. Ko‘zdan markaziy asab tizimiga impul’slarni olib boruvchi nerv qaysi?
N. opticus (II bosh miya nervi)
N. opticus qayerdan boshlanadi?
Retinaning ganglion hujayralari aksonlaridan
Ko‘rish nervi qaysi teshik orqali bosh suyakdan chiqadi?
Canalis opticus.
Chiasma opticumda qanday jarayon sodir bo‘ladi?
Nazal (medial) to‘r pardasi tolalari kesishadi
Tractus opticus qaysi tolalarni olib o‘tadi?
Ipsilateral temporal + kontrateral nazal retina tolalari.
M. ciliarisni innervatsiya qiluvchi nerv?
N. oculomotoriusning parasimpatik tolalari (Edinger–Westphal yadro)
Akkomodatsiyani boshqaruvchi mushak nomi?
M. ciliaris.
Akkomodatsiya refleksi nima?
Yaqinga qaraganda linzaning qalinlashishi + ko‘z olmasining medial harakati + pupillaning torayishi
Pupillaning kengayishi uchun qaysi nerv tizimi ishlaydi?
Simpatik nerv tizimi.
Radiatio optica qayerga borib tugaydi?
Occipital lobning 17-soha (V1, striar korteks).
Retina markazida eng yaxshi ko‘ruv qismi qaysi?
Fovea centralis.
Retina qaysi hujayra qatlamidan impul’s hosil qiladi?
Ganglion hujayralar qatlamidan.
N. abducensning vazifasi?
M. rectus lateralisni innervatsiya qiladi (ko‘zni tashqariga olib boradi)
N. trochlearis qaysi mushakni innervatsiya qiladi?
M. obliquus superior
Ko‘z harakatlariga javob beruvchi 3 asosiy nerv?
N. oculomotorius (III), n. trochlearis (IV), n. abducens (VI)
Marcus Gunn fenomeni (afferent pupillar defect) qaysi tuzilmaga shikast yetganida kuzatiladi?
N. opticus yoki retina (afferent yo‘l nuqsoni).
6. Ko‘rish nervi markaziy asab tizimining qaysi qismiga o‘xshaydi va nima uchun regeneratsiya qilmaydi?
Miyaga o‘xshaydi (miya oq moddasi) — oligodendrotsitlar myelinizatsiya qiladi, shu sabab regeneratsiya cheklangan
Retina pigment epitelining asosiy vazifasi nima?
Fotoreseptorlarni qayta tiklash, yorug‘likni yutish, fagotsitoz, A-vitamin aylanishi
Ko‘rish yo‘li shikastlansa qanday klinik belgilar paydo bo‘ladi?
N. opticus shikastlansa → monokulyar ko‘rlik
Chiasma shikastlansa → bittemporal gemianopsiya
Tractus opticus shikastlansa → gomonom gemianopsiya
Ko‘z olmasining efferent refleks yo‘li qaysi nerv orqali?
N. oculomotorius (III).
Central retinal artery to‘silib qolsa 1–2 daqiqa ichida nima sodir bo‘ladi?
Bir tomonlama to‘satdan ko‘r bo‘lib qolish (monokulyar ko‘rish yo‘qolishi).
Diplopiya (ikki ko‘rish) ko‘proq qaysi nerv shikastida uchraydi?
N. oculomotorius (III) — ptosis + exotropiya + diplopiya
N. trochlearis shikastlansa bemor boshini qaysi tomonga egadi va nima uchun?
Zarar ko‘rgan tomonga teskari tomonga — diplopiyani kompensatsiya qilish uchun.
M. sphincter pupillae qanday retseptorlarga ega?
Muskarin M3-retseptorlar (parasimpatik)
Edinger–Westphal yadrosi ikki taraflama shikastlansa qanday holat kuzatiladi?
Pupillalar keng, yorug‘likka javob yo‘q (bilateral mydriasis).