Arab adabiyoti davrlari
Butrus al-Bustoniy
Adib Ishoq
Al-Kavokibiy
100

Napoleon qayerda ilmiy institut va tipografiyaga asos solgan va bu qaysi davrga to'g'ri keladi?

Misrda. Ma'rifatparvarlik davrida.

100

Butrus al-Bustoniy qachon va qayerda tug’ilgan?

1819-yil yanvar oyida Livanda tug’ilgan.

100

Adib Ishoq qachon va qayerda tug’ilgan?

1856-yilda Suriya Damashqda o‘rtahol oilada tavallud topgan.

100

Shoirning to'liq ismi qanday? U qachon va qayerda tug’ilgan?

Uning to'liq ismi - Abdurahmon ibn Ahmad ibn Bahoiy ibn Muhammad ibn Mas'ud al-Kavokibiy. U 1849-yili iyul oyida Suriyada tug’ilgan.

200

Arab adabiyotining birinchi davri nima deb nomlanadi va u nechanchi yillarni o'z ichiga oladi?

Ma'rifatparvarlik davri (1800 -1880 yillar)

200

Butrus al-Bustoniy Suriyadagi qanday jamiyat asoschisi hisoblanadi? 

Suriyadagi dastlabki maʼrifatparvarlik jamiyati "Suriya fan va sanʼatni oʻrganish jamiyati"

200

Shoir qachon va nima sababdan vafot etadi?

1885-yilda hali 30 yoshga to‘lmagan Adib Isxoq sil kasaliga duchor bo‘lib, olamdan o‘tadi.

200

Kavokibiy qanday laqab egasi bo'lgan va nima uchun? U qaysi fanlarni o'rgangan?

Kambag‘al va tahqirlanganlarga xayrixohligi uchun u «Abu ad-duafo» («Bechoralar otasi») laqabini olgan. U shariat, fiqh, mantiq, arab adabiyoti, tarix, fizika, matematika va boshqa fanlarni o'rganadi.

300

Arab adabiyotining ikkinchi davri nima deb nomlanadi va u nechanchi yillarni o'z ichiga oladi? 

Arab jangovar publitsistikasi davri (1880 -1910 yillar)

300

Qachon va qayerda arab tilida Yevropa usulidagi birinchi milliy maktabni ochgan va u maktab qanday nomlangan?  

1863-yilda Livanda, "Al-Madrasa al-vataniya"

300

Adib Ishoq qaysi tillarni yaxshi bilgan? Shoir qaysi yili Parijga jo'nab ketadi?

Ingliz va fransuz tillari. 1880-yili Parijga jo'nab ketadi. 

300

1875-1880 yillarda qaysi gazetasini tahrir qilgan? Gazeta qaysi tillarda chop etilardi?

Arab-usmonli "al-Furat" gazetasini tahrir qilgan. Gazeta arab va turk tillarida chop etilardi.

400

Arab jangovar publitsistikasi davridagi mashhur publitsist, faylasuf va filologlardan kimlarni bilasiz?

Adib Ishoq, Abd ar-Rahmon al-Kavokibiy, Najib al-Haddod, Jo'rji Zaydon, Foriq Antun va boshqalar.

400

Shoirning mashhur asarlari haqida ma’lumot bering!

Butrus al-Bustoniy Qomusiy asar — "Doirat al-maorif" ("Bilim doirasi") kitobini yozgan. Hamda 1867—1870 yillarda ikki jildli arab tili izohli lugʻati "Muhit al-muhit" ("Okeanlar okeani") ni nashr etgan.

400

Adib Ishoqning publisistik va jurnalistik faoliyatining gullagan davri qaysi gazetalari bilan bog‘liq? U gazetalar qaysi ta’limotni targ‘ib qilardi?

«Misr» va «At-Tijora» gazetalari. Har ikki gazeta ham al-Afg‘oniy ta’limotini targ‘ib qilardi.

400

Kavokibiy 1900-yilda qayerga ketishga majbur bo‘ladi va u yerda musulmon modernistlarining qaysi gazetasida ishlaydi? 1901-yilda al-Kavokibiy qaysi davlatlarda bo‘ladi?

Misrga ketishga majbur bo‘ladi va u yerda musulmon modernistlarining «Al-Muayd» gazetasida ishlaydi. 

1901-yilda al-Kavokibiy Makka ziyoratiga boradi, Afrikani kezadi, Hindistonda bo‘ladi.

500

Arab adabiyotining uchinchi  va to‘rtinchi davrlari nima deb nomlanadi va u nechanchi yillarni o'z ichiga oladi? 

Uchinchi davr - Ilk realizm davri (1910 -1935 yillar) 

To‘rtinchi davr - Yangi davr adabiyoti 1940 -bugungacha 

500

Qachondan boshlab Butrus al-Bustoniy Bayrutda ilm-fanni targ‘ib etuvchi, badiiy adabiyot masalalariga ko‘p o‘rin ajratgan qanday gazeta va jurnalini nashr eta boshladi?

1870-yildan «al-Janna» («Jannat») gazetasi hamda «al-Jinon» («Jannatlar») jurnali.

500

Adib Ishoqning eng muhim asarlari, she’rlari, maqolalari, tarjimalari, kim tomonidan to‘planib, qanday nom bilan chop etildi?

Ukasi Auni Ishoq tomonidan to‘planib, «Ad-Durar» («Durlar») nomi bilan chop etildi.

500

Al-Kavokibiy qachon va qayerda vafot etgan? Uning adabiy merosi qaysilar?

1902-yil 13-iyun Qohirada vafot etgan.

«Umm al-kura» («Shaharlar onasi») va «Tabia al-istibdod» («Istibdod tabiati») kitoblari.

M
e
n
u