarishlarning asosiy turlari nimalar?
So‘z yasalishi, gap tuzilishi va morfologik o‘zgarishlar.
Qaysi til oilasi ko‘p sonli tillardan tashkil topgan?
Hind-yevropa tillar oilasi