NAZARIYA SO'ZINING MA'NOSI NIMA?
KO'RIB CHIQMOQ; TADQIQ ETMOQ; TAHLIL QILMOQ.
METOD IBORASIGA IZOH BERING.
Metod (yunoncha ''metodos'' so'zidan olingan bo'lib)-biror narsaga erishish yo'li, bilish, tadqiq etish usulidir.
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING PREDMETI...
USHBU FAN O'RGANADIGAN IJTIMOIY MASALALAR.
Qaysi usul orqali davlat va huquq haqidagi hodisa va qarashlar qiyoslab o'rganiladi?
Qiyoslash usuli
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASINING METODLARINI NECHA GURUHGA BO'LISHIMIZ MUMKIN?
4 GURUHGA
Ontologik funksiya → davlat va huquqning mavjudligini, mohiyatini asoslash. Bir so'z bilan aytganda ijtimoiy hayot haqidagi qarashlar.
AMALIY YURIDIK FANLARGA MISOLLAR KELTIRING.
KRIMINALISTIKA; SUD BUXGALTERIYASI; SUD MEDITSINASI; SUD PSIXIATRIYASI.
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING FUNKSIYALARINI AYTIB BERING. QAYSI FUUNKSIYALARI HAQIDA ESHITGANSIZ?
EVRISTIK; METODOLOGIK; ONTOLOGIK; GNESEOLOGIK; PROGNOZLASH; MAFKURAVIY; AMALIY TAJRIBA FUNKSIYALARI VA BOSHQALAR
UMUMMILLIY METODLARGA MISOLLAR KELTIRING
ANALIZ; SINTEZ; INDUKSIYA; DEDUKSIYA; TIZIMLI VA FUNKSIONAL
Davlat va huquqiy voqelikni anglash, yuridik bilimlar hosil qiluvchi va ularni jamlovchi usullardan iborat metod bu - ...
Yuridik fanning metodi
FORMAL-YURIDIK VA FORMAL MANTIQIY USULLARNI TUSHUNTIRIB BERING.
Formal-mantiqiy usul - davlat va huquq obyektining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy shaklda, mavhumlik va mantiqiy qonuniyatlarga asosan o'rganadi.
Formal-yuridik usul huquq nomalarini va huquqning ichki tuzilishini o'rganadi, huquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi. Umuman, bu usul davlat va huquqning tabiatidan kelib chiqqan holda davlat va huquqning fenomenini ochib berishga va ma'lum tizimga solishga yordam beradi.
Davlat va huquq nazariyasining qaysi usuldagi metodi tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini o'rganishda qo'llaniladigan eng umumiy yondashuvlar, usullar, bilishning umumiy prinsipi hisoblanadi?
Umumiy ilmiy metodlar
JAVOBNI KO'RISH TUGMASINI BOSING
CONGRATS, YOU GOT 300 WITHOUT ANY QUESTION. YOU ARE A LUCKY PERSON EVER😉
XUSUSIY ILMIY METODLARDAN QAYSILARNI BILASIZ? MISOLLAR KELTIRING.
Xususiy ilmiy metodlarga—formal-mantiqiy; formal-yuridik; qiyoslash; davlat va huquqni modellashtirish; sotsial-eksperiment kabi metodlar kiradi.
Davlat va huquq nazariyasi fanining qaysi funksiyasi ushbu fanlarni zaruriy tushuncha va kategoriyalar bilan qurollantiradi, ularning o'rganish obyekti va predmeti doirasini chegaralab beradi?
Metodologik funksiyasi
Sotsial-eksperiment usuli nima?
Sotsial-eksperiment usuli - davlat va huquqqa doir biror norma qo'llanishining maqsadga muvofiqligini tajriba (eksperiment) yo'li bilan muayyan hududlarda sinab ko'rish.
DAVLAT VA HUQUQNI MODELLASHTIRISH USULINING MOHIYATI NIMADA?
Davlat va huquqni modellashtirish usulining mohiyati shundaki, turli davlat va huquq hodisalari oʻrtasida ma'lum bir o'xshashlik mavjudligi bois ulardan birining xususiy belgilari (modeli)ni o'rgangan holda boshqalari haqida yetarlicha fikr yuritish mumkin bo'ladi.
DHN fanining iqtisodiy fanlar bilan bog'liqliligini tushuntiring.
Dhn fanini iqtisodiy fanlar bilan bog’liqligi shundan iboratki, iqtisodiy munosabatlar huquqiy normalar orqali tartibga solinadi, davlat esa soliq, mulkchilik, shartnoma va bozor munosabatlarini huquqiy asosda boshqaradi.
UMUMIY DAVLAT NAZARIYASIGA TAALLUQLI MASALALARGA NIMALAR KIRADI?
Davlat va uning belgilari;
davlat mexanizmi;
davlat shakllari (boshqaruv shakli, davlat tuzilishi, siyosiy rejim);
davlatning funksiyalari, mexanizmi va shu kabilar kiradi
Mustaqil o'rganiladigan masalalarga nimalar kiradi?
- huquqiy xulq-atvor va huquqbuzarliklar, uning tushunchasi, turlari, tarkibi
-yuridik javobgarlikning asosiy jihatlari
Jamiyat hayotini demokratik yangilashda davlat va huquq nazariyasi fanining roli haqida fikr yuriting
Talabaning shaxsiy fikri
DHN ning mafkuraviy funksiyasi haqida gapirib bering.
Davlat va huquq nazariyasi ushbu funksiya orqali ijtimoiy hayotga, kishilarning xulqiga nafaqat davlat va huquq orqali, balki to'g'ridan-to'g'ri ta'sir o'tkazadi, huquq subyektlarining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda hamda ijtimoiy hayotni tartibga solishda g'oyaviy omil sifatida yuzaga chiqadi.
Evristik funksiya nima?
Evristik funksiya bu haqiqatni, yangiliklarni izlab topish funksiyasi hisoblanadi.
DHN ni siyosiy fan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud. Sizningcha nega bunday?
Chunki, davlat va huquq siyosat bilan chambarchas bog'liq. Ya'ni, siyosatni davlat yaratadi, huquq yordamida siyosat mustahkamlanadi, ifodalanadi va amalga oshiriladi. Fanimiz «siyosat>», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy tizim», <siyosiy demokratiya» kabi hodisalarni bevosita tahlil etadi, ushbu tushunchalar bilan ish yuritadi.
Umumiy huquq nazariyasiga taalluqli masalalar juda keng bo'lib, bularga...?
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimida huquqning oʻrni;
Huquq prinsiplari, shakllari, manbalari, ijtimoiy mohiyati;
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat;
Huquq normalari tushunchasi, belgilari, tuzilishi, turlari;
Normativ-huquqiy hujjatlar;
Huquqiy tizim va huquq tizimi;
Huquqiy munosabatlar;
Huquq ijodkorligi, huquqni amalga oshirish