A
B
C
D
E
100

Audit deganda nimani tushunasiz?

Audit — bu xo‘jalik subyektlarining moliyaviy hisobotlarini mustaqil, malakali auditor tomonidan tekshirish va ular to‘g‘riligiga xulosa berish jarayonidir.

100

Auditning asosiy maqsadi nima?

Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi va ishonchliligini aniqlash, ularni foydalanuvchilarga to‘g‘ri axborot sifatida taqdim etish.

100

Auditning buxgalteriya hisobidan farqi nimada?

Buxgalteriya hisobi axborotni shakllantiradi, audit esa u axborotning to‘g‘riligini tekshiradi.

100

Audit turlari nimalar?

➡ 

Tashqi audit, ichki audit, majburiy audit, tashabbusli audit, moliyaviy audit, muvofiqlik auditi, operatsion audit.

100

Ichki audit va tashqi audit o‘rtasidagi farq nimada?

Ichki audit tashkilot ichidagi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, tashqi audit esa mustaqil tashqi mutaxassislar tomonidan

200

Audit nega zarur?

Xatolar va firibgarlikni aniqlash, investorlarga ishonchli ma’lumot taqdim etish, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri qabul qilish uchun.

200

Auditorlik faoliyatining subyektlari kimlar?

Investorlar, aksiyadorlar, kreditorlar, davlat organlari, menejerlar va jamoatchilik.

200

Audit xizmatining foydalanuvchilari kimlar?

Investorlar, aksiyadorlar, kreditorlar, davlat organlari, menejerlar va jamoatchilik.

200

Auditning asosiy prinsiplari:

Mustaqillik, halollik, ob’ektivlik, maxfiylik, malaka va ehtiyotkorlik, dalillilik, huquqiylik.

200

Audit jarayoni necha bosqichdan iborat?

3 bosqich: rejalashtirish, dalillarni to‘plash va tekshirish, xulosa tuzish.

300

Audit dasturi nima?

Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha batafsil reja va ishlar ketma-ketligi.

300

Dalillarni to‘plashda auditor nimalarga tayanadi?

Hujjatlar, uchrashuvlar, inventarizatsiya, kuzatuv va analitik protseduralarga.

300

Auditorlik dalillarining turlari:

Hujjatli, og‘zaki, vizual, hisoblash orqali olingan dalillar.

300

Audit yakuni bo‘yicha kimlarga hisobot taqdim etiladi?

Mijoz rahbariyatiga, aksiyadorlarga va ba’zan davlat organlariga.

300

Auditorlik hujjatlari nima?

Auditor ish jarayonida tuzilgan ishchi hujjatlar, dalillar, hisob-kitoblar.

400

Auditorlik hisobotining maqsadi nima?

Moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligiga auditor fikrini bildirish.

400

Auditorlik xulosasining turlari:

Ijobiy , salbiy, shartli, fikr bildirilmagan xulosa.

400

Dalillarni ishonchliligi nimaga bog‘liq?

Manbaiga, olish usuliga va auditorning nazoratiga.

400

Audit yakunida auditor nimalarni tayyorlaydi?

Audit hisoboti va auditorlik xulosasi.

400

Rejalashtirish bosqichida nimalar bajariladi?

Audit dasturi tuziladi, risklar baholanadi, tekshiriladigan sohalar belgilanadi.

M
e
n
u