Shayboniylar
Ashtarxoniylar
(Blank)
Temur tuzuklari
Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo
100

Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni egallashda qanday siyosiy va harbiy omillardan foydalangan?


Javob: Temuriylar o‘rtasidagi ichki nizolar va taxt uchun kurashlardan foydalangan. U o‘zbek qabilalarini birlashtirib, harbiy kuchini mustahkamlagan hamda mahalliy hukmdorlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan foydalanib, 1500–1501-yillarda Samarqandni egallagan. Keyinchalik Buxoro, Toshkent va Farg‘ona kabi hududlarda o‘z hukmronligini kengaytirgan.

100

Ashtarxoniylar sulolasi hokimiyatga kelganidan keyin Shayboniylar davridagi markazlashuvni nega to‘liq tiklay olmadi?


Javob: Chunki sulola almashishi davlat boshqaruvining mavjud muammolarini avtomatik ravishda bartaraf etmagan. Mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishi, qabila zodagonlarining ta’siri va taxt uchun kurashlar markaziy hokimiyatni cheklagan. Bundan tashqari, hukmdorning siyosiy nufuzi bilan uning amaldagi harbiy-moliyaviy imkoniyatlari o‘rtasida tafovut yuzaga kelgan. Demak, markazlashuv faqat hukmdorning shaxsiy salohiyatiga emas, balki barqaror boshqaruv institutlariga ham bog‘liq edi.

100

Maxkam Abduraimov talqiniga ko'ra, Amir Temurning To'xtamishga ko'rsatgan dastlabki yordami qanday geopolitik maqsadni ko'zlagan edi?


Javob: Temur Oltin O'rdani butunlay parchalashni emas, balki u yerda o'ziga sodiq, "vassal" maqomidagi hukmdorni o'tqazishni istagan.

100

Tuzuklarda vazirning to‘rtta sifatidan biri sifatida "asllik" (nasl-nasabi tozaligi) keltiriladi. Nima uchun Temur vazirlik lavozimiga past tabaqadan chiqqan o‘ta aqlli insonni emas, balki aslzodani qo‘yishni afzal bilgan?

Bu yerda Temur psixologik va ijtimoiy barqarorlikni nazarda tutgan:

Temur fikricha, "asli past" odam to‘satdan katta amalga minsa, unda manmanlik va kibr uyg‘onishi, bu esa xalqqa zulm qilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Aslzoda oiladan chiqqan vazir o‘z ajdodlarining nomini bulg‘amaslikka intiladi, ya’ni unda "sharaf kodi" kuchli bo‘ladi.

O‘sha davr jamiyatida boshqa amirlar va beklarning past tabaqadan chiqqan vazirga bo‘ysunishi qiyin bo‘lgan, bu esa davlat boshqaruvida nizolarga olib kelishi mumkin edi.

100

Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari nima bilan mashhur?

Javob: Bu asar Amir Temur tarixiga oid eng batafsil va mukammal yozilgan tarixiy manba hisoblanadi.

200

Shayboniylar va Safaviylar o‘rtasidagi ziddiyatlarning asosiy sabablari nimalardan iborat edi?



Shayboniylar va Safaviyla

Javob: Ziddiyatlarning asosiy sabablari hududiy manfaatlar, savdo yo‘llari ustidan nazorat va diniy-siyosiy qarama-qarshiliklar edi. Shayboniylar asosan sunniylikni, Safaviylar esa shialikni davlat mafkurasi sifatida qo‘llab-quvvatlagan. Xuroson va uning muhim shaharlari uchun kurash ikki davlat o‘rtasidagi raqobatni yanada kuchaytirgan.

200

 Agar Ashtarxoniylar hukmdorlari rasman oliy hokimiyat egasi bo‘lgan bo‘lsa, nega ayrim davrlarda amaldorlar davlat siyosatini belgilashda ulardan ustun kelgan?


 Javob: Chunki rasmiy hokimiyat va real siyosiy hokimiyat bir xil tushuncha emas. Xon qonuniy hukmdor hisoblangan, biroq qo‘shin, moliya va mahalliy kuchlar ustidan nazorat amirlar qo‘lida to‘plansa, xonning mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati kamaygan. Abulfayzxon davrida mang‘it amirlarining kuchayishi ushbu jarayonning yaqqol misolidir.

200

 Asarda Toʻxtamishning "diplomatik ayyorligi" haqida nima deyilgan?

Javob: Toʻxtamish magʻlub boʻlishini bilsa-da, muzokaralarni choʻzish orqali vaqt yutishga usta boʻlgan. U Temurga elchilar yuborib, "tavba qilganini" bildirar, orqa fonda esa yangi qoʻshin toʻplardi. Temur uning bu hiylasini bir necha bor kechirgan boʻlsa-da, 1395-yilda unga butunlay chek qoʻyishga qaror qilgan.

200

Asarda "Yaxshi vazir" va "Yomon vazir" qanday ta'riflanadi?




Javob: * Yaxshi vazir: Podshohning xatosini tuzatuvchi, xalqni rozi qiluvchi va davlat xazinasi bilan raiyat manfaatini muvozanatda tutuvchi kishi.


Yomon vazir: Podshohga faqat xushomad qiluvchi, xalqqa zulm o‘tkazib xazinani to‘ldiruvchi va fitna qo'zg'ovchi kishi. Temur bunday vazirni "davlat zavoli" deb atagan.

200

Temuriylar davri manbalarida Kaspiy dengiz qanday nomlar bilan qayd etilgan?

Xazar, Obiskun, Gurkun

300

Shayboniylar davrida Buxoroning siyosiy markazga aylanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?

Javob: Buxoroning qulay geografik joylashuvi, savdo yo‘llari kesishgan hududda joylashgani, iqtisodiy salohiyati va ilmiy-madaniy an’analari muhim omillar bo‘lgan. Bundan tashqari, hukmdorlarning shaharni obodonlashtirishga e’tibor berishi ham uning mavqeini oshirgan. Abdullaxon II davrida Buxoro xonlikning asosiy siyosiy va madaniy markazi sifatida yanada yuksalgan.

300

 

Agar mahalliy zodagonlar markaziy hokimiyatning zaiflashishidan foyda ko‘rgan bo‘lsa, nima uchun ular davlatning butunlay parchalanishidan ham manfaatdor bo‘lavermagan?


Javob: Chunki kuchliroq markaziy davlat mahalliy zodagonlarga savdo xavfsizligi, iqtisodiy aloqalar va tashqi tahdidlardan himoya kabi manfaatlarni taqdim etishi mumkin edi. Ular markaziy hokimiyatni cheklashga intilgan bo‘lsalar ham, davlatning butunlay parchalanishi yangi urushlar va iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin edi. Demak, mahalliy elitalarning manfaatlari har doim ham markaziy hokimiyatni to‘liq yo‘qotish bilan mos kelmagan.


300

To'xtamishxonning mag'lubiyatidan so'ng uning keyingi taqdiri qanday kechgan?

To'xtamish mag'lubiyatdan so'ng Litvaga qochadi. Keyinchalik u o'z xatolarini tushunib, Amir Temur bilan sulh tuzishga harakat qilgan. Ammo Temurning vafotidan so'ng, To'xtamish ham ko'p o'tmay (taxminan 1406-yilda) Sibirda dushmanlari tomonidan o'ldirilgan.

300

Harbiy yurishlar vaqtida qo‘shin tartibida "Chovul" va "Qul" qismlarining vazifasi nima edi?


Javob: * Chovul: Bu qo'shinning oldingi (ilg'or) qismi bo'lib, dushman haqida ma'lumot to'plash va kutilmagan zarba berish uchun mas'ul bo'lgan.


Qul: Qo'shinning markazi (g'ul) bo'lib, odatda eng saralangan qismlar va hukmdorning o'zi shu yerda turgan. Bu qism jang taqdirini hal qiluvchi asosiy kuch hisoblangan.


300

Tazkirat ush-shuaro" asarining muallifi va mavzusi nima?

 Javob: Asar muallifi Davlatshoh Samarqandiy bo‘lib, u Temuriylar davridagi mashhur shoirlar hayoti va ijodini yoritgan.

400

 Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish siyosati qanday amalga oshirilgan va nima uchun muhim bo‘lgan?


 Javob: Abdullaxon II mahalliy hukmdorlar va raqib sulola vakillariga qarshi kurashib, tarqoq hududlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirishga intilgan. U harbiy yurishlar, siyosiy kelishuvlar va ma’muriy boshqaruv orqali markaziy hokimiyatni kuchaytirgan. Uning faoliyati XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligining siyosiy qudratini oshirgan va savdo hamda hunarmandchilik rivojiga sharoit yaratgan.

400

Agar Ashtarxoniylar davlatining zaiflashuviga bir necha omil sabab bo‘lgan bo‘lsa, ularning qaysi biri asosiy sabab ekanini qanday aniqlash mumkin?


Javob: Buning uchun sabablarni shunchaki sanab o‘tish emas, balki ularning vaqt bo‘yicha ketma-ketligi va o‘zaro ta’sirini tekshirish kerak. Masalan, moliyaviy qiyinchiliklar harbiy zaiflikdan oldin yuz berganmi yoki aksincha, urushlar davlat daromadlarini kamaytirganmi — shu savollarga javob izlanadi. Turli tarixiy manbalar solishtirilib, muqobil izohlar tekshiriladi. Bunda bitta omilni mutlaq sabab deb e’lon qilishdan ko‘ra, uning boshqa omillarga nisbatan ahamiyatini asoslash ilmiy jihatdan to‘g‘riroqdir.

400

Nima uchun Amir Temur Toʻxtamishni magʻlub etgach, Oltin Oʻrdani oʻz saltanatiga qoʻshib olmadi?

Javob: Bu strategik hisob-kitob edi. Birinchidan, Dashti Qipchoqni uzoqdan turib boshqarish qiyin va xarajatli edi. Ikkinchidan, Temurga shimolda "bufer zona" (to'siq hudud) kerak edi. U Oltin O'rda taxtiga o'ziga sodiq kishilarni (masalan, Temur Qutlug') o'tqazib, faqat iqtisodiy va harbiy nazoratni saqlab qolishni ma'qul ko'rgan.

400

Amir Temur "Davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan amalga oshirdim" deydi. Nima uchun u harbiy kuchni eng kichik foizda (10%) ko‘rsatgan, holbuki u umri davomida tinimsiz urushlar olib borgan?

Bu raqamlar harbiy harakatlarning miqdorini emas, balki qaror qabul qilishdagi vaznini anglatadi.

Temur uchun jang maydoniga chiqish — bu eng oxirgi chora. Agar dushmanni siyosiy yo‘l, iqtisodiy bosim yoki ichki nizo keltirib chiqarish orqali taslim qilib bo‘lsa, u shuni afzal ko‘rgan.

400

Amir Temur Bog`i Behishtni kimning sharafiga bunyod ettirgan?




Javob: Suyukli xotini Tumon og`aga Samarqandning g`arbida bunyod ettirgan.

500

Ubaydullaxonning Shayboniylar davlatini mustahkamlashdagi tarixiy xizmatlari nimada edi?

Javob: Ubaydullaxon Shayboniylar davlatining siyosiy mavqeini mustahkamlashga, Buxoroning ahamiyatini oshirishga va Safaviylar ta’siriga qarshi kurashishga harakat qilgan. Uning davrida Buxoro davlatning muhim siyosiy markazlaridan biriga aylangan. Ubaydullaxonning faoliyati Buxoroning keyinchalik davlat poytaxti sifatida mustahkamlanishiga zamin yaratgan.

500

Tarixchi Ashtarxoniylar davlatining qulashini o‘rganganida “Agar boshqa siyosiy qaror qabul qilinganida, natija o‘zgararmidi?” degan savoldan qanday foydalanishi mumkin?


Javob: Bu usul qarama-qarshi tarixiy faraz yoki kontrfaktual tahlil deb ataladi. Masalan, merosxo‘rlik tartibi aniq belgilanganida yoki markaziy hokimiyat mahalliy amirlar bilan barqaror kelishuvga erishganida, siyosiy nizolar kamayishi mumkinmidi, degan savol qo‘yiladi. Biroq bunday faraz tarixiy dalilning o‘rnini bosa olmaydi. U faqat mavjud sababiy bog‘lanishlarni tekshirishga yordam beradi va ehtimoliy natijalar qat’iy tarixiy fakt sifatida taqdim etilmasligi kerak.

500

 Sirdaryo bo‘yi hududlari nega jangovar maydon sifatida muhim edi?

Javob: Bu yo‘nalish shimolga chiqish darvozasi va harbiy-logistik o‘tish hududi edi.

500

Temur tuzuklarida yettinchi kengashni o`tkazishda qanday masala bayon qilingan edi?

Jeta lashkariga qarshi urush haqida so`z boradi

500

Amir Temur Samarqand shahrini o`z saltanatining poytaxti etib tanlaganing sabablari.......

1. Qadimdan poytaxt bo`lganligi.

2. Shaharning geografik o`rni (Zarafshon daryosining o`rta havzasida joylashganligi)

3. Xalqaro savdo karvonlari kesishgan nuqtada joylashganligi 

M
e
n
u